Psixologiy asi


Miyadan ketraaydigan fikrlar



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/208
Sana01.03.2022
Hajmi8,34 Mb.
#477179
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009 (2)

Miyadan ketraaydigan fikrlar
Nevrozning bu turi qadimdan m a’lum bo'lib, bu kasallik psixoasteniya 
deb ham atalgan. Psixasteniya atamasini fransuz olimi Per Jane taklif 
qilgan va miyadan ketmaydigan fikrlar bu kasallikning asosiy belgisi 
ekanligini aytgan.
Agar tarixga bir nazar tashlaydigan bo'lsak nevrasteniya, isteriya va 
psixasteniyaning klinik belgilari to'g'risida Sharq olimlari (ayniqsa, Ibn 
Sino) risolalarida k o'p bor eslatib o'tilgan. Bir necha asrlardan so'ng 
deyarli barcha kasalliklar singari nevroz va psixasteniyalar ham Yevropa 
olimlari tomonidan sistemalashtirildi, ularga nom berildi va tasniflari 
yaratildi. Shuning uchun bo'lsa kerak, biz Yevropa olimlari tomonidan 
yaratilgan darsliklarda Sharq (Markaziy Osiyo, Xitoy, Eron, Iroq va h.k) 
olimlarining nomlarini juda kam uchratamiz.
244


Miyadan ketmaydigan fikrlar nevrozning bir turi hisoblanib, uning 
uchun psixastenik belgilar xosdir, ya’ni doimiy shubha, qo'rquv, miyaga 
azob beruvchi tasaw urlar va g'oyalar, turli harakatlar va intilishlar. Bemor 
bu fikrlaming barchasidan qutulishga harakat qiladi, davo choralarini 
izlaydi, lekin bu urinishlar, ko'pincha, zoye ketadi, uni miyaga o'rnashib 
qolgan fikrlar qiynayveradi. Miyadan ketmaydigan fikrlaming doimiyligi, 
takrorlanuvchanligi va ulardan qutulishning o 'ta qiyinligi bemomi qiyin 
ahvolga solib qo'yadi. Bu holatlarga bemor tanqidiy nuqtai nazar bilan 
qaraydi, ularning asosli emasligi va g'alati ekanligini tushunadi, ularga 
bardosh berishga intiladi, lekin fikrlar uning xohish-irodasiga bog'liq 
bo'lm agan holda paydo bo'laveradi. Bemor ularni mustaqil ravishda 
yenga olmaydi.
Miyadan ketmaydigan fikrlaming yaqqol klinik ko'rinishlari, bular 
qo‘rquv (fobiyalar) va miyaga o'rnashgan turli g‘oyalardir (obsessiyalar). 
Fobiya xayoldan ketmaydigan qo'rquvdir. Uning quyidagi turlari farq 
qilinadi:
kanserofobiya
- rakka chalinib qolishdan qo'rqish;
kardiofobiya -
tuzatib bo'lm aydigan yurak kasaliga chalinishdan 
qo'rqish;
lisofobiya
- ruhiy xastalikka chalinishdan qo'rqish;
klaustrofobiya
- yopiq joydan qo'rqish (masalan, lift kabinasi, kichik 
xona);
agarofobiya
- aksincha, ochiq joylardan qo'rqish va hokazo.
Balandlik, metroda yurish, biror yuqumli kasallik yuqib qolishi, iflos 
bo'lish va odamlar oldida so'zga chiqishdan qo'rqish kabi simptomlar 
ham fobiyalar uchun xosdir.
Dastlabki qo'rquv muayyan vaziyatlarda paydo bo'ladi va u miyaga 
o'rnashib qoladi. Masalan, bemor hamma yoqni ko'rish uchun tomga 
chiqadi va pastga qaragan zahoti qattiq qo'rqib ketadi, boshi aylanadi, u 
go'yo pastga qulab tushayotgandek xavfsiraydi. Buning oqibatida bemorda 
balandlikdan qo'rqish miyaga o'rnashib qoladi va keyinchalik u boshqa 
vaziyatlarda ham paydo bo'laveradi. D astlab q o'rq u v balandlikka 
ko'tarilish kerak bo'lganda, so'ng esa balandlikka ko'tarilish ehtimoli bo'lsa 
va ana shu balandlikka ko'tarilish kerak, degan xayolga borganda paydo 
bo'ladi. Bemorda balandlikdan q o 'rq ad ig a n vaziyatlar borgan sari 
ko'payadi. Endilikda u liftda yurish va derazadan qarashdan qo'rqadi, u 
hatto balandlik uncha katta bo'lmaganda ham cho'chib tushadi.
Fobiyalar paydo bo'lganda vegetativ simptomlar ham namoyon bo'ladi
- bemorning yuzi qizaradi yoki rangi o'chadi, og'zi quriydi, yuragi tez- 
tez uradi, arterial bosim oshib ketadi, ter bosadi, ko'z qorachiqlari 
kengayadi va hokazo.
245


Birorta og‘ir ichki a ’zolar kasalligi paydo bo'lishidan qo'rqish, 
odatda, psixosomatik simptomlar bilan birga kechadi, y a’ni bemor 
salomatligiga haddan ortiq e’tibor beradi. M asalan, kardiofobiyada 
yurak urishini eshitib turadi, tomir urishini sanaydi yoki arterial qon 
bosimini o ‘lchayveradi, har safar yuragi n o to ‘g‘ri ishlayotganidan 
gumonsirab, terapevtdan EKG qilishini va puxta tekshiruv o‘tkazishini 
iltimos qiladi.
Kasallik xuruji qo‘zg‘alib qolishidan qo‘rqqan aksariyat bemorlar 
yo‘lda odam lar bor joydan yuradilar, tibbiyot muassasalariga yaqin 
bo'lgan yo'lni tanlaydilar, yo'l-yo'lakay dorixonaga kirib turadilar, u 
yerda yurak dorilari va tibbiy xodimlar borligini ko'rib tinchlanadilar.
Obsessiyalar bu miyadan ketmaydigan shubhali xayollar, fikrlar 
bo‘lib, ketma-ket yog'ilib kelaveradi. Ular bemorning xohish-irodasiga 
bog'liq bo'lmagan holda quyilib kelaveradi va unga og'ir botadi, aslida 
yoqmaydi va ulardan vrach yordamisiz qutula olmaydi.
M iyada o'rnashib qolgan fikrlar bem orlarni uyidan chiqa turib, 
«Eshikni qulfladimmi, olovni o'chirdimmi, suvni berkitdimmi?» kabi 
xayollar bezovta qilaveradi. Uyga qaytib kirib, qayta tekshiradi, hammasi 
tinchligiga ishonch hosil qiladi va yana ko'chaga qaytib chiqadi. Uydan 
biroz uzoqlashgandan so'ng yana haligi fikrlar yog'ilib kelaveradi va 
yana uyiga qaytadi. Siqilib ketganidan yig'lab yuboradi, hech qayoqqa 
chiqmay qo'yadi. O'zida kechayotgan bu alomatlarga, albatta, bemor 
tanqidiy ko'z bilan qaraydi va ulardan qutulishni istaydi, lekin hech 
buning ilojini topa olmaydi.
Ba’zan bemorda mantiqan bir-biriga zid xayollar paydo bo'ladi. 
Masalan, yaqinlashib kelayotgan mashina tagiga o'zini tashlash istagi 
paydo bo'ladi-yu, mashina yaqinlashganda, birdan qo'rqib ketib, orqaga 
tisariladi. Ba’zi bemorlarning miyasiga o'ziga yoki boshqa birovga pichoq 
sanchishdek fikrlar keladi va shu ishni qilib qo'ymay deb pichoqqa yaqin 
borishmaydi yoki uni berkitib qo'yishadi.
M iyadan ketmaydigan fikrlar nevrozi o 'z vaqtida davolanganda 
barham topadi. B a’zi hollarda esa bir necha oy va hatto, bir necha 
yillargacha cho'zilib ketishi mumkin. Remissiya bilan kuzatiladigan xom 
xayollar ham bo'ladi, ya’ni bemor bir necha oy yaxshi yuradi, so'ng 
miyadan ketmaydigan fikrlar yana paydo bo'ladi.
Nevrasteniya va isterik nevrozdan farqli o'laroq, miyadan ketmaydigan 
fikrlar surunkali kechishga moyil bo'ladi. Aksariyat bemorlar tuzalib 
ketganidan so'ng ham xursand bo'lish o'rniga, yana o'sha kasallik 
belgilari qachon paydo bo'lishini kutib yashashadi.
246


13.2. D epressiya
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti m a’lumotlariga ko‘ra yer sharida 
depressiya bilan ro'yxatga olinganlar soni 160.000.000 dan oshgan. Biroq, 
aksariyat mutaxassislar fikricha, depressiya bilan kasallangan har uch 
bem orning biri vrach nazoratida tu ra d i, xolos. Boshqa bir guruh 
mutaxassislarning fikricha esa depressiya bilan kasallanganlar sonini aniqlash 
mushkul, chunki u turli klinik k o 'rinishda namoyon bo'lm oqda va 
hammavaqt ham tashxis to'g'ri aniqlanayotgani yo'q. Chunki depressiya 
bilan og'rigan bemorlarning hammasi ham psixiatr yoki psixologlarga 
murojaat qilishmaydi. Yevropa davlatlari mutaxassislarining ma’lumotlariga 
ko'ra depressiyada somatik buzilishlar ko'p uchragani sababli bemorlarning 
deyarli 80 foizi umumiy amaliyot shifokoriga murojaat qilishadi. Biroq, ular 
tomondan 5 foiz holatlardagina «depressiya» tashxisi to'g'ri aniqlanadi. 
Boshqa bemorlar turli tashxislar bilan turli mutaxassislarga davolanib 
yurishadi. Kasallik avj olib, bemor og'ir depressiya holatiga tushgandan so'ng 
ular psixiatr yoki psixologga yuboriladi.
Depressiyaning takrorlanishi, vaqti-vaqti bilan klinik belgilarining 
kuchayib turishi va surunkali kechishi bu kasallik bilan o g 'rig an
bemorlarni doimiy nazoratga olishni taqozo etadi.
Iqtisodiy jihatdan olganda ham depressiya «eng qimmat kasalliklardan» 
biridir. Masalan, AQSh da depressiyani davolash bilan bog'liq bo'lgan 
sarf-xarajatlar yiliga 48 mlrd. dollarga tengdir. Taqqoslash uchun: yurak 
qon-tomir kasalliklarini davolashga 43, o'pka kasalliklarini davolashga 
18 mlrd. dollar sarf qilinadi.
Barcha tibbiy kasalliklar ichida depressiyaning tarqalish darajasi 22-33 
foizga teng b o 'lib , eng k o 'p tarq a lg an kasallik bo'lm ish arterial 
gipertenziyadan oshib ketadi (W. K aton, M. Sulliven, 2006).
Depressiya rivojlangan davlatlarda k o 'p uchragani uchun uning 
shakllanishida ijtimoiy omillarda ham e ’tibor berishadi. XXI a s r - stress 
asri deyilmoqda. Bu asr deyarli barcha davlatlarda kuchli ijtimoiy- 
in q ilo b iy b u rilis h la r bilan b o sh la n d i. A k sa riy a t m u ta x a ssisla r 
depressiyaning tarqalish darajasi davlatning egallab turgan iqtisodiy- 
ijtimoiy maqomiga bog'liq emas, deb hisoblashadi, boshqa birlari esa 
m am lak atn in g ijtim oiy-iqtisodiy ah v o li depressiyaning tarq alish
darajasiga ta ’sir ko'rsatadi, deyishadi. Biroq, tan olish lozimki, hayot 
tarzining keskin o'zgarib borishi, vaqtning doimo tig'izligi, jamiyatdan 
orqada qolm aslik, individuumga ta lab larn in g kundan-kunga oshib 
b o rish i, 
tu rm u sh n in g
po ygaga 
o 'x s h a b
b o ra y o tg a n lig i, 
muvaffaqiyatsizliklardan qo'rqib yashash kabi vaziyatlar ham depressiya 
shakllanishiga turtki bo'ladi.
247


D epressiya bilan o g ‘rig an lar soni va u lar orasida joniga qasd 
qilayotganlarning yildan-yilga k o ‘payib borishi bu kasallikning katta 
tibbiy-ijtimoiy muammoga aylanganini k o ‘rsatadi. Aksariyat xorij 
davlatlarida bu m uam m oning yechimini sam arali hal qilish uchun 
umumiy amaliyot shifokorlari depressiya bo'yicha maxsus dasturlar orqali 
o'qitilib, bemorlarga yordam ko‘rsatish usullari o'rgatilmoqda. Y a’ni 
umumiy amaliyot shifokori depressiyani aniqlashi va uni mutaxassisga 
jo‘natishi, mutaxassis tavsiyalari bilan tanishib chiqqan holda bemorni 
nazoratga olishi va davolash jarayonida faol ishtirok etishi lozim. 
Diplomga ega tibbiy psixolog xuddi psixiatr kabi depressiyaning og‘ir 
turlarini o'zi mustaqil davolashga haqlidir.
D epressiya insonning yashash tarziga salbiy t a ’sir k o 'rsa ta d i, 
bemorning atrof-m uhitga moslashuvini susaytiradi, odam lar bilan 
munosabatini m urakkablashtiradi. Depressiya - surunkali kechuvchi 
patologik holat bo'lib, aksariyat hollarda, somatik buzilishlar bilan 
namoyon bo'ladi.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish