atalad i. Nerv induksiyasi to 'g 'ris id a g i qonunga m uvofiq, ushbu
markazning atrofidagi hujayralari «mudroq» yoki tormozlanish holatida
boMadi. Bordi-yu, kishi diqqat bilan tinglasa, bu paytda nutq tovushlarini
idrok etadigan hujayralar qo‘zg‘algan, yaqin atrofdagi ko'rish, sezish,
ovqat hazm qilish va shu kabi boshqa m arkazlarning h u jay ralari
tormozlangan bo'ladi. Masalan, diqqat bilan tinglovchining qulog'iga
faqat notiq nutqi yetib boradi. Bundan boshqa narsalarga tinglovchi
e’tibor qilmaydi yoki sezmaydi.
T orm ozlangan m ark azlarg a tu sh u v ch i signallar o 's h a m arkaz
hujayralari qo'zg'alishini kuchaytirishi mumkin. Ayni paytda begona,
ortiqcha ta ’sirlar
diqqatga xaiaqit berishi ham, uni yaxshilashi ham
mumkin. Bunday mexanizm qo'zg'alishning asosiy o'chog'i yetarli kuchga
ega bo'lgandagina amalga oshadi. Kuchli o'tkinchi og'riq bunga misol
bo'la oladi. Bunda har qanday ta ’sir (qo'ng'iroq, tovush, yorug'lik) uni
kuchaytirishi mumkin.
4.3. Diqqatning buzilishi
D iqqatning fiziologik va patologik toliqishlari farq qiladi. Diqqat
uzoq vaqt zo'riqsa, u toliqadi. Faoliyat qanchalik murakkab va mushkul
bo'lsa, toliqish shunchalik tez boshlanadi. Gap shundaki, diqqat qilish
jarayonida m a’lum miqdorda energiya sarflanadi, miyaning tegishli
bo'limlarida kimyoviy o'zgarishlar kuchayadi.
Toliqqan nerv hujayralari
tiklanishi uchun vaqt (dam) kerak b o 'lad i. Qandaydir ish, aytaylik,
matematik hisoblashlardan charchab, jismoniy ish yoki boshqa aqliy
mehnatga o'tilsa ham miya dam olishi va diqqat biroz yaxshilanishi
mumkin. Demak, nerv hujayralarining muayyan ishga aloqador ayrim
guruhlarigina toliqqan, boshqa funksional guruhlar esa charchamagan
bo'ladi. Bir narsa yoki ish bilan uzoq vaqt shug'ullangandan k o 'ra
n av b atm a-navb at bir necha ish b ilan m ash g'ul b o'lish m aqsadga
m u vo fiqdir. Shu fik r-m u lo h a z a la rn i hisobga olgan h o ld a o 'q u v
mashg'ulotlarini tuzishda mazmunan bir-biriga o'xshash fanlar, masalan,
m atem atikaga oid fanlarni birin-ketin qo'ym aslik kerak, o'z-o'zidan
ravshanki, m ashg'ulotlar
alm ashganda, diqqatni muayyan vaqtgacha
saqlab qolishga imkon yaratiladi. Aks holda, umumiy toliqish yuz beradi
va keyinchalik diqqat obyekti almashinuvi foyda bermaydi.
Katta alohida tafovutga ega bo'lgan diqqatning fiziologik toliqishidan
tashqari, k o 'pg in a xastaliklar, m asalan , bosh miyaning qon-tom ir
k asallik lari, miya ja ro h a tla ri, tu rli z a h a rlan ish lard an so 'n g ham
diqqatning patologik toliqishi kuzatiladi. Bemor diqqatining ortiqcha
toliqqanini, uning kasallikka qadar bo'lgan ish qobiliyati bilan solishtirib
83
ko‘rib aniqlash mumkin. Yetarli dam olib,
umumiy quvvatga kirituvchi
davolashdan so‘ng diqqat toliqqanligi o ‘tib ketishi mumkin.
D iqqatning boshqa tez-tez uchrab tu radigan buzilishi - uning
chalg‘iganligidir. Diqqat chalg'ishining ikki - tashqi va ichki turi mavjud.
Bordi-yu, k ito b o ‘qib, v ara q la rn i sanag an im izd a, bayon ipini
yo'qotganim izni payqab qolamiz, xayolimiz esa kitob mazmunidan
uzoqlashib, chalg'ib ketadi. Bu diqqatning ichki chalg'iganligidir. Bu
yerda bizni ichki k ech inm alar c h a lg ‘itad i. D iq q atn in g tashqi
chaig‘iganligiga esa kitob o'qish bilan bogMiq boMmagan tashqi ta ’sirlar:
eshiklarning taraqlashi, uzuq-yuluq gaplar va hokazolar kiradi.
Toliqish, materialni tushunmaslik, obyektga qiziqish yo‘qligi diqqat
chalg'iganligining sabablaridan sanaladi.
Bundan tashqari, kuchli
kechinmalar, ushalmagan orzu-niyatlar ichki chalgMganlikda alohida
ahamiyat kasb etadi. Ular miyada qo‘zg‘alish o ‘chogMni yaratadi. Bunda
diqqatga aloqador birmuncha kuchsiz q o ‘zg‘alish o‘chogM, dominanta
qonuniga m uvofiq, miyada paydo boMgan kuchli q o ‘zg‘alish bilan
raqobat qila olmaydi. Kasai odam larda diqqat chalg'ishi uning o ‘z
dardini o'ylab nechogMik hayajonlangani, tanasidagi og'riqlar, va
xayoldan ketmaydigan fikrlar paydo boMishiga bogMiq boMadi. Agar
qo'zg'aluvchanlikning tegishli o'choqlari yaqqol ifodalangan boMsa,
diqqatni zarur boMgan obyektga jalb qilish ham yaxshi ifodalangan
boMadi.
Vrach aholi og'ir bemorlar bilan suhbatlashar ekan, ularni o'sha suhbat
yoki maslahat mavzuiga jalb etish ehtimoli juda kam bo'lishini
yodda
tutishi lozim. Shuning uchun doktorning so'zlari sodda, lo 'n da va
tushunarli bo'lm og'i kerak. ana shundagina u bemor diqqatini o'ziga
jalb qila oladi. Diqqat chalg'iganini ko'pincha parishonxotirlik deb ham
atashadi. Bir holda u diqqatning tashqi va ichki chalg'iganligiga bog'liq
bo'ladi, u bilan yuqorida tanishib chiqqan edik. Bunday parishonxotir
odam tashqi ta ’sirlar va o'zga fikrlardan chalg'ib, o'z diqqatini uzoq
saqlab tura olmaydi. Parishonxotirlikning boshqa turi, aksincha, diqqatni
bitta narsaga uzoq qaratishga aloqador bo'ladi. Chunonchi, o'z kashfiyoti
ustida fikr yuritayotgan olirn bunga shunchalik berilib ketadiki, unga
qaratib aytilgan savollarni eshitmasligi yoki poyma-poy iavob qilishi,
yonidagilarga e’tiborsiz bo'lishi mumkin.
Parishonxotirlikka qarshi kurashish uchun diqqatga xaiaqit beruvchi
sabablarni imkoni boricha bartaraf etish lozim. Agar parishonxotirlik va
diqqatning boshqa buzilishlari markaziy asab tizimining kasalliklari
sababli rivojlansa, tegishli davo choralari o'tkaziladi. Buning uchun bosh
miya po'stlog'ida qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarini idora etuvchi
dori
vositalari, masalan, trankvilizator, psixostimulyator va nootioplar
84
Livsiya qilinadi. Aqliy mehnat jismoniy mehnat va sport bilan birgalikda
olib borilsa, diqqat buzilishining oldi olinadi.
Diqqatni chiniqtirish ham mumkin. Buning uchun turli m ashqlar
mavjud. Shulardan biri 16-rasmda keltirilgan. Unga qarab, iloji boricha
1 dan 90 gacha boMgan raqamni adashmasdan topib chiqing. Bu mashqni
o'rtoqlaringiz bilan bajaring. 90-raqamga tez yetib kelgan talabaning
diqqati o 'tk ir bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: