uy, voda, havo, zima, qog'oz, tram, barg va
h.k.)
ni yodlash va qayta esga tushirish so'raldi. Tajriba bir necha bor
qaytarildi. Talabalar yodlagan va qayta esga tushirgan o'zbek va rus
tilidagi so'zlar soni deyarli bir xil bo'lib chiqdi (17-rasm). Faqat o'zbek
tilidagi so'zlar
(A),
o'zbekcha-ruscha aralash so'zlar (
B
) va faqat ruscha
so'zlar (
V)
bi’an o'tkazilgan tajribada nani natijalar deyarli bir xil bo'ldi.
D em ak, aynan o 'zb ek va rus tili bilan b o g'liq b o 'lg an m ana shu
tadqiqotda qisqa muddatli xotira uchun tilning ahamiyati aniqlanmadi.
Biroq bu yerda rus tilidagi so'zlar tanishligi va tushunarli ekanini ham
e’tiborga olish kerak.
4.5. Xotira mexanizmlari
Xotira bosh miyaning umumiy funksiyasi bo'lib, uni ta ’minlashda
deyarli barcha analizatorlar va miyaning barcha tuzulmalari ishtirok
etadi. Tadqiqotchi olimlar fikricha, insonning asab tizimida sekundiga
3 mlrd.ga yaqin im pulslar paydo bo'lib turadi. Shulardan 2 mlrd.ga
yaqini miyaga ko'ruv analizatorlari orqali tushadi. Xotira mexanizmlari
haqida juda ko'p ta ’lim otlar mavjud bo'lib, ularning deyarli barchasi
xotira m exanizm larining sirlarini to 'la^ to 'k is ochib bera olm aydi.
90
Hozirgi kunda nuklein kislotalarning irsiy axborotni saqlash va irsiy
belgilarni uzatishda tutgan o ‘rni beqiyosligi tasdiqlangan. Ayniqsa,
RN K xotira ja ra y o n id a bevosita ishtirok etadi, uni ayrim olim lar
sp e tsifik p r o te in la r k o ‘rin ish id a g i n e v ro n a l tu z ilm a la r ic h id a
o ‘rn a s h g a n , deb h is o b la y d ila r. T a d q iq o tc h ila r fik rig a k o ‘ra,
lip o p ro te in la r « x o tira m o d d asi» s a n a la d i. O lim la r ana shu
m oddalarning m itox on driy alar, yadrocha va h ujayraning boshqa
b o 'lim la rid a k u z a tilu v c h i fizik -kim y ov iy x o ssa larin i o ‘rg an ib ,
n ey ro n d an keluvchi ax b o ro tg a b irin ch i n av b atd a m ito x o n d riy a
rib o n u k leo tid lari ja v o b berishini isb o tlashg an . M a ’lum ot q abul
qilingandan s o ‘ng neyronlarda turli xil kimyoviy o'zgarishlar sodir
boMadi, y a ’ni h ujayra y adrosi biologik faol b o 'lg an m od dalarn i
sitoplazmaga otib chiqaradi. Shunday qilib, neyron axborotni qabul
qilar ekan, shu zahotiyoq uni yodda qayta ishlab chiqadi. Olimlar
fik rich a, q a b u l q ilin a y o tg a n h ar q a n d a y ax b o ro t so f kim yoviy
jarayonlar hisobiga emas, balki hujayra yadrosi xromosomalari ayrim
sohalari konfiguratsiyasining o'zgarishi hisobiga yodda qoladi. Hozirgi
v a q td a ilm -fan x o tira n i gistok im y ov iy va geu etik ta d q iq etish
darajasiga yetdi. Bu istiqbolli yo'nalishlardan biridir.
Taniqli neyroxirurg U. Penfild (1959) miya p o 'stlo g 'in i maxsus
elektrodlar bilan ta ’sirlantirib, xotira mexanizmlarini va uning patolo-
giyasini o'rgangan va qiziq m a’lumotlar to'plagan. Tajriba paytida bemor
avval bo'lib o'tgan, lekin unutib yuborgan voqealar haqida gapirgan va
bular keyinchalik to 'g 'ri bo'lib chiqqan. Shuningdek, miya po'stlog'ining
muayyan sohasiga elektr bilan ta ’sir ettirilganda, bemorning xotirasida
bir zam onlar cherkovga borgani tiklangan. Ana shu soha takroran
ta ’sirlantirilganda, yana xuddi shunday eslash paydo bo'lgan. Xotira izlari
ana shunday faollashuvi miya po'stlog'ining o'ng yoki chap chakka sohasi
ta’sirlantirilganda sodir bo'ladi.
Bu ta d q iq o tlar natijasida bosh miyaning chakka bo'lim lari xotira
jarayonining asosini tashkil qiladi, degan fikr kelib chiqmasligi kerak,
alb a tta . Bosh m iya k a tta yarim sh a rla ri p o 's tlo g 'in in g k o 'p g in a
sohalari x otira ja ra y o n id a ishtirok etadi. A.R. Luriyaning (1959—
1973) xo tirani o 'rg an ish bo'y ich a neyropsixologik tajrib alari buni
isbotlab bergan. Shuningdek, hayvonlarda chakka bo'lakchasi olib
tash lang and a, x o tira buzilishlari ro 'y berm agan, u lar o 'rg atish g a
qobiliyatli b o 'lg an .
Bosh m iyaning chap va o'ng yarim sharlarining xotira va boshqa
psixologik ja ra y o n la rd a ishtirokini a lo h id a o 'rg a n ish m aqsadida
K aliforniyadagi texnologiya in stitu tid a m ushuklarda qiziqarli bir
tajrib a o 'tk a z ilg a n (R . Sperri, 1964). M u sh u k lard a ham k o 'ru v
91
в
Do'stlaringiz bilan baham: |