Psixologiy asi


N eyrop sixologiya faniga ta’rif bering



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/287
Sana04.02.2022
Hajmi8,34 Mb.
#429226
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   287
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

1. N eyrop sixologiya faniga ta’rif bering.
2. N eyrop sixologiya faniga kimlar asos solgan?
3. N eyrop sixologiya fani tarixi haqida so'zlab bering.
4. A .R . Luriya n eyrop sixologiya fan in in g rivojlanishiga q and ay hissa
q o ‘shgan?
5. N ey rop sixologiya fani usullari p six o lo g iy a fani usullaridan qanday
farq qiladi?
6. A gnoziya va uning turlari haqida so'zlab bering.
7. A faziya va uning turlari haqida so'zlab bering.
8. A grafiya nim a, uning qanday turlarini bilasiz?
9. A praksiya haqida so'zlab bering.
€9


I l l B O B .
S E Z G I VA ID R O K
Ota - aql, ona - idrok,
Ota - bilak, ona - yurak.
O 'zbek x a lq m aqoli
3.1. Umumiy ma’lumotlar
Biz sezgi a’zolari orqali tevarak-atrofdagi olamdan doimo m a’lumot 
olib turamiz. Bu m a’lumotlar organizmga uzluksiz tushib turadi va asab 
tizimining maxsus tuzilmalari orqali qabul qilinadi, qayta ishlanadi va 
javob reaksiyasi tayyorlanadi. Atrof-muhitdagi barcha narsa va hodisalar 
tegishli retseptorlarga ta ’sir etib sezgi hosil qiladi. Tashqi olamdan kishi 
ongigacha m a’lumotlar kirib keladigan yagona yo'l sezgi a ’zolaridir. 
Ularga benihoya katta miqdorda turli-tuman m a’lumotlar oqimi kelib, 
bosh miyaga uzatilib turadi.
Sezgi tashqi olam va tanamiz to'g'risidagi barcha m a’lum otlarni 
bilishning dastlabki manbaidir. Organizm m e’yorda rivojlanishi uchun 
tashqi muhitdan hamisha axborot olib turishi kerak. Bu m a’lumotning 
ko'payib va kamayib ketishiga organizm moslashib borishi zarur, aks 
holda sezgi va idrok orasida nomutanosiblik yuzaga kelib, asab tizimida 
funksional buzilishlar ro'y berishi mumkin.
Fanda sensor izolyatsiya degan tushuncha bor. Kosmonavtlami tashqi 
axborotlardan to'la izolyatsiya qilib, ularning asab tizimi chuqur o'rganiladi 
va koinotda yashashga moslashtiriladi. To'la va qisman sensor izolyatsiya 
sin ab k o 'rilg a n d a ,b ir necha so atdan s o 'n g sin alu v ch ilar ahvoli 
yomonlashganidan shikoyat qilib, tadqiqotni to'xtatishni iltimos qilishgan. 
Bundan bir necha yil oldin Amerika Qo'shma Shtatlarida infeksiya tushish 
xavfini mutlaqo yo'qotish uchun murakkab operatsiya o'tkaziladigan 
xonalarga umuman oyna qo'yishmagan va ularda faqat eshik bo'lgan, 
xolos. Bunday xonalarda uzoq vaqt davom etadigan operatsiyalar paytida 
jarrohlar ruhan charchab qolavergan va bu operatsiyaning sifatiga salbiy 
ta ’sir ko'rsatgan. Bundan ko'rinib turibdiki, eng murakkab jismoniy va 
aqliy m ehnat talab qiladigan sharoitlarda sezgi a ’zolarimizga tashqi 
olamdan kelib turuvchi axborotlaming ta ’sir doirasi o'ta kengdir. Bu va 
boshqa dalillar inson organizmining tashqi dunyodan sezgilar tarzidagi 
taassurotlarga ega bo'lish ehtiyoji naqadar kuchli ekanligidan dalolat beradi.
Sezgi negizida idrok shakllanadi. Sezgi bizni o'rab turgan muhitdagi narsa 
va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettirsa, idrok esa xilma-xil 
xossalarni tartibga solib, birlashtirib ongimizda aks ettiradi, narsa va 
hodisalarning yaxlit obrazini yaratadi. Idrok sezgiga qaraganda murakkabroq
70


jarayondir. Idrok qilish odamning kasbi, hayot tajribasi, bilimi va ehtiyojiga 
bog‘liqdir. R ivojlanish jarayonida kishining idrok qilish qobiliyati 
takomillashib, saralanib boradi. Narsa va hodisalami idrok qilish odamning 
dunyoqarashiga ham bog‘liq: bir xil narsa yoki voqeani ikki kishi bir xil 
idrok qilmasligi mumkin. Bolalarda sezish idrok qilishdan ustun turadi, 
chunki ularda miyaning ba’zi tuzilmalari to ‘la shakllanmaganligi sababli 
narsa-yu hodisalarning yaxlit obrazini yaratish qobiliyati sustroq boMadi. 
Insonning butun umri mobaynida idrok qilish jarayoni o‘zgarib boradi.
Idrokning asosiy xususiyati uning yaxlitligidir. Masalan, minbarda 
nutq so‘zlayotgan odamni idrok qilar ekanmiz, notiqning kiyim-boshi, 
o'zini tutishi, kimligi, qancha vaqtdan buyon m a’ruza qilayotganligi, 
qachon tugatishi va hokazolarni umumlashtirib, ongimizda u odamning 
yaxlit obrazini yaratamiz, ya’ni idrok qilamiz. Biror narsa-yu hodisalarni 
va odamlarni idrok qilishda aw algi tajribamiz muhim ahamiyat kasb 
etadi, ya’ni awalgi tajriba idrokni osonlashtiradi. Masalan, biz hayvonot 
b o g 'ig a borg an im izd a, avval k o ‘rm ag a n hayvon yoki q u shlarga 
sinchkovlik bilan nazar tashlaymiz, ularning barcha xususiyatlarini 
o ‘rganib idrok qilamiz. Keyingi gal borganim izda esa ularni idrok 
qilishimiz ancha osonlashadi.
Idrok qilish ehtiyoj, mayl va istaklarga ham uzviy bog'liq boMadi. 
Har qanday idrok saralash bosqichini o ‘taydi. M asalan, biz o ‘zimiz 
uchun ahamiyatsiz boMgan narsani idrok qilmaymiz (uni sezib tursakda). 
Bu yerda idrokning individualligini ham alohida ta ’kidlab o'tish joizdir. 
H ar bir kishi narsalam ing o ‘ziga kerak li xususiyatlarini yoki o 'zi 
tu sh u n g an jih a tla rin i id rok q ilad i. B unda idro k n in g in d iv id u al 
xususiyatlari uning maqsadga yo'naltirilganligi, hissiyligi, barqarorligi 
va hokazolarda o'z aksini topadi. Idrok qilishda kuzatuvchanlikning 
ahamiyati ham juda kattadir. Odam o'zi kuzatmagan narsa va voqea- 
hodisalarni idrok qilmaydi. Demak, idrok sezgidan farqli oMaroq, faol 
va ongli ja ra y o n d ir. Id ro k qilishda inson ta fa k k u ri ham m uhim
ahamiyat-ga ega, masalan, tafakkuri buzilgan yoki aqli zaif odamlarda 
idrok qilish ham sust bo'ladi.
Narsa va hodisalarni sezish kabi ularni tasavvur qilish ham idrok 
jarayoni uchun zarur vositalardan biridir. Avvallari idrok qilingan 
obrazlarni ongimizda jonlantirish, y a’ni qayta tiklashga tasavvur deb 
ataladi. Tasavvur bizning ongimizda to'satdan paydo bo'lishi mumkin. 
Tasavvur o 'ta individualdir, u odamning shaxsiga bog'liq. Odamning 
kasb-koriga qarab birovda ko'ruv, boshqalarda esa eshituv a ’zolari orqali 
tasavvur qilish yaxshi rivojlangan bo'ladi.
Masalan, rassomlarda ko'ruv tasavvuri kuchli rivojlangan bo'ladi. 
Ularning b a ’zilari avval ko'rgan narsasini fikrida toMaligicha qayta tiklay
71


olishadi. Bu hodisaga eydetizm deb ataladi. Bastakorlarda esa eshituv 
tasavvuri kuchli rivojlangan b o ‘ladi. X uddi shu qobiliyat Bax va 
M otsartda o ‘ta kuchli boMgan.
3.2. Sezgi va idrokning fiziologik mexanizmlari
Sezgi va idrok reflektor jarayondir. Xo‘sh, hayvonlardan farqli oMaroq, 
bu jarayon odamda qanday kechadi? Asab tizimining qaysi tuzilmalari 
sezgi uchun javob beradi? Sezgi va idrokning anatomo-fiziologik asoslari 
nimalardan iborat?
Tashqi va ichki muhitdan kelayotgan har qanday m a’lumot maxsus 
retseptorlar orqali qabul qilinadi. Shartli ravishda uch guruh retseptorlar 
farq qilinadi:
1
) ekstraretseptorlar - tashqi muhitdan keluvchi ta ’sirotlarni qabul 
qiladi;
2
) intraretseptorlar - ichki a ’zolardan keluvchi impulslami qabul qiladi;
3) proprioretseptorlar - m ushak, uning p ay lari, b o ‘g‘im lar va 
suyaklardan keluvchi impulslarni qabul qiladi.
Terida joylashgan retseptorlar turli-tum an b o 'lib , ularning har 
biri b itta tashq i t a ’sir uchun ja v o b b eradi (
1
-rasm ga q aralsin ). 
K rauze k o lb a ch ala ri sovuqqa t a ’sirla n ad i, R u ffin i re tsep to rlari 
issiqlikni qabul qiladi, M eysner tan ach alari tanani yengil silaganda 
q o ‘zg‘aladi.
Retseptorlar analizatorlarning periferik qismi hisoblanadi. Og‘riq, 
harorat va taktil sezgilar yuzaki sezgi hisoblanadi va ekstraretseptorlar, 
tanamiz va oyoq-qo‘llarimizning fazodagi holati va harakatlari esa 
proprioretseptorlar orqali qabul qilinadi hamda ular chuqur sezgi deb 
ataladi. Bundan tashqari, murakkab sezgi ham farq qilinadi. Masalan, 
tanaga chizilgan turli figuralar va kaftga qo'yilgan narsalarni k o ‘zni 
yumgan holda aniqlash mumkin.
Sezgi va idrok birlamchi va ikkilamchi signal sistemalari ishtirokida 
amalga oshiriladi. Eshitish, ko'rish, og‘riq sezish, ta ’m va hid bilish 
birlamchi signal sistemasini tashkil qiladi va ular odam larda ham, 
hayvonlarda ham boMadi. Ikkilamchi signal sistemasiga esa nutq va u 
bilan bogMiq boMgan oliy ruhiy funksiyalar kiradiki, u faqat insonlar 
uchun xosdir. Bu barcha jarayonlar analizatorlar ishtirokida amalga 
oshiriladi. Har qanday analizator uch qismdan iborat:
1
) ta ’sirotlarni qabul qiluvchi qismi, ya’ni retseptor;
2
) o ‘tkazuvchi apparat, ya’ni nerv tolalari;
3) m a’lumotlarni tahlil qiladigan markazlar. Bu markazlar bosh miya 
katta yarim sharlari po‘stlogM bo'ylab tarqalgan.
72


Bu yerda, ya’ni po‘stloqda tashqi va ichki muhitdan keladigan barcha 
ta ’sirotlar analiz va sintez qilinadi. Ko'ruv, eshituv, hid bilish, ta ’m sezish 
va teri analizatorlari farq qilinadi. Demak, sezish jarayoni analizatorlar 
orqali amalga oshiriladi va bosh miya tuzilmalarida idrok qilinadi.
Bosh miya ikkita yarim shardan iborat bo'lib, uning ustki qatlami 
kulrang tusga ega. Bu qatlam bosh miya katta yarim sharlarining po‘stlog‘i 
deb nom olgan. Po'stloq turli vazifani bajaruvchi ko'p miqdordagi asab 
hujayralari (14 mlrd) to'plangan joydir. Bu yerda murakkab integrativ 
jarayo n lar ro 'y beradi. Analizatorlarning markaziy qismi joylashgan 
po'stloqda turli toifaga mansub bo'lgan (ko'ruv, eshituv va h.k.) sezgilar 
doimo bir-biri bilan shartli bog'lanishlar hosil qilib turishi natijasida 
odam idrok qilish qobiliyatiga ega bo'ladi.
Endi sezgi va idrok uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan ko'ruv, 
eshituv va teri analizatorlarining anatom o-fiziologik xususiyatlari 
to'g'risida to'xtalib o'tamiz. K o'ruv ta ’sirotlari ko'zning to 'r pardasida 
joylashgan yorug'likka qo'zg'aluvchi retseptor hujayralar orqali qabul 
qilin adi. Bu h u jayralar tayoqcha va k o lb ach alar shaklida b o 'lib , 
birinchilari oq-qora, ikkinchilari rangli tasvirni qabul qiladi. T o 'r parda 
h u ja y ra la rid a paydo b o 'lg an q o 'z g 'a lish la r k o 'ru v nervlari orqali 
markazga yo'naltiriladi. Bu impulslar tayoqcha va kolbachalardan ko'ruv 
nervlari, xiazma, ko'ruv trakti, ko'ruv do'ngligi, u yerdan esa ko'ruv 
ta’sirotlarini analiz va sintez qiladigan markaz - bosh miya katta yarim sharlari 
po'stlog'ining ensa sohasida joylashgan 17-maydonga uzatiladi. Bu maydonda 
ko'ruv impulslari birlamchi tahlil qilinadi. Bu maydon zararlanganda bemorda 
ko'rish buziladi. Ko'ruv impulslari 17-maydondan 18 va 19-maydonlarga 
uzatiladi. Bu yerda ko'ruv ta ’sirotlari idrok qilinadi va murakkab ko'ruv 
obrazlari yaratiladi. Bu soha zararlansa, bemor o'z ko'zi bilan ko'rib turgan 
va aw al taniydigan narsalar hamda odamlarni tanimaydi. Buni nevrologlar 
ko‘ruv agnoziyasi deb atashadi. Demak, 17-maydon ko'ruv ta’sirotlarini sezish 
markazi bo'lsa, 18 va 19-maydonlar ularni idrok qilish markazidir. Lekin idrok 
jarayonida po'stloqdagi barcha markazlar ishtirok etadi. Ko'ruv analizatorlari 
orqali qabul qilingan axborotlar xotirada saqlanadi va ko'ruv xotirasiga 
aylanadi.
Eshituv analizatori ham boshqa analizatorlar kabi bir nechta bo'limdan 
iborat. Odamning eshitish retseptorlari tebranish tezligi 16 dan 20000 Gis 
ga qadar bo'lgan tovush to'lqinlarini qabul qila oladi. Eshituv analizatori 
quyidagicha tuzilgan: ichki quloq chig'anog'ida tovush to'lqinlarini qabul 
qiladigan murakkab retseptor apparat joylashgan, uni kortiy organi deb 
atashadi. Eshituv ta’sirotlari koruv organi orqali qabul qilinib, eshituv 
yo'llari b o'y lab bosh miya katta yarim sharlari po'stlog'ining chakka 
qism ida joy lashgan eshituv m arkazi (4 l-m ay d o n )g a uzatiladi. Bu
73


markazda, y a’ni 41-maydonda eshituv apparatlaridan keluvchi tovush 
(ta’sirot) lar qabul qilinadi. Bu yerda tovushlar birlamchi analiz bosqichini 
0
‘taydi. Eshituv ta’sirotlarini idrok qilish esa po'stloqning chakka qismida 
joylashgan 22 va 42-maydonlarda kechadi. Bu maydonlarda eshitilgan 
to v u sh larn i tanish, y a ’ni bilish m arkazi joy lashg an. Bu so h alar 
z ara rlan g an d a bem or oddiy tovushlar (suvning oqishi, eshikning 
g'ichirlashi, mashina motorining g‘urullashi va h.k.) ni eshitsada, lekin 
bu nimaning tovushi ekanini aytib bera olmaydi. Demak, atrof-muhitdagi 
tovushlar bemor uchun hech qanday m a’no kasb etmaydi. Agar bola 
tug‘ma kar boMsa yoki ilk bolalik davridan eshitmaydigan bo'lib qolsa, 
unda nutq rivojlanmasdan qoladi. Nutq esa insonni hayvonlardan ajratib 
turuvchi oliy ruhiy jaray o n d ir. Bundan k o 'rin ib turibdiki, eshituv 
analizatorlari insonning ruhiy rivojlanishida juda katta ahamiyat kasb 
etadi. Lekin qulog'i yaxshi eshitmaydigan odamlarda boshqa sezgilar 
mukammallashgan bo'ladi.
ш

Umumiy sezgining birlamchi 
proeksion sohasi
Ikkilamchi proeksion 
assotsiativ sohalar
U c h l a m
c h i a s s o t s i a t i v s o h a l a r

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish