Psixologiy asi


partsial xurujlarda hushsiz yotgan bemorda yutinish, chaynash, biror


bet151/208
Sana25.03.2022
Hajmi
#508614
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009


partsial xurujlarda hushsiz yotgan bemorda yutinish, chaynash, biror 
joyini silash, chapak chalish kabi avtom atik harak atlar kuzatiladi. 
Murakkab partsial xurujlarning davomiyligi ham 30 sekunddan atrofida 
bo'ladi va bemor o'ziga kelgandan so'ng biroz karaxt bo'lib turadi.
Epilepsiyaning tonik va klonik xurujlar bilan kechishi biroz og'ir turi 
bo'lib, bemorning yaqinlarini k o 'p roq vahimaga soladi. Chunki bu 
xurujlar kechayotganda bemor hushsiz bo'lib, bunda ruhiy buzilishlar 
ham ko'p kuzatiladi. Tonik va klonik xurujlarda epilepsiya auralar bilan 
boshlanishi mumkin.
Auralami epilepsiyaning xabarchilai i deb ham atashadi. Xurujlar 
boshlanishiga bir necha soat qolganda. ba'zan esa bir-ikki kun oldin
285


bemorning uyqusi qochadi, xavotir paydo bo‘ladi, jahldor boMib qoladi, 
yuzi yoki tanasining ba’zi joylari uyushadi hamda lab burchaklari titray 
boshlaydi. Odatda, mana shu belgilardan so‘ng katta tutqanoq xurujlari 
boshlanadi. Tutqanoq xurujlaridan oldin auralarning kelishi yaxshi. 
Chunki bunday paytlarda bemor o ‘zini xavfsiz joyga oladi, ota-onasi 
yoki o‘zi uydan chiqib ketmaydi, xavfli joylarda yurgan bo’lsa, xavfsiz 
joylarga o'tadi va h.k. Aurasiz uchraydigan katta tutqanoq xurujlari hayot 
uchun xavflidir va bunda bosh miya va tana jarohatlari ko‘p kuzatiladi. 
Chunki xurujlar bo'lish paytini bemor bilmaydi va o‘zini xavfsiz joyga 
ola olmaydi.
13-jadval
Epilepsiya sabablari (Ichki kasalliklar bo'yicha Xarrison 
ma’lumotnomasi). 2005-yil
Y osh
E pilepsiya s a b a b la ri
2
yoshgacha
T u ish paytida m iyaning jarohatlanishlari 
Perinatal gipoksiya va ishem iya 
OHkir infeksiya
M etabolik buzilishlar (gipoglikem iya, gipokalsiyem iya, 
gipom agniyem iya, piridoksin yetishm ovchiligi) 
R ivojlanish illatlari 
G enetik buzilishlar
2- 12
yoshgacha
Idiopatik 
O 'tk ir infeksiya 
Jarohatlar 
Febril tutqanoqlar
12-18
yoshgacha
Idiopatik
jaro h atiar
Dori, alkogol abstinensiyasi
A rteriovenoz anevrizm alar (rivojlanish illatlari)
18-35
yoshgacha
Jarohatlar 
A lkogolizm
M iya o ‘sm alari
35 yoshchn 
so 'n g
M iya o ‘sm alari
B osh m iya qon tom ir kasalliklari 
M etabolik buzilishlar (urem iya, jig a r yetishm ovchiligi. 
elektrolitlar alm ashinuvining buzilishi, gipoglikem iya) 
A lkogolizm
Agar xurujlar aura kuzatilgandan so‘ng boshlansa, bunday xurujlarni 
ikkilamchi tarqalgan xurujlar
deb atashadi. Agar xurujlar aurasiz kuzatilsa, 
ularni 
birlamchi tarqalgan xurujlar
deb ataladi. Xuruj boshlanganda, 
dastlab mushaklarda tonik qisqarishlar ro ‘y beradi, bu paytda bemor
286


qichqirib yuborishi va tilini tishlab olishi mumkin. Qisqa vaqt nafas ham 
to'xtab qoladi, rangi ko‘karib ketadi. Bu davr xurujlarning 
tonik bosqichi
deb ataladi va u, odatda, 30-60 sek. davom etgach, 
klonik bosqichi
b oshlanadi. Bunda bosh va oyoq-qo‘llar titray boshlaydi. Bosh orqa va 
yon tomonga buraladi, ko'z olmasi yuqori va yon tomonga qarab og'adi. 
Shu holatda titrashlar davom etib turadi. Xurujning klonik bosqichi ko‘p 
holatlarda qovug‘i bo'shab ketish bilan tugaydi. Bu bosqich 2-3 daqiqa 
davom etadi. T onik-klonik xurujlarning umumiy davom iyligi 3-5 
daqiqaga teng. Xurujlar tugagach, bemor qattiq uyquga ketadi, odatda,
2 soat, bunday paytda uni uyg'otmaslik kerak. Uyqudan turgandan so'ng 
esa bosh og'rig'i kuzatiladi.
Epilepsiyaning tutqanoq xurujlarisiz kuzatiladigan turiga absanslar 
(petit mal) deb ataladi. U lar, asosan, bolalik va o'sm irlik davrida 
kuzatiladi. Xuruj paytida bola bir nuqtaga qarab qotib qoladi, ko'zi 
ochiq bo'ladi, biroq qoshini pirpiratib turishi va boshi sal orqaga qayrilishi 
mumkin. Savollarga javob bermaydi, hushsiz qotib tursa-da, yiqilib 
tushmaydi. Xuruj 10-20 sek. davom etadi va b a ’zan atrofdagilarga 
bilinmay o'tib ketadi. Bunday xurujlar bir kunda 20-30 marta kuzatilishi 
mumkin. Bu xurujni vrachning o'zi kuzatmoqchi bo'lsa, bemordan 5-6 
marta tez-tez chuqur-chuqur nafas olishni talab qilishning o'zi kifoya.
Tungi xurujlar. T unda bo 'lad ig an xurujlar turli-tum an b o'lad i. 
Ularning ba’zilari quyidagicha kechishi mumkin: bemor birdan uyg'onib 
ketadi, qattiq boshi og'riyotgan bo'ladi, qayt qilishi mumkin va asta- 
sekin ko'zi va boshi yon tomonga qayrilgan holda tutqanoq xurujlari 
boshlanib ketadi. Yuz qiyshayib, so'lak oqadi va dudUqlanib qoladi. 
Ba’zan yotgan joyidan to'satdan turib, o'tirib oladi, oyoqlari bilan 
velosiped haydayotgandek harakatlar qiladi yoki g'ujanak bo'lib yotib 
oladi, turib yurib ketadi va birozdan so'ng to'xtaydi, ba’zan uydan chiqib 
ketadi. Bu xurujlar 30 sek. dan 2-3 daqiqagacha davom etishi mumkin. 
Keyin bemor o'ziga keladi, nimalar qilganini eslay olmaydi, b a’zi bemorlar 
esa b a ’zi qiliqlarini chala bo'lsa-da aytib beradi. Tunda bo'ladigan 
xurujlarda bemor tilini tishlab oladi, og'zidan qon aralash ko'pik chiqadi, 
qovug'i bo'shab ketadi. Epilepsiya bilan og'rigan bemorlar uchun kech 
uyquga ketish va majburan erta uyg'onish xavflidir, uyquning davomiyligi 
6-8 soatdan kam bo'lmasligi kerak. Ertalab uyg'ongandan so'ng majburan 
ko'p uxlayverish ham mumkin emas. Bunday bemorlarda ba’zan kunduz 
kuni to 'satd a n uxlab qolish holatlari ham kuzatiladi va bu holat 
narkolepsiya deb ataladi.
287


E pilepsiyad a ruhiy buzilishlar
Epilepsiyada bemor xulq-atvorining turli darajada o'zgarishi bilan 
kechuvchi ruhiy buzilishlar kuzatiladi. Boshqa ruhiy buzilishlardan farqli 
o‘laroq, epilepsiyada bemor shaxsining o'zgarishi o ‘ziga xosligi bilan 
ajralib turadiki, buning natijasida, tibbiy amaliyotida «epileptik xulq- 
atvor» degan ibora paydo bo'ldi. Bunday bemorlar juda ezma, qaysar, 
besabr, tez xafa bo'ladigan, kayfiyati tez o'zgarib turadigan, arzimagan 
mayda ishlarga o'ralashib yuradigan, tez janjal ko'taradigan, mayda gap 
va jahldor bo'lishadi. A lbatta, bemorda bu belgilar turli ko'rinishda 
bo'lishi m um kin va ularning qanchalik yaqqol nam oyon bo'lishi 
tutqanoq xurujlarining naqadar k o 'p kuzatilishi, epilepsiya turi va 
bemorning davolanish tarziga bog'liq. Yaxshi kayfiyatda yurgan bemor 
birdan o'zgarib qolishi va qo'pol so'zlar bilan yaqinlarini haqorat qila 
boshlashi mumkin. Bunday holat u biror narsasini topa olmasa, uning 
qilayotgan ishiga chetdan kimdir aralashib xatosini ko'rsatsa, uning 
fikriga zid fikr bildirsa va h.k. ro'y beradi. Shunda bemor tezda janjal 
ko'tarib urishib ketadi, b a ’zan arzimagan janjal affekt darajasigacha 
ko'tarilishi va bemor o'ziga yoki atrofdagilarga tan jarohati yetkazib 
qo'yishi mumkin. Shuning uchun ham bunday bemorlarni davolayotgan 
vrachlar ularni psixiatr nazoratiga yuborishi kerak. Demak, xulq- 
atvorning keskin o'zgarishi bilan kechadigan epilepsiya kuzatilgan bemor 
psixiatr nazorati ostida davolanib turishi lozim.
Epilepsiyada bem orlarning xulq-atvoridagi o'zgarishlar, b a ’zan 
«ijobiy» tus olishi ham mumkin. Masalan, ular birovlarga keragidan 
ortiqcha mehribon, yaqin yordamchi, kulib turadigan, muloyim, har 
qanday ishga bel bog'lab kirishib ketadigan shaxslardir. Bu mehribonlik 
b a’zi hollarda oila a ’zolariga emas, begonalarga ko'rsatiladi. Shunday 
bo'lsa-da, ularning jahlini chiqarish oson, qilayotgan ishlariga mos 
e’tiborni sezmasa yoki tanbeh olsa, ular yana o'zgarib, qaysar va o'jar 
bo'lib qoladi. Bemor birorta odamdan qattiq ranjisa, u bilan boshqa 
muloqotda bo'lmasligi mumkin.
Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarning tafakkur doirasida ham 
patologik o'zgarishlar paydo bo'ladi, ya’ni fikrlar inertligi kuzatiladi, 
fikrlar teranligi susayadi, diqqatni bir joyga qo'ya olishmaydi, diqqat- 
e ’tibor talab qiluvchi aqliy m ashqlam i bajarishda qiynalishadi yoki 
uddasidan chiqa olishmaydi. Bir ishga kirishib ketib, oxiriga yetkaza 
olmay tashlab qo'yishadi. Ishlarning eng asosiysi va ikkinchi darajalisini 
ajrata olishmaydi, mayda, keraksiz ishlarga o'ralashib qolib ketishadi.
Fikrlar inertligi bemorning nutqida ham aks etadi. Berilgan savollarga 
lo 'n d a q ilib ja v o b bera o lm ay d i, bir ay tg an gap in i so 'n g yana
288


bir necha bor takrorlashi mumkin yoki suhbat boshida tushunarli bo‘lib 
qolgan voqeani yana takrorlayveradi. Ular hissiyotga berilib so‘zlashadi, 
b a’zan kamgap, ba’zan sergap bo'lishadi, bu - bemorning kayfiyatiga 
bog'liq.
Epilepsiya bilan kasallangan b a’zi bemorlar yolg'onchi, boshqa birlari 
haqiqatparvar bo'lishadi, adolatsizlikka chiday olishmaydi. Uning uchun 
begona bo'lgan odam nohaqlikdan aziyat cheksa, uzoq vaqt u haqida 
gapirib yuradi, qo'lidan kelsa, yordamga shoshadi. Ba’zi bemorlar uyi 
va ishxonasini juda saranjom va sarishta tutadi, ozoda yuradi, chiroyli 
kiyinadi, ya’ni ular tartibga qattiq rioya qilishadi.
Y oshi k a tta b e m o rla r, a y n iq sa, a y o lla rd a p u y erilizm , y a ’ni 
b o la la r g a xos x u lq -a tv o r k u z a tila d i. U la rn in g n a f a q a t x a tti-
h a ra k a tla ri, balki fik rlash d o irasi ham yoshidan o rq a d a q o lishi 
m umkin. Ba’zan esa 5-7 yashar bolalar o'z yoshiga mos kelmaydigan 
aq l-z ak o v atn i k o 'rs a tis h i m um kin. U lar xuddi k a tta la rd e k fik r 
yuritishadi, foydali m aslahatlar berib qo'yishadi. Ba’zi o ta -o n a lar 
b o la d a g i b u n d ay q o b iliy a td a n q o 'r q ib k etib , p s ix ia trg a ham
k o 'rs a tis h a d i yoki b o 'lm a s a , fa x rla n ib y u rish ad i va bu n o y o b
qobiliyatni epilepsiya bilan bog'lashm aydi. D em ak, boshqa ruhiy 
kasalliklardan farqli o 'laro q , epilepsiya bir-biriga zid bo'lgan ruhiy 
o'zgarishlar bilan kechuvchi kasallikdir.
Aytib o'tilganidek, epilepsiyada kuzatiladigan shaxs buzilishlari 
darajasi kasallikning qaysi yoshda boshlanganligi, xurujlar soni va turi, 
o'tkazilayotgan davolash muolajalarining qanday olib borilayotganiga 
uzviy bog'liq. Kasallik qanchalik erta yoshda boshlangan bo'lsa, xurujlar 
hadeb takrorlanaversa (ayniqsa, hushning yo'qolishi bilan kechuvchi 
xurujlar), bemor shaxsidagi p atologik o 'zg arish lar shunchalik tez 
rivojlanadi va og'ir kechadi. Ayniqsa, bosh miyaning chakka bo'lagi 
zararlanishi sababli yuzaga kelgan epilepsiyalarda shaxs buzilishlari kuchli 
ifodalangan bo'ladi.
Epilepsiyada kuzatiladigan tafak k u r buzilishlari chuqurlashgan 
hollarda aqli zaiflik rivojlanadi. Turli darajadagi aqli zaiflik kasallik 
bolalik davrida boshlangan holatlarda ko'p kuzatiladi va u deyarli har 
ikkinchi bemorda namoyon bo'ladi. Buning sababi bolalarda oliy ruhiy 
funksiyalarning to 'la shakllanm aganligidandir. Shuning uchun ham 
bolalik davrida kuzatiladigan bosh miyaning har qanday og'ir kasalligi 
ruhiyat va tafakkurning u yoki bu darajada buzilishlari bilan kechadi. 
Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda keyinchalik bosh miyaning turli 
kasalliklari kuzatilsa (masalan, bosh miya jarohati, meningit, qon tomir 
kasalliklari, alkogolizm va h.k.), tutqanoq xurujlari va ruhiy buzilishlar 
kuchayishi mumkin.
289


Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda ruhiyat buzilishlari yaqqol 
ko'zga tashlanadigan sindromlar bilan kechishi mumkin. Bular disforiya, 
deliriy, oneyroid sindrom, gallyutsinatsiyalar, epileptik stupor, amneziya, 
alahsirovchi psixozlar, patologik uyqu va h.k. Bularning ichida eng ko‘p 
uchraydigani disforiya bo'lib, u bemorda hech qanday sababsiz paydo 
bo'laverishi mumkin. Disforiyada nafaqat kayfiyatning buzilishi, balki 
sababsiz xavotir bo'lish, siqilish, qo'rquv, gumonsirash, miyaga turli 
fikrlaming yog'ilib kelishi, suitsidal fikrlar, birovni o'ldirish, o'g'rilikka 
intilish hissi kabi belgilar ham kuzatiladi.
Juda kam holatlarda kayfiyatning ko'tarilib yurishi kuzatiladi. Ular 
begona odam bilan ham (keldi-kelmadi) hazillashaveradi, biror-bir kulgili 
voqea o'ylab topib, gaplashib ketaverishadi, masxarabozlik qilishadi, 
b ep ard a la tifa la r o 'y la b to p ish ad i, gap o rasid a hadeb kechirim
so'rayverishadi. Tanish odamlarni uchratibqolishsa, yig'lab ham olishadi. 
Ba’zi bemorlarda jinsiy faollikning oshib ketishi ham kuzatiladi.
E pilepsiyada stu p o r turli k o 'rin ish d a b o 'lish i mum kin: oddiy 
kamharakatlikdan tortib, qotib qolishgacha. Qotib qolgan bemorlarda 
mutizm kuzatiladi, biroq ular birovning so'zi va harakatini takrorlashi 
ham mumkin. Odatda, stupor xurujlardan so'ng kuzatiladi va bir necha 
daqiqadan bir necha soatgacha davom etadi. Stupor to'satdan to'xtab, 
faol harakatlar paydo bo'lishi va bemor atrofdagi narsalarni otib yuborib, 
yonidagilar bilan urishib ketishi ham mumkin, bunda to'la va qisman 
amneziya ham kuzatiladi.
Epilepsiyada to'satdan paydo bo'luvchi depersonalizatsiya, dereali­
zatsiy a, 
k atap lek siy a , ano zo gn oziya ku zatilishi m um kin. Bu 
simptomlarning klinik ko'rinishi aw algi boblarda keltirilgan.
Epilepsiyada. alahsirasu bilan kechuvchi psixo/iai, ouai.ua, u'ikii va 
surunkali ko'rinishda namoyon bo'ladi. O 'tkir psixozlarda birov uni 
ta ’qib qilayotgandek, zaharlamoqchidek, og'ir tan jarohati yetkazmoqchi 
bo'layotgandek tuyuladi. Bu holat epileptik paranoyya deb ham ataladi 
va u bir necha kundan bir necha oygacha davom etishi mumkin. Odatda, 
disforiya bilan paydo bo'lgan o'tkir psixozlar qisqa vaqt davom etadi. 
Psixozlar to'satdan paydo bo'lishi, yo'qolib ketishi, pasayishi va bir necha 
kundan so'ng yana paydo bo'lishi mumkin.
Surunkali psixozlar ham paranoid va parafrenik belgilar bilan namoyon 
bo'ladi va odatda, epileptik oneyroid, deliriy yoki boshqa psixopatologik 
h olatlardan so'ng rivojlanadi. Surunkali psixozlarning klinikasida 
alahsirash asosiy belgilardan biri hisoblanadi va u tez-tez takrorlanib 
turadi. Bunda ham yuqoridagi holatlar ko'p kuzatiladi.
Epilepsiyada ruhiyat, hissiyot va tafakkurning buzilishlari kasallikning 
so'nggi bosqichlarida kuchli rivojlanadi va bu yaqqol ko'zga tashlanadi.
290


Bunday bemorlarda lutqanoq xurujlari butunlay to'xtagan bo‘lishi ham 
m um kin. Shuning uchun ham p six ia trlar epilepsiyaning so'nggi 
bosqichlarida tutqanoq xurujlari o'rnini ruhiyatning buzilishlari egallaydi, 
deb aytishadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish