7.
A m n e s t i k a f a z i y a
- 37 va 40-maydonlar zararlanganda kuzatiladi.
Miya po'stlog'ini rganishni osonlashtirish uchun Brodman (1909)
bosh miya po‘stlog‘ining sitoarxitektonik xaritasini yaratdi va uni 11 ta
sohaga bo'ldi, sohalarni esa 52 ta maydonga ajratdi. Sitoarxitektonik
maydonlar 11-rasmda keltirilgan.
Neyropsixologlar nutqning ikkita alohida turini farq qilishadi. Bu
ekspressiv nutq
(so'zlash) va
impressiv nutq
(so'zlarni, gaplarni tushunish).
56
1 1 -ra s m . S ito a r x ite k to n ik m a y d o n la r (B ro d m a n m a y d o n la ri).
Afaziyaning barcha turlarida u yoki bu darajada ekspressiv va impressiv
nutq buzilgan bo'ladi. Masalan, m otor nutq markazlari zararlanganda,
asosan ekspressiv nutq, sensor nutq markazlari zararlanganda, ko'proq
impressiv nutq buziladi.
57
Ekspressiv nutq og‘zaki va yozma nutqlarga ajratilsa, impressiv nutq
og‘zaki va yozma nutqni tushunishdan ib o ratd ir. O g'zaki nu tq q a
monologik, dialogik va takroriy nutqlarni misol qilib keltirish mumkin.
Narsalaming nomini aytish, ularning harakatini so'z bilan ifodalash ham
o g 'z a k i nu tqning bir tu rid ir. Yozma nutq m ustaqil yoki d ik tan t
ko'rinishida bo'ladi.
Nutq faoliyati va uning buzilishlari faqat lokal prinsiplarga asoslanib
o'rganilmaydi. Chunki nutq funksional sistemasining shakllanishida juda
k o 'p analizatorlar: harakat, proprioretseptiv, taktil, eshituv, ko'ruv
analizatorlari ishtirok etadi. Agar mana shu analizatorlarning o'zaro
muvofiqlashib ishlashi buzilsa, nutq ham buziladi. Analizatorlarning qaysi
sohasi ko'proq zararlanganligiga qarab turli daraja va ko'rinishdagi
afaziyalar rivojlanadi.
Afaziyalarni aniqlashda juda ko'p omillarga e’tibor beriladi: bolalik
davrida bemorning nutqi yaxshi bo'lganmi, ushbu nutq buzilishi qachon
paydo bo'lgan, maktabda o'qiganmi, oliy m a’lumotga egami, rus yoki
o'zbek tilini yaxshi biladimi va hokazo. Qo'shimcha tekshiruvlar, ya’ni
elektroensefalografiya, dopplerografiya, kompyuter tomografiya usullari
ham afaziya sababini aniqlashga yordam beradi. Afaziyaning turini
aniqlash topograflk tashxis uchun juda muhimdir.
Nutq buzilishlari klinikasini o'rganishda bir qancha shartlarga amal
qilinadi: 1. Nutqning qanday turi, shakli va funksiyasi buzilgan, qaysilari
saqlanib qolgan? 2. Nutqning buzilishi oliy nerv faoliyatining yana qaysi
funksiyalariga t a ’sir k o 'rsa tg an ? 3. N utq buzilishining fiziologik
mexanizmlari nimalardan iborat?
Nutq buzilishining sindromologik tahlili afaziyaga olib kelgan omil
hamda uning asosida yotgan mexanizm va nuqsonlarni ochib beradi. Aniq
topograflk tashxis qo'yish «asosiy» va «chegaradosh» nutq markazlari
funksiyasi va patologiyasini batafsil bilishni talab qiladi.
Endi afaziyaning barcha turlari bilan tanishib chiqamiz.
Afferent motor afaziya. H ar qanday so'z talaffuz qilinayotganda har
xil kuch, yo'nalish va qamrovga ega bo'lgan artikulyator harakatlar
qilinadi. H ar qanday nutq tovushini chiqarish uchun ham aniq bir
artikulyator harakatlar yig'indisi ishtiroki zarur. Ushbu harakatlam i
boshqarib turish uchun nutq a ’zolari (lab, til, tanglay va h.k.) dan miyaga
doimo to'xtovsiz impulslar kelib turishi kerak. Bu jarayonni signallar
afferentatsiyasi deb ham atashadi. Bu signallar og'iz muskullarining holati,
tilning harakati, boringki, nutqni tashkillashtiruvchi og'iz bo'shlig'idagi
barcha tuzilmalardan kelib turadi.
Organizmning ontogenetik rivojlanish davrida artikulyator harakatlar
m a’lum bir stereotipga ega bo'lgan harakatlarga aylanadi. Ularning
58
dastlabki elementlari «ishga tushib» ketsa, odam bemalol gapirib ketadi.
U shbu h a ra k a tla m i b o sh q arib tu rish d a bosh miya k a tta yarim
sharlarining orqa gnostik markazlari faol ishtirok etadi. Pastki pariyetal
soha (40-maydon)ning zararlanishi artikulyator harakatlarning buzilishi
va o'z navbatida, butun nutq funksional sistemasi faoliyati keskin
o'zgarishiga sabab bo'ladi.
Orqa gnostik sohalarning zararlanishi kinestetik sezgining, ya’ni
afferent motor afaziyada nutq buzilishining markaziy mexanizmlaridan
biri bo'lgan omil - kinestetik omilning buzilishiga sabab bo'ladi. Bu
markaziy nuqsonning klinik ko'rinishi nimalardan iborat? Tovush va
so'zlami talaffuz qilishda til va lablarga maxsus holatni bera olmaslik,
ya’ni nozik artikulyator harakatlam i tashkillashtira olmaslik, afferent
motor afaziya uchun o 'ta xos patalogiyadir.
Odatda, artikulyator apparatlardan miyaga tushib turuvchi signallar
idrok qilinmaydi, ya’ni odam bu impulslami anglamaydi, sezmaydi. Ammo
nutqning kinestetik afferentatsiyasi bolada nutqning rivojlanishida juda
m uhim ah am iy at kasb etadi. B o la lar d ik ta n ti ta h lil qilin g an d a
artikulyatsiya bilan tovushlarni eshitish orasida uzviy bog'liqlik borligi
m a’lum bo'lgan. Mabodo, diktant yozayotgan bolalarga og'zini ochib
o'tirish yoki tilni tishlar orasida bos b turish so'ralsa, bu artikulyatsiyani
q iy in la sh tira d i va d ik ta n td a x a to la r k o 'p a y ib k etad i. D em ak,
artikulyatsiya so'zning tovush tarkibini tahlil qilish uchun o 'ta zarurdir.
Nutq shakllanishining dastlabki bosqichlarida tovush va artikulyatsiyalar
bir maromda rivojlanishni talab qiladi. Demak, kinestetik nuqsonning
paydo bo'lishi bolaning ravon, qiynalm asdan, so'z va tovushlarni
buzmasdan gapirishini imkonsiz qilib qo'yadi.
Afferent motor afaziyada literal parafaziyalar ko'p kuzatiladi, bemor
mustaqil ravishda tovush va so'zlami talaffuz qila olmaydi, bir tovushni
boshqa tovush bilan almashtirib yuboradi (literal parafaziyalar). Masalan,
«sanam» o'rniga «salam» yoki «kelin» o'm iga «kenil» va hokazo. O'zbek
va rus tillaridagi (ya’ni kirill alifbosidagi) «d», «
1
», «n» harflari, «g»,
«h», «k» harflari artikulemalari bir-biriga o'xshashdir. Ushbu harflar bitta
so'z tarkibida kelsa, bem orlar bu so'zni talaffuz qilishda qiynaladi.
Shuning uchun ham so'zlarni talaffuz qilishning buzilishi asosiy simptom
hisoblangan afaziyaning bu turiga motor afaziya deb aytiladi.
Efferent m otor afaziyadan farqli o'laroq, afferent m otor afaziyada
so'zlarni beixtiyor talaffuz qilish (sanash, oylarni aytib chiqish), odatda,
saqlangan bo'ladi. Agar ongli ravishda bemor biror so'z yoki jumlani
takrorlamoqchi bo'lsa, qiyinchiliklarga uchraydi. Suhbat paytida bemor
beixtiyor «e, jin ursin», «to'g'ri-to'g'ri», «ha-ha» kabi jumlalarni aytib
yuboradi.
59
Bemorlar nafaqat bir-biriga o ‘xshash artikulemalami noto'g'ri talaffuz
qilishadi, balki ulam i qabul qilish jarayoni ham buzilgan bo'ladi. Bu
h o la tn i q u y id ag icha tu sh u n tirish m um kin: miya p o ‘stlo g ‘ining
artikulyatsiyaga javob beruvchi pariyetal sohalari artikulyatsiyalami qabul
qiluvchi chakka sohalari bilan chambarchas bog'liq. Shuning uchun ham
pastki pariyetal soha zararlanganda eshitish sistemasi funksiyasining
ikkilamchi buzilishi ro'y beradi.
D astlab m otor afaziyaning faqat bitta turi ajratilgan. Afferent
(kinestetik) motor afaziyani A.R. Luriya birinchi bo'lib motor afaziyaning
alohida bir tu ri sifatida ajratg an . A fferent m otor afaziyani nutq
artikulyator apparatining apraksiyasi bilan taqqoslash mumkin. Afferent
m otor afaziyada ko'pincha oral praksis ham buzilgan bo'ladi. U lar
ixtiyoriy ravishda yoki ko'rsatma bo'yicha turli og'iz harakatlarini bajara
olmaydilar. Masalan, bemor tilini chiqara olmaydi, tilini ustki yoki pastki
labiga qo'ya olmaydi, lunjini havoga to'ldira olmaydi va hokazo. Bu
og'iz harakatlari nutq jarayoniga kirmaydi, lekin shunga qaramasdan,
o g 'iz a p p a ra tin in g ixtiyoriy b o sh q arilish i m u rak k ab lig i n u tq n i
qiyinlashtiradi.
Ba’zilar «M otor afaziyada nutqni tushunish saqlanib qoladi»,
deyishsa, boshqalari «buziladi», degan fikrda. «Motor afaziyada faqat
ekspressiv nutq buziladi, impressiv nutq esa saqlanib qoladi», degan fikrlar
haqiqatga ziddir (A.R. Luriya, 1973). M a’lumki, nutqni tushunishning
asosiy mezonlaridan biri tovushlarni ajrata olishdir. Nutqning m otor
komponenti so'zlami idrok qilishda muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun afferent m otor afaziyada nutq tovushlarini qabul
qilayotganda, nutq jarayonining kinestetik tahlili yetishmovchiligi sababli
tovushlarni ejratish, idrok qilish va tushunish buziladi. Afferent motor
afaziyani aniqlash uchun avvaliga turli unli tovushlarni takrorlash iltimos
qilinadi. Unli tovushlarni tez-tez ta k ro rlash talab qilinsa, bem or
chalkashib ketadi.
Ayniqsa, talaffuz qilinishi qiyin bo'lgan undosh tovushlardan iborat
so'zlami takrorlash («trotuar» «traktor», «perron» va b.) bemorlar uchun
o 'ta qiyindir. Ular so'zni no to 'g'ri talaffuz qilishayotganini tushuni-
shadi, lekin o g 'ir va tillari go'yoki o'zlariga bo'ysunm ayotgandek
tuyuladi.
Afferent motor afaziyada kinestetik nuqson sababli nutqning boshqa
elementlari ham ikkilamchi tarzda buziladi. Ularda yozma nutq ham
buzilgan bo'ladi. Ayniqsa, bemorlar yozayotgan paytlarida «og'zingizni
ochib yozing» yoki «tilingizni tishlaringiz bilan bosib yozing» degan
ko 'rsatm alar berilsa, ular k atta xatolarga yo'l qo'yishadi. Bemorlar
m iyaga singib ketgan va doim o ish la tilad ig an so 'zlarn i bem alol
60
takrorlashlari mumkin, ammo murakkab so'zlarni faol nutqda noto'g'ri
talaffuz qilishadi.
Efferent motor afaziya. Efferent motor afaziyada nutqning kinetik
tarkibi (ya’ni harakat qismi) buziladi. Bemor bir so'zdan ikkinchi so'zga
o ta olmay, chaynaladi. Sog'lom odamda dastlabki so'zlar nutq uchun
javob beruvchi miya strukturalari tomonidan tormozlanib, navbatdagi
so'zlargu yo‘l ochib beriladi va ravon soiashga imkon yaratiladi. Demak,
efferent m otor afaziyada birinchi artikulyator harakatdan ikkinchisiga
o'tish buziladi va bu bemor nutqida perseveratsiyalar paydo bo'ladi.
Efferent afaziyada ekspressiv nutqning barcha turi va shakli buziladi:
monolog, dialog, avtomatlashgan va hokazo. K o'proq ongli ravishda,
ya’ni kimningdir ko'rsatmasi bilan nutqdagi xatolar tuzatilsa, beixtiyor
so'zlash kam buziladi. Bemor 1 dan 10 gacha bemalol sanashi mumkin,
lekin 10 dan 1 gacha sanay olmaydi. Faol nutqda ham, takroriy nutqda
ham bir b o 'g 'in d an ikkinchi b o 'g 'in g a yoki so'zdan-so'zga bemalol
o 'tish n in g qiyinligi, y a ’ni n u tq perseveratsiyalari efferent m o to r
afaziyaning asosiy klinik belgilaridandir.
Afaziyaning bu turida bemor b a ’zi tovush va bo'g'inli so'zlarni to'g'ri
talaffuz qilishi mumkin, lekin ulari,i qo'shib so'z yasay olmaydi. Yengil
holatlarda esa bir nechta so'zdan ju.nlalar tuzish qiyin bo'ladi. Hattoki,
o 'ta yengil kechuvchi efferent m otor afaziyalarda ham bemor qiyin
artikulyator tuzilishga ega bo'lgan so'z va jumlalami ayta olmaydi (masa-
lan, tez aytishlami). Shuning uchun ham agrammatizm ko'p kuzatiladi.
M a’lumki, Brok markazi miyaning chakka sohasi tuzilmalari bilan
assotsiativ yo'llar orqali bog'langandir. Shuning uchun, efferent motor
afaziyada nutq jarayonining inertligi sababli nutq faoliyatining boshqa
turlari, y a ’ni yozish va o'qish ham buziladi.
Shunday qilib, efferent motor afaziya, xuddi boshqa afaziyalar singari,
nutq faoliyatining sistem buzilishi bilan kechadi va bunda kuzatiladigan
asosiy kamchilik nutq kinetikasining yetishmovchiligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |