I BOB.
TIBBIYO T PSIXO LO G IYASI FA NI, VAZIFALARI
VA Q ISQ A C H A TARIXI. M IYA VA RU H IY
JAR AY O N LA R
Barcha san ’atlar ichida eng buyugi - tibbiyotdir.
G ip p o k r a t
1.1. Fan haqida tushuncha
Aytish joizki, “Tibbiyot psixologiyasi” va “K linik psixologiya”
fanlariga ta ’rif berishda hanuzgacha bahslar davom etmoqda. Ba’zi
mualliflar ushbu fanni ikkala nom bilan ataluvchi bitta fan deyishsa,
boshqa bir mualliflar klinik psixologiya tibbiyot psixologiyasining bir
qismi deb a ta sh a d i. A k sariy at d a v la tla rd a “ K linik psixologiya”
tushunchasi keng tarqalgan. Biroq shuni alohida ta ’kidlash lozimki, bu
fan qanday atalishidan q a t’i nazar, u tibbiyot
va psixologiya fanlari
negizida paydo bo‘lganligiga shubha yo‘qdir. Klinik psixologiyaga
k o ‘proq psixogen (psixosomatik) kasalliklar klinikasi, diagnostikasi,
davolash usullari bilan bog'liq bo'lgan muammolami o'rganadigan fan
sifatida q arash lozim. Bu uning nom iga ham mos keladi. K linik
psixologiyani klinik fanlardan (terapiya, xirurgiya, ginekologiya va h.k.)
ajratib o'rganib bo'lmaydi. Klinik psixologiyaning maqsad
va vazifalari
klinik fan la rg a o 'x s h a b ketadi. K lin ik p six o lo g iy a - tib b iy o t
psixologiyasining bir bo'lim idir.
Tibbiyot psixologiyasi klinik psixologiyaga qaraganda kengroq
m a’no kasb etuvchi fan bo'lib, u tibbiy yo'nalishdagi barcha fanlarni
o'z ichiga qam rab oladi, y a’ni deontologiya, etika,
psixodiagnostika,
p six o terap iy a,
tibb iy -psix o lo gik
ek sp ertiza,
p six o g ig iy en a,
psixoprofllaktika va h.k.
Tibbiyot psixologiyasini shartli ravishda 2 ga ajratish mumkin: umumiy
tibbiyot psixologiyasi va xususiy tibbiyot psixologiyasi ycki klinik
psixologiya.
Umumiy tibbiyot psixologiyasi quyidagi muammolami o'rganadi:
- tibbiy xodimlar (vrach, hamshira) va bemorlar orasidagi o'zaro
munosabatlami;
- odamning psixologik shakllanish bosqichlarini (bolalik, o'smirlik,
katta va qarilik davri psixologiyasini);
- temperament, xarakter va shaxs muammolarini.
- deontologiya va etika tamoyillarini;
5
- psixogigiyena va psixoprofilaktika muammolarini;
- psixodiagnostika (psixometriya) va psixoterapiya (psixokorreksiya)
tamoyillarini;
- tibbiy-psixologik ekspertiza muammolarini.
X ususiy tib b iy o t psixologiyasi (klinik psixologiya) quyidagi
muammolami o‘rganadi:
- p six o so m atik b u zilish larn in g etio logiyasin i,
k lin ik asin i,
diagnostikasini va davolash usullarini;
- turli xil kasalliklarda (terapevtik, xirurgik, ginekologik va h.k)
bemorlar ruhiyatida kuzatiladigan o ‘zgarishlarni;
- turli xil defektlar bilan tug'ilganlar psixologiyasini;
- psixoterapiya va psixofarmakoterapiya usullarini turli kasalliklarda
qo‘llashni.
Tibbiyot psixologiyasi bilan yondosh bo'lgan bir necha fanlar haqida
m a’lumot berib o‘tamiz. Bular;
- neyropsixologiya - psixologik m etodlarni q o 'llab
bosh miya
zararlanishlarida kuzatiladigan oliy ruhiy funksiyalaming buzilishlarini
o ‘rganadi. Ushbu fan nevrologiya va psixologiya fanlari negizida paydo
bo'lgan;
- psixonevrologiya - asab sistemasining funksional buzilishlarini
o'rganuvchi fan bo'lib, psixiatriya va nevrologiya fanlari negizida paydo
bo'lgan;
- psixofiziologiya - ruhiy faoliyat va fiziologik jarayonlarni yagona
jarayon sifatida ko'radigan fan bo'lib, psixologiya
va neyrofiziologiya
fanlari negizida paydo bo'lgan.
- patopsixologiya - shaxs va ruhiyatning buzilishi qonuniyatlarini
o'rganuvchi fan bo'lib, psixiatriya va psixologiya fanlari negizida paydo
bo'lgan;
- psixopatologiya - p six ia triy a n in g bir b o 'lim i b o 'lib , ruhiy
kasalliklarda uchraydigan simptom va sindromlarning etiologiyasi,
patogenezi, klinikasi va diagnostikasini o'rganadi;
- psixosomatik tibbiyot - tibbiyot psixologiyasining bir bo'limi bo'lib,
psixogen om illar bilan ichki a ’zo lar kasalliklari orasidagi o 'z a ro
munosabatlarni o'rganadi;
- psixogigiyena - ruhiy salomatlikni ta ’minlash, saqlash va qo'llashga
qaratilgan fan bo'lib, tibbiyot psixologiyasi va gigiyena fanlari negizida
paydo bo'lgan.
- p six o p ro filak tik a - ruhiy k asallik larn in g
kelib chiqishi va
rivojlanishining oldini olishga qaratilgan fan bo'lib, uning vazifalari
psixogigiyena bilan chambarchas bog'langan;
6
- psixodiagnostika - insonning ruhiy holatini psixologik usullarni
qo'llagan holda sifatiy va miqdoriy baholashni o ‘rgatuvchi fan;
- psixoanaliz - inson ruhiyatini ong va ongsizlik qonuniyatlariga
asoslanib o 'rg a n u v c h i fan b o 'lib , inso n n in g x a tti-h a ra k a tla ri
shakllanishida instinktiv reaksiyalarga asosiy urg'u beradi.
U shbu fanlarning aksariyati (psixoprofilaktika, psixogigiyena,
psix o d iag n o stik a,
p six o so m atik a, n eyro psixologiya) tib b iy o t
psixologiyasining bo'limlari sifatida ham o'rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: