Sistemalararo geteroxronlik
- bu turli funksional
sistemalaming (emish va ko'ruv nazorati) turli davrlarda paydo bo'lishi va
shakllanishidir.
Sistemalar ichra geteroxronlik
- bu shakllangan funksiyaning
asta-sekin murakkablashib borishidir. Dastavval minimal funksiyani bajara
oluvchi asab to'qim alari yetilib boradi, keyinchalik tashqi va ichki
ta ’sirlarga javob beruvchi shu sistemaning boshqa bo'limlari ham safga
turadi. Masalan, go'dakda 3 oygacha so'rish refleksi juda oson chaqiriladi,
lunji yoki iyagiga qo'l tekkizilsa bas, u darrov labini cho'chchaytiradi.
Shu bilan birga, go'dakda qalqib ketish yoki havo yutib yuborish holatlari
ham tez-tez kuzatilib turadi. Uch oylikdan so'ng so‘rg‘ich harakatlari faqat
labiga tekkanda paydo bo'ladi va qalqib ketishlar kam uchraydi. Xuddi
shunday holatni ushlab olish refleksiga nisbatan ham kuzatishimiz mumkin.
Go'daklik davrining birinchi oylarida uning kaftiga sal tegilsa, qo'lini musht
qilib oladi, keyinchalik ushlab olish biroz pasayadi, ya’ni bosh barmoq
qolganlariga qarshilik ko'rsata boshlaydi.
Sistemalar ichra geteroxronlik biror funksional sistemaning nafaqat
yetilishi, balki sistemalararo aloqaning o'rnatilishi bilan ham kechadi.
M asalan, avtom atik tarzda ushlab olishda harakat m urakkablashib
boradi, shu bilan birga qo'lning h arak ati ustidan ko'zning nazorati
kuchaya boshlaydi.
Sistemogenez haqidagi ta’limot bolaning asabiy-ruhiy rivojlanishining
uzviyligi va ketma-ket rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Masalan
41
u boshini ushlagach o'tiradi, so‘ng tik turadi va asta-sekin yura boshlaydi.
Boshini ushlab turish qobiliyati tana holatini nazorat qilishga zamin
yaratib beradi. Bu muvozanat a ’zosi va ko‘ruv nazoratining takomillashuvi
natijasida amalga oshiriladi.
Shuni ta ’kidlash lozimki, juda k o ‘p funksional sistemalarning o'zi
bir qancha kichik sistemalardan tarkib topgan. Bular bir vaqtning o‘zida
paydo bo‘lmaydi va o ‘zaro bog'lanishlami asta-sekin murakkablashtirib
boradi. Masalan, harakatni boshqarish kompleksiga muskul tonusi, tana
muvozanati va koordinatsiyasini boshqaruvchi sistemalar kiradi. Bundan
tashqari, har qanday harakatni amalga oshirish uchun biron-bir harakatni
boshqa harakat bilan almashtiruvchi, uning ustidan nazorat qiluvchi
dastur zarur bo'ladi. Masalan, oldinga bir qadam tashlash uchun tananing
og'irligini ikkinchi oyoqqa o'tkazish, shu vaqtda tananing muvozanatini
saqlab qolish, bir guruh muskullarning qisqarishi va boshqalarining
yozilishini amalga oshirish kerak bo'ladi.
Biz yurib borayotganimizda oyoqni qanday tashlash kerak, gavda, qo'llar
qay holatda harakat qilishi zarurligi hisob-kitobini qilmasdan hammasini
beixtiyor tarzda amalga oshiramiz. T o'g 'ri, biz ongli ravishda tezlikni
oshirishimiz yoki pasaytirishimiz, qadamni katta yoki kichik tashlashimiz
mumkin, ammo qaysi muskulni qisqartirib, qaysi birini bo'shashtirishimiz
kerakligini o'ylam ay am alga oshiram iz. H arak atn i boshqaruvchi
sistemalarning bunday kelishilgan holda ishlashi bolalik davridan rivojlana
boshlaydi. Har xil yoshdagi bolalarning harakat faoliyatini kuzata borib,
ularning harakat funksiyalari takomillashib borayotganligini va kichik
sistemalardan yirik integrativ sistemalar paydo bo'lishini kuzatish mumkin.
Sistemogenez nuqtai nazaridan qaraganda, har bir yosh uchun xos
bo'lgan normal funksiyalarning rivojlanish mexanizmlari va takomil-
lashuvining kam -ko'stini tushunib olish mumkin. Ba’zi funksional
sistem alar yoki ularning bo'lim lari rivojlanishi sust kechsa, boshqa
funksional sistemalar esa normal rivojlanib va takomillashib boraveradi.
Masalan, chaqqon, o'yinqaroq bolalar diqqat-e’tibor talab qiluvchi nozik
harakatlam i bajara olmaydi. Buning sababi harakatni boshqaruvchi miya
po'stlog'i markazlari takomillashmaganligidir. Ba’zan kundalik hayotda
beso'naqay bolalarda surat chizish, musiqiy asboblarni chiroyli chalish
kabi mahoratni kuzatish mumkin.
Bolalarda nutqning turli buzilishlari ko'pincha, sistem alararo va
sistem alar ichra aloqalarning yetilmay qolishi oqibatida kuzatiladi.
H arakat beso'naqayligining duduqlanib gapirish bilan birga kelishi yoki
harakati to'liq rivojlangan bo'lsa-da, duduqlanadigan bolalarni ko 'p
uchratamiz. Ba’zan og'zaki nutq juda yaxshi rivojlansa-da, husnixati
xunuk bolalarni kuzatish mumkin.
42
Sistemogenez prinsiplari asab tizimining evolyutsion rivojlanish
jarayonida kuzatiladigan morfofunksional o'zgarishlarni takomillash-
tirishga yordam beradi, sistem alarning n o to g ‘ri rivojlanishi olish
yo‘llarini ko'rsatadi. Bu yetishmovchiliklarni tuzatishning prinsiplarini
bir necha guruhlarga bo'lish mumkin:
1
) o ‘sish k o 'rsa tk ic h la rid a n o rq ada q o lay otgan funksiyalarni
rag‘batlantirish;
2
) buzilib q a y ta riv o jla n a y o tg a n a lo q a la rn i to 'x ta tis h yoki
pasaytirish;
3) sistemalararo va sistemalar ichra aloqalarning yangi komplekslari
shakllanishiga yordam berish va hokazo.
Demak, nuqsonning konkret shaklini topib, davolash bir nechta
yo'nalishda olib borilishi kerak, lekin bunda individual rivojlanish
bosqichlaridagi uzviylikni ham e’tiborga olish zarurdir.
K o'ruv va eshituv bosh miyaning m urakkab funksional sistemalari
guruhiga kiradi. H ar qaysi funksional sistem a yoki uning har bir
bo'limi o'zining rivojlanish dasturiga ega bo'lishiga qaramasdan, bosh
miya doimo yagona yaxlit a ’zo sifatida ishlaydi. Miyaning bu integrativ
funksiyasi turli sistemalarning o'zaro m unosabatini mustahkamlaydi
va rivojlantiradi. Bu holda rivojlanayotgan m iyada sistem alararo
aloqalarni o'rnatish mexanizmi qanday kechadi, degan savolga duch
kelamiz.
M iya o 'z fa o liy a tid a y ag o n a b o 'lib q olish ig a q a ram asd an ,
rivojlanish-ning har bir bosqichida u boshqacha miya va boshqacha
sistem a d ir. S h u n in g uchu n h a tto b a ’zi fu n k sio n al sistem alar
rivojlanishining xronologiyasini m ukam m al o 'rg an sak -d a, hayot
yo'lining har bir konkret rivojlanish darajasini to 'g 'ri baholab borish
o 'ta m u ra k k a b m u am m od ir. B o lad a fu n k sio n al sistem alarn in g
rivojlanish tezligini velosipedchilar poygasiga ham qiyoslash mumkin.
M asalan , b itta velosipedchi poy ga d av o m id a doim o o ld in d a
boravermaydi, bunga uning kuchi ham yetmagan bo'lu r edi. U goh
oldinda, goh orqada qolib boradi va nihoyat, marrani birinchi bo'lib
egallaydi. Rivojlanayotgan miyani o'rganganimizda bolaning dastlabki
yoshlarida shunga o'xshash holatni ko'ram iz. Rivojlanishning yangi
sh ak llari p ay d o b o 'lish i g o 'd a k d a g i b irlam ch i av to m atizm n in g
reduksiyasi (yo'qolishi) bilan kechadi.
Bunda ikkita, y a’ni yangilanish va yo'qolish jarayoni bir maromda
kechishi katta ahamiyatga egadir. Birlamchi avtomatizmning erta so'nishi
miya rivojlanishidagi uzviylikni buzib yuborishi mumkin. Shu bilan
birga, eskirib qolgan funksiyalarning juda kech yo'qolishi ham yaxshi
emas, chunki u yangi, yanada murakkab sistemalarning paydo bo'lishiga
43
xaiaqit beradi, Reduksiya va yangilanish jarayonlarining bir maromda
kechishiga bir yoshgacha boMgan bolalarda harakatning rivojlanishini
misol qilib ko‘rsatsa bo'ladi. G o 'd ak d a boshning fazodagi holatini
nazorat qiluvchi birlamchi tonik avtomatizm mavjud. Bu avtomatizm
2-3 o y larg a bo rib s o 'n ib , o 'rn ig a bo shni an iq ushlab tu rish n i
ta ’minlovchi, muskul tonusini boshqaruvchi sistema rivojlanadi. Agar
bu so'nish muddatidan kechiksa, birlamchi tonik avtomatizmni anomal
hodisa deb q ab u l qilish kerak, chunki u boshni ushlab turuvchi
mexanizrnlarning rivojlanishiga xaiaqit beradi. Keyinchalik zanjirli
patologik holatlar rivojlanib boraveradi: boshni ushlab tura olmaslik
ko'ruv nazorati va vestibulyar apparatning ishini buzadi, vestibulyar
apparatning rivojlanmay qolishi natijasida o'tirishni ta ’minlab beruvchi
muskullar tonusi ishdan chiqadi va hokazo. N atijada yaxlit bir harakat
mexanizmlari buzilib, aqliy zaiflik rivojlanishiga zamin yaratiladi.
D em ak, ruhiy buzilishlarning bolalik davrida oldini olish uchun
dastlabki shakllanayotgan patologik jarayonni o'z vaqtida davolash
muhim ahamiyatga ega.
S huni a lo h id a t a ’k id lash lozim ki, red u k siy a va y an g ilan ish
jarayonlarining bir maromda kechishi deganda, faqat bir funksiyaning
ikkinchi funksiyaga yo'l ochib berishini tushunmaslik kerak. Vaholanki,
reduksiya faqat avtom atizm larning butunlay yo'qolishi degani ham
emas, balki murakkab funksional sistemalarga qo'shilib ketishi degani
ham dir. Shuning uchun birlam chi avtom atizm to 'la reduksiyaga
uchramasa-da, rivojlanishning umumiy rejasiga xaiaqit bermasligi ham
kerak . A g ar red u k siy an in g k ech ik ish i yangi m ex an izm lar
s h a k lla n ish in in g su stlig i bilan u y g 'u n la s h ib k etsa, fu n k sio n a l
sistemalarning rivojlanishiga katta salbiy ta ’sir ko'rsatib, asabiy-ruhiy
qoloqlikka zamin yaratib beradi.
Shunday qilib, funksional sistema b a ’zi bo'lim larining geteroxron
rivojlanishi bilan birga ularning o 'z a ro m unosab atid a sinxronlik
bo 'lishi kerak, individual ontogenezning har qaysi d av rid a b a ’zi
sistemalar barkam ollikning shu davrga mos bosqichida bo'lishi zarur.
Boringki, bu farqlar har xil bo'lsin, lekin ular m a’lum b ir paytda
bir-biri bilan u yg'unlashgan b o 'lish i shart, aks holda zid d iy atlar
yuzaga kelib, funksional sistem alarning rivojlanishiga k a tta ziyon
yetqizadi.
Ushbu bobda neyrofiziologik va psixofiziologik jaray o n lar bilan
tanishib chiqdik, funksional sistem alarning rivojlanish d av rlarin i
o 'rgandik. Keyingi bobda esa bosh miya k atta yarim sharlarining
patologiyasini, ya’ni oliy ruhiy funksiyalarning buzilishini o'rganamiz.
Bu muammo bilan neyropsixologiya fani shug'ullanadi.
44
Do'stlaringiz bilan baham: |