Psixologiy asi


Epilepsiya va tutqanoq sindromlarida bemorlar


bet150/208
Sana25.03.2022
Hajmi
#508614
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

14.4. Epilepsiya va tutqanoq sindromlarida bemorlar
psixologiyasi
Epilepsiya asab sistemasining eng ko'p tarqalgan kasalliklaridan biri 
bo'lib, katta tibbiy-ijtimoiy muammoga aylangan. Epilepsiya - bosh 
miyaning xurujlar bilan kechuvchi surunkali kasalligi bo'lib, harakat, 
sezgi, vegetativ va ruhiy-hissiy buzilishlar bilan namoyon bo'ladi. 
Epilepsiyaning aholi orasida tarqalishi 1000 kishiga 7-10 ta. Kasallik ko'p 
etiologiyali bo'lganligi sababli turli yoshda uchrashi mumkin, biroq 
epilepsiyaning 75 foizi 20 yoshgacha b o 'lg an davrda boshlanadi. 
K asallanish darajasi erkak va ayollarda deyarli bir xil tarqalgan. 
Mutaxassislar m a’lumotlariga qaraganda, epilepsiya bilan kasallangan 
bemorlarning kamida 30 foizida ruhiy buzilishlar kuzatiladi.
Tarixdan m a’lumki, Suqrot, Platon, Yuliy Sezar, Janna D 'Ark, Van 
Gog, Napoleon, F. Dostoyevskiy kabi buyuk shaxslar epilepsiya kasali 
bilan og'rigan. Shuning uchun ham b a’zi mutaxassislar faqat kuchli 
tafakkur egalari epilepsiya bilan og'rishadi deyishsa, boshqa birlari esa 
tutqanoq xurujlari odamda talant kurtaklarini qo'zg'ab yuboradi, deb 
hisoblashadi. Bu fikrlarga to'liq qo'shilish qiyin, biroq epilepsiya bilan 
og'riydigan ba’zi bemorlarda kuchli talant belgilarini uchratish mumkin. 
Masalan, biz ham o'z amaliyotimizda «Qur’on» va «Hadis» kitoblarini 
yoddan biladigan yosh yigitni, kuchli rassom, shoir va matematiklarni 
uchratganmiz. Bunday bemorlar ichida inson hayratda qoladigan hikmatli 
ib o ralar o 'y la b top uvchilar, hik m atlarg a boy b o'lg an to 'rtlik la r 
bituvchilarni kuzatganmiz. Ularni vrachlar yon daftarlariga yozib yurishsa, 
foydadan xoli bo'lmaydi. Doimo xuruj kuzatiladigan bir bemor qizda 
sezgi va idrok qobiliyatining kuchayganini kuzatganmiz. Biroq epilepsiya 
kasali bor aksariyat bemorlarda tutqanoq xurujlari vaqtida to'xtatilmasa, 
og'ir ruhiy buzilishlarga olib keladi, ularning aqli zaiflashib boiadi. 
Tutqanoq xurujlari qanchalik erta yoshda boshlansa, ruhiy buzilishlar
284


shuncha erta rivojlanishi mumkin. Shunday b o ‘lsa-da, o g ‘ir ruhiy 
buzilishlar epilepsiyaning barcha turida ham kuzatilavermaydi.
Xuddi boshqa asab kasalliklaridagi kabi epilepsiya ham nasliy omilga 
bog'liq. 0 ‘tgan asrning 50-yillarigacha aksariyat davlatlarda bu bog'liqlik 
juda bo'rttirib ko‘rsatilgan, keyinchalik ilm-fanning yutuqlari bunday 
gumonni yo‘qqa chiqardi. Hozirgi davrning statistik m a’lumotlariga 
qaraganda, ota-onaning biri epilepsiya bilan og‘risa, ulardan kasal bola 
tug‘ilishi xavfi 10 foizdan oshmaydi. Epilepsiya sabablari umumlashtirilib 
5 jadvalda keltirilgan.
Epilepsiyaning etiologiyasi, klinik ko'rinishlari aksariyat hollarda 
bemorning yoshiga bog‘liq. Masalan, erta bolalik davrida kuzatiladigan 
tutqanoq xurujlarining sababi homila va bola tug'ilishi davrlarida yuzaga 
keladigan gipoksiya holatlari, virusli infeksiyalar, anemiyalar va h.k.
Epilepsiyaning tasnifi ko‘p bo'lib, tibbiy amaliyotda ko'proq 3 turga 
ajratib o'rganiladi. Agar epilepsiya bosh miyaning biror-bir kasalligi 
sababli rivojlansa - simptomatik epilepsiya, nasliy omil aniqlangan va 
bosh miya kasalliklari aniqlanmagan holatlarda - idiopatik epilepsiya va 
nihoyat, hech qanday sabab aniqlanm agan holatlarda - kriptogen 
epilepsiya, shuningdek, o'choqli (partsial, fokal, lokal) xurujlar farq 
qilinadi. O 'choqli xurujlar bosh miya tuzilm alari, ayniqsa, po'stloq 
m arkazlarining q o 'zg 'alish lari natijasida kelib chiqadi. U lar qaysi 
markazlar qo'zg'alishiga qarab, yuz, qo'l va oyoqda harakat va sezgi 
xurujlari bilan namoyon bo'ladi.
Shuningdek, o'choqli xurujlar ko'ruv, eshituv, hid va t a ’m bilish 
g ally u tsin a tsiy ala ri ham da «avval k o 'rg a n » yoki «hech qachon 
k o 'rm ag a n » fenom eni to 's a td a n k elad ig an q o 'rq u v va q o rin d a 
kuzatiladigan og'riq xurujlari ko'rinishida ham kuzatiladi. Ularning 
davomiyligi 30 sekunddan oshmaydi. O'choqli xurujlarda bemor hushini 
yo'qotmaydi va bular oddiy partsial xurujlar, agar hushdan ketish bilan 
namoyon bo'lsa, m urakkab partsial xurujlar deb ataladi. M urakkab 
Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish