Psixologiy asi


Ushbu darslikning biror bir qismi muallif ruxsatisiz kompvuterga kiritilishi yoki



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/208
Sana01.03.2022
Hajmi8,34 Mb.
#477179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009 (2)

Ushbu darslikning biror bir qismi muallif ruxsatisiz kompvuterga kiritilishi yoki
boshqa bir ko ‘rinishda chop qilinishi man etiladi.
ISBN 978-9943-08-579-4
© Z.Ibodullayev. «Tibbiyot psixologiyasi». «Yangi asr avlodi», 2009-yil.


IKKINCHI NASHRIGA SO‘Z BOSHI
Vujud ruh amriga vojibdir.
Abu Ali ibn Sino
Har qanday fan o ‘zining yo'nalishi va maqsadlariga ega. Psixologiya 
fani ham bundan istisno emas. «
Psyuxe
» atamasi yunoncha so‘z bo'lib, 
«ruh», «ruhiyat» degan m a’noni anglatadi. Demak, psixologiya inson 
ruhiyatini o ‘rganuvchi fandir va bu fanning tarmoqlari juda ko‘p. Tibbiy 
psixologiya o ‘z uslublari va yo'nalishlariga ega fandir. U tibbiy va ijtimoiy- 
gumanitar fanlarga asoslanib o ‘rgatiladi.
Tibbiyot psixologiyasiga bag'ishlangan dastlabki darslik XX asrning 
boshlarida m ashhur nemis p six iatri va psixologi E rnst K rechm er 
tomonidan yaratildi. Uning tavsiyasi bilan tibbiyot psixologiyasi birinchi 
bor Y evropada alohida fan sifatida o 'q itila boshlandi. Keyinchalik 
tibbiyot psixologiyasiga oid bir qancha darsliklar yaratildi va bu fan 
dunyoning barcha universitetlarida, tibbiyot in stitu tlarida o ‘qitila 
boshlandi. T a ’kidlash lozim ki, tibbiy psixolog so g ‘liqni saqlash 
tizimining barcha sohasida faoliyat k o 'rsatad i. Ayniqsa, klinikada 
faoliyat ko‘rsatuvchi psixolog bevosita bemorlar bilan ishlaydi, kasallik 
klinikasini o ‘rganadi va vrach kabi bemorlarni davolaydi. Shuning uchun 
aksariyat davlatlarda «Tibbiyot psixologiyasi» fani «Klinik psixologiya» 
deb ataladi.
Qo‘lingizdagi «Tibbiyot psixologiyasi» darsligi tibbiyot institutlari 
uchun o ‘zbek tilida tayyorlangan dastlabki darslikning ikkinchi nashridir. 
Darslik XXI bobdan iborat bo'lib, unda G ‘arb va Sharq davlatlarida 
tibbiyot psixologiyasining tarixi, olim lar va faylasuflarning bem or 
psixologiyasiga oid qarashlari, miya va ruhiy jarayonlar, neyropsixologiya 
asoslari, bilish jarayonlariga (ong, diqqat, xotira va h.k) oid m a’lumotlar, 
Freyd nazariyasi, psixogigiyena, psixoprofilaktika va deontologiya asoslari 
bayon qilingan. Darslikda bir nechta boblar psixosomatik tibbiyotga 
oid bo‘lib, unda psevdonevrologik va psixosomatik sindromlar, seksual
3


buzilishlar psixologiyasi, nevrozlar va depressiya, turli kasalliklarda 
(nevrologik, narkologik, jarrohlik, ginekologik, onkologik va h.k.) 
bem orlar psixologiyasidagi o'zgarishlar va ularni davolash usullari 
yoritilgan. Psixodiagnostika bobida psixologik testlar va ulardan 
foydalanish usullari keltirilgan. Psixoterapiya va psixofarmakoterapiya 
usullari alohida bobda bayon qilingan. Darslikning so'ngida bemorlarda 
psixologik statusni tekshirishning umumiy qonun-qoidalari va tibbiy- 
psixologik atamalar tahlili yoritilgan.
Ushbu darslikning birinchi nashri 2008-yil bosm adan chiqdi va 
talabalar, o'qituvchilar orasida katta qiziqish uyg'otdi. Fikrimizcha, 
buning asosiy sababi darslikning Davlat ta ’lim standartlariga mos ravishda 
tayyorlanganligidir. D arslikning ikkinchi nashriga biz qo'shim cha 
m a’lum otlar kiritdik. «Fan haqida tushuncha», «D iqqat va xotira», 
«Shaxs, tem peram ent va xarakter» boblari yangi m ateriallar bilan 
to'ldirildi. «Asab sistemasi kasalliklarida bemorlar psixologiyasi» bobiga 
«Miya insultlarida bemorlar psixologiyasi», «Meningit, meningoensefalit 
va ensefalitlarda bemorlar psixologiyasi» kabi yangi mavzular kiritildi. 
A k sa riy at b o b la rd a g i o rtiq ch a m a ’lu m o tla r q isq a rtirilib , zaru r 
m a ’lum otlar bilan boyitildi. Aksariyat boblar psixologik tekshiruv 
usullari bilan to'ldirildi, ularga psixologik testlar kiritildi. «Atamalar 
tahlili» ham qo'shimcha m a’lumotlar bilan to'ldirildi.
Darslikning ikkinchi nashri ham o'quvchilarga manzur bo'ladi, degan 
umiddamiz. Myallif psixologiya fanlari nomzodi, dotsent To'laganova 
G.Q.ga «O 'zbekistonda tibbiyot psixologiyasining rivojlanish tarixi» 
qismini yozishda ko 'rsatgan yordami uchun o'z m innatdorchiligini 
bildiradi.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish