Psixologiy asi


Es-hushning kirdi-chiqdi bo‘lib qolishi



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/208
Sana01.03.2022
Hajmi8,34 Mb.
#477179
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009 (2)

Es-hushning kirdi-chiqdi bo‘lib qolishi 
ongning ancha k o ‘p uchrab 
turadigan buzilishlariga kiradi. Es-hushning kirdi-chiqdi bo'lishi ong 
to ray ish ig a ta a llu q li, b u n d a tash q i ta a s s u ro tla r ongga t o ‘la yetib 
kelmaydi. Bunday bem orlar o'z o'y-xayollariga cho'm ib ketib, atrofdagi 
v o q e lik d a n a jr a lib q o lg a n d e k b o 'l a d i . B e m o rla r s h ifo x o n a d a
yotganlarini bila turib, o'zini xuddi uydagidek yoki ishxonadagidek 
tulishadi, haqiqatga to 'g 'ri kelm aydigan antiqa h a ra k a tla r qilishadi. 
U m um an, b unday b em orlar ongi ichki pato lo gik kechinm alar bilan 
m ashg'ul bo'ladi. U larda birdan paydo bo'ladigan g 'azab, qochish hissi, 
ham shira yoki doktorga hujum qilish kabi patologik holatlar kuzatilib 
turadi. Es-hushning kirdi-chiqdi bo'lishi bir necha soatdan bir necha 
kungacha davom etishi mumkin.
Ambulator avtomatizmlar holati. 
Bu holat ham xulq-atvorning buzilishi 
bilan kechadi. B em orlar xuddi uy q u sirab yurgan odam ni eslatadi. 
Somnambuliya yoki lunatizm va trans 
holatlari am bulator avtomatizmlarga 
misol bo'la oladi.
Somnambulizm 
(uyquda yurish yoki lunatizm), ayniqsa, bolalarda k o 'p
uchraydi. Som nam bulizm da qism an yoki chala uyg'onishni kuzatish 
mumkin. Odam ning harakat sistemasi go'yo uyqudan uyg'onadi, es-hushi 
esa paydo b o 'lg a n d e k b o 'la d i, aslida u la r u yqusida o 'rn id a n tu rib
yurganini eslab qolm aydilar. Som nam bulizm da bem or o 'rn id an turib 
yura boshlaydi, xonadan chiqib ketishi ham mumkin, berilgan savollar 
va m urojaatlarga javob qaytarmaydi yoki uyg'onib ketadi. Ongning bu 
buzilishlari lunatizm deyilsa-da, oyga aloqador emas.
Deliriy - ong buzilishining k o 'p uchraydigan turi bo'lib, bunda bemor 
o'z shaxsini anglay olsa-da, vaqt va atrof-muhitga bo'lgan idroki buziladi. 
Deliriy turli endogen va ekzogen zaharlanishlarda, bolalarda esa tana harorati 
oshgan paytlarda k o'p kuzatiladi. K o'ruv va eshituv gallyutsinatsiyalarining 
m o i-k o 'l bo'lishi deliriy uchun juda xosdir. Bemorlar ruhiy qo'zg'algan 
holatda o'zlarini ta ’qib etuvchi bunday tasavvurlardan himoya qiladilar. 
Ularga hamla qilayotgan hayvonlarni go'yoki. ushlab oladilar, «dushmanlar» 
ovozi eshitiladigan eshikni yopib qo'yadilar va hokazo.
Bemorning ongi tashqi t a ’sirlarga uzviy bog'langan bo'ladi. Gallyutsi­
natsiyalar kam ayganda, ong vaqtincha tiklanadi, ko 'p ay g an d a, yana 
buziladi. Ongning bunday o'zgarishi deliriyga xos xususiyat hisoblanadi. 
Lekin es-hush vaqtincha tiklangan paytlarda ham uzuq-yuluq va chala 
fikrlash, yuzaki idrok etish va m o'ljal olish, narsa va hodisalarga tanqidiy 
ko'z bilan qarashning keskin buzilishini qayd qilish m umkin. Deliriy, 
odatda. bir necha kun davom etadi.
131


Oneyroid uyqusim on, tushga o ‘xshash holat bilan kechadigan ong 
buzilishi b o ‘lib gallyutsinat-siyalarning k o 'p kuzatilishi bilan tavsiflanadi. 
B unda b em orlarg a k o in o td a m u ra k k a b sarg uzashtlarni boshlaridan
o'tkazgandek, harbiy harakatlarda ishtirok etishgandek tuyuladi. Ularning 
k ech in m alari fa n ta stik tu sd a b o ‘ladi. D e liriy la rd a n farqli o 'la ro q , 
oneyroidlarda bemorlar kam roq q o ‘zg‘aluvchan, k o ‘pincha bo‘shashgan 
holatda bo‘ladilar. Es-hush uncha buzilmagan bo'lib, ularda kechinmalar 
kam roq kuzatiladi, delirioz holatlardagi kabi uzuq-yuluq bo'lmaydi.
Amentiv holat ham ong buzilishi tu rlarig a kiradi. Am ensiyada es- 
hushning chalkashligi turli d a ra ja d a b o 'la d i. Bem or o'zin i y o 'q o tib
qo'yishi va atrofdagi odam larni to 'la tushunmasligi amensiyaning asosiy 
belgisi hisoblanadi. Es-hush chalkashganligi sababli bemor joy, vaqt va 
v a z iy a td a ad a sh ib , a tru fd a g ila rn i tan im a slik d a rajasig ach a yetadi. 
A m ensiyad a anglash nin g buzilishi h aq iq iy b o 'lib , b em o rlar ayrim
narsalarni idrok etadilar, lekin ularni tahlil qila olmaydilar. M asalan, oq 
libos kiygan ayol bemorning tomirini ushlab, u bilan qisqa suhbat quradi, 
am m o biroz vaqtdan so'n g bem or vrach bilan hozirgina nim a haqda 
gaplashganini aytib bera olmaydi.
Amentiv holatda, ko'pincha, o 'zin i-o'zi anglashdan k o 'ra tevarak- 
atrofni idrok etish izdan chiqadi. Bemorlar bu xastalikda atrofda nim alar 
sodir bo'layotganini tushunmay o'zini y o'qotib qo'yib, xavotirlanib yoki 
q o 'r q ib q o la d ila r. A m ensiya - eng u zo q d avo m etad ig an es-hush 
buzilishlariga mansub bo'lib, u bir necha hafta va oylarga cho'zilib ketishi 
mumkin. O 'tk ir infeksiyalardan keyingi psixozlarda ham amentiv holatlar 
kuzatiladi.
Es-hush buzilishlariga yuqorida biz k o 'rib chiqqan shaxsiyatni idrok 
etishning buzilishi, y a’ni depersonalizatsiya ham kiradi. Bemorga o 'z 
tanasining qismlari, masalan, boshi kattalashib, qo'llari uzayayotgandek, 
b a ’zan esa qo 'llari o'ziniki emas, birovnikidek, tanasi ikki qismga bo'linib, 
bir-biridan alohida harakat qilayotgandek tuyuladi. Depersonalizatsiya 
sh izo fren iy a k asalligi va bosh m iya o 'n g yarim sh arin in g org an ik
zararlanishlarida kuzatiladi.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish