Teri-kinestetik (yoki umumiy sezgi) analizatori o'ziga xos tuzilishga
ega bo'lib, uning markazi orqa markaziy pushta (1,2, 3-maydonlar) da
va qisman yuqori pariyetal bo'lak (5 va 7-maydonlar) da joylashgan
(14-rasm).
Umumiy sezgi filogenetik jihatdan eng keksa bo'lib, uning inson
uchun biologik ahamiyati beqiyosdir. Odam hid yoki ta ’m bilish, eshituv
yoki ko'ruv sezgilarisiz yashashi mumkin,
biroq umumiy sezgisiz uning
hayot kechirishi k a tta xavf o stid a qoladi yoki um um an m um kin
bo'lmaydi. Umumiy sezgi tushunchasi yig'ma tushuncha bo'lib, unga
taktil, og'riq va harorat, m ushak-bo'g'im va murakkab sezgilar kiradi.
U shbu se zg ilard an ju d o b o 'lg a n n a fa q a t o d a m la rn in g , balk i
hayvonlarning ham hayot kechirishini tasavvur qilish qiyin, albatta.
Chunki tashqi olam va tanamizdan umumiy sezgi retseptorlari orqali
doimo m a ’lum ot kelib
turishi h arak a t faoliyatini, dem ak, yashash
tarzimizni belgilab beradi. Masalan, og'riq va harorat sezgisi orqali issiq-
sovuqni sezsak, m ushak-bo'g'im sezgisi harakatlarim izning asosini
tashkil qiladi, murakkab sezgi yordamida esa ko'zimiz yumuq holatda
bo‘lsa-da, kaftimizga qo'yilgan narsalarni paypaslab nima ekanini ayta
olamiz va hokazo.
M ushak, b o 'g 'im va suyaklardan m iyaga
kelib turuvchi doimiy
signallar odam harakatining asosini tashkil qiladi. Oyoq-qo'limiz ishlasa-
da, bu sezgilarsiz biz bir qadam ham yura olmaymiz yoki qoshiq bilan
ovqatni og'zimizga olib kela olmaymiz, ya’ni harakat ham, muvozanat
ham buziladi. D em ak, sezgi a ’zolari faqat tashqi va ichki olam dan
ta’sirotlarni qabul qilib olish vazifasinigina
bajarib qolmasdan, balki ijro
qilish jarayonlarida qatnashadigan h arakat a ’zolari bilan ham uzviy
bog'langandir. Masalan, oldimizda turgan biror narsani paypaslab sezish
va idrok qilish uchun qo'limizni cho'zamiz va barmoqlarimizni harakatga
keltiramiz. Bu yerda ham yuzaki, ham chuqur, ham murakkab sezgilar
va harakat funksiyasining mujassamlashganini ko'ramiz.
S og'lom o d am lard a barcha sezgi an aliza to rlari
deyarli bir xil
riv o jlan g an . H ay v o n lard a esa u n d a y em as. D elfin lard a eshituv
(tovush), kalam ushlarda hid bilish, burgutlarda ko'rish analizatori
kuchli riv ojlangan. M aym unlarda ham k o 'ru v analizatori yaxshi
rivojlangan va bu analizatorlarning m iyadagi markazi ham shunga
y arasha k a tta so h an i egallaydi. M a sa la n ,
odam ning bosh m iya
p o 's tlo g 'id a jo y la s h g a n k o 'r u v m a rk a z la r i m a y m u n la rn ik ig a
qaraganda kichikroq.
Sezgi a ’zolari bizning tashqi muhitga moslashib borishimizda katta
aham iyatga ega. M oslashuv, y a ’ni ad a p ta tsiy a deb, sezgi a ’zolari
sezgirligining tashqi t a ’sirotlar o stid a o 'z g a rib borishiga aytiladi.
75
Q o‘zg‘atuvchilar doimiy t a ’sir qilib turaversa,
sezish kam ayib yoki
yo‘qolib boradi. Masalan, teriga ta ’sir qilayotgan narsaning og‘riq berishi
biroz o‘tib susayib qoladi, yomon hid kelayotgan joyda turib qolsangiz,
birozdan so‘ng shu hidga ko'nikib qolasiz yoki ovqatning tuzini hadeb
ko‘raversangiz, uning sh o‘r yoki sho‘r emasligini bilolmay qolasiz.
Shuningdek, qorong‘i xonadan birdan yorug* xonaga yoki aksincha,
yorug' xonadan qorong'i xonaga chiqqanda, avvaliga ko‘zimiz ko'nikmay
turadi, so'ng sekin-asta moslashib oladi.
3.3. Sezgi va idrokning buzilishi
Sezgi buzilishlari xilma-xil bo'ladi. Sezgi analizatorlarining
periferik
qismidan tortib, to po'stloqdagi markaziy qismigacha bo‘lgan har qanday
sohasining zararlanishi sezgi buzilishi bilan kechadi. Teri sezuvchanligining
har xil o ‘zgarishlari asab kasalliklarida ju d a k o ‘p kuzatiladi. Teri
sezuvchanligining (og‘riq, harorat va taktil) pasayishiga
Do'stlaringiz bilan baham: