15-rasm. Illyu/iyalar: Л - bir xil uzunlikdagi chiziqlaming kalta yoki uzun boMib
ko‘rinishi; B - uzoqda joylashgan ustunning uzun boMib ko‘rinishi; V - botayotgan
oyning katta boMib ko‘rinishi; G - qora fonda oq chiroqlarning yonib turgandek
bo'lib ko‘rinishi.
79
gallyutsinatsiyalarda bemor xuddi terisida biror narsa o'rmalab yurgandek
ust-boshini qoqaveradi. Hid va ta ’m bilish gallyutsinatsiyalarida bemor
badbo'y narsalam ing hidi va ta ’mini sezadi. Gipnogogik gallyutsi-
natsiyalar bemor ko‘zini yumib uxlamoqchi bo'lganda kuzatiladi. Bunda
□ning ko'z oldida har xil qo'rqinchli narsalar, hayvonlar, yomon odamlar
namoyon bo'ladi. Ko'zini ochsa, ular yo'qoladi. Bu holat bolalarda ham
tez-tez uchrab turadi.
Illyuziyalar deb, atro f-m uh itd a aslida m avjud bo'lgan narsa va
hodisalarni yanglish idrok qilishga aytiladi. Demak, gallyutsinatsiyalardan
farqli o'laroq, illyuziyalarda idrok etilayotgan narsalar mavjuddir, iekin
ular noto'g'ri qabul qilinadi. Masalan, yerga tushib yotgan qora chopon
uzoqdan xuddi uxlab yotgan itdek, d o 'pp i esa mushukdek, qorong'i
xonada mixga ilib qo'yilgan palto xuddi o 'g 'ri turgandek tuyuladi.
Illyuziyalar ham gallyutsinatsiyalar singari ko'ruv, eshituv, hid va ta ’m
bilish turlariga bo'linadi. Illyuziyalar sog'lom odamlarda ham uchrab
turadi. Masalan, qurilish bo'layotgan joyda yog'ochlar uzoqdan xuddi
egri joylashgandek, eshik va derazalar qiyshiq qo'yilgandek, devordagi
chiziqlar egri chizilgandek bo'lib ko'rinadi. Ba’zan, quruvchi bularning
to'g 'rilig in i maxsus priborlar yoki dastgohlar bilan tekshirib k o 'rib
ishonch hosil qiladi. Illyuziyalar asosan ruhiy va asabiy buzilishlar,
ayniqsa, toksik ensefalopatiyalar va psixozlarda ko'p kuzatiladi. Turli
xil illyuziyalar 15-rasmda aks ettirilgan.
Verbal illyuziyalarda bir nech odamning suhbati bemorga uni g'iybat
qilayotgandek yoki fitna uyushtirish uchun reja tuzilayotgandek eshitiladi.
Illyuziyalar shizofreniya kasalligi xuruj qilganda, delirioz va oneyroid
holatlar bilan kechuvchi kasalliklarda ko'p kuzatiladi.
Psixosensor buzilishlar. Psixosensor buzilishlarga depersonalizatsiya,
derealizatsiya, anozognoziyalar kiradi. Depersonalizatsiya sindromida bemor
o'z shaxsini yanglish idrok etadi, ya’ni uning tanasi ikkiga bo'lingandek,
biri o'ziga bo'ysunmayotgandek va boshqa odamning tanasidek his qiladi.
Ularda tana tuzilishini to 'g 'ri idrok qilish ham buziladi: qo'li yoki oyog'i
kattalashib ketgandek, birovning qo'lidek, yotgan paytlari yonida qo'l
emas, xuddi yog'och yotgandtL tuyuladi. Bemorga «Axir bu qo'Iingiz-ku,
yog'och bunaqa bo'lmaydi-ku», deyishsa, «To'g'ri, lekin men qo'limni
xuddi yog'ochdek his qilayapman», deydi. Demak, ularda tanqidiy fikr
saclangan bo‘ladi. Depersonalizatsiya sindromi bosh miyaning o'ng yarim
shari (o'naqaylarda) zararlanganda kuzatiladi.
Derealizatsiya - bemorlar borliqdagi narsalar va vaziyatni taniydilar,
biroq bu vaziyat ularga boshqachadek tuyuladi. Atrof-muhitdagi hamma
narsalar noaniq, begona, tushunarsiz, go'yoki parda bilan o'ralgandek
iu y u ijd i. o ;zi yashayotgan joy va u yerdagi tanish odam larni ham
begonadek his qiladi. Depersonalizatsiya va derealizatsiya shizofreniya
hamda epilepsiya kasalliklarida, depressiv holatlarda kuzatiladi.
A uozognoziyalar. A nozognoziya o ‘zidagi k asalik b elg ilarin i
anglamaslik, degan m a’noni bildiradi. Bosh miya o‘ng yarim sharining
pariyetal sohalari zararlanganda kuzatiladigan bu holatlarda bemor o'z
tanasidagi kamchiliklarni idrok qilmaydi, ya’ni inkor qiladi. Chap tomoni
ishlamay yotgan bo‘lsa-da, men hozir yurib keldim, deb uqtiradi.
Sezgi va idrok buziluvchi kasalliklar haqida nevrologiya va psixiatriya
darsliklarida batafsil m a’lumot berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |