t a ’sirla rg a ja v o b b erish x u su siy atig a eg ad ir.
F ilo g e n ezd a asab
hujayralarining paydo b o ‘lishi organizm uchun tashqi ta ’sirlarni qabul
qilish, to ‘plash va tarqatish imkonini yaratib berdi.
Asab hujayralari orasidagi bog'lanishlaming paydo bo'lishi va oddiy
asab tizimining shakllanishi organizmni integratsiyaning yangi bosqichiga
k o ‘tardi. Oddiy (primitiv) asab tizimiga ega jo nzotlarda q o ‘zg‘alish
hujayralardan barcha yo‘nalishlarda tarqalishi mumkin, go‘yo bu impuls
barcha hujayralarga taalluqli bo‘lib, m a’lum bir manzilga ega emasdek.
Shunday bo‘lsa-da, bu impulslar organizmdagi u yoki bu jarayonlarning
kechishida faol ishtirok etadi, lekin analiz qilish qobiliyati hali ularda
bo'lm aydi. Q o'zg'alishning asab hujayralarida to'planishi xotiraga
o'xshash jarayonga zamin yaratadi.
Organizm rivojlangan va asab to ‘qimalari
ishi takomillashgan sayin
asab hujayralaridagi jarayonlar qo‘zg‘alishni tez o'tkazishi va m a’lum
bir manzilga yo'naltirilganligi bilan ajralib turadi. Asab tizimining
m urakkablashib, takom illashib borishi, qabul qiluvchi (afferent) va
uzatuvchi (efferent) sistemalaming paydo bo'lishi bilan kechadi. Nerv
tarmoqlarining chekkasida maxsus retseptorlar paydo bo'lib, har biri faqat
o'ziga tegishli bo'lgan ta ’sirlarni farqlab qabul qila boshlaydi. Asab
h u ja y ra larin in g ixtisoslashib va tak o m illash ib borishi n atijasid a
impulslarning faqat bir tomonga yo'nalishini ta ’minlaydigan sinapslar
paydo bo'ladi. Xuddi shu bosqichda ba’zi vazifalarni
bajaruvchi oddiy
«aylana» tuzilmalar hosil bo'ladi.
Keyinchalik evolyutsiya mobaynida nerv tugunlari - gangliyalar paydo
b o 'lib , ular bir yoki bir nechta vazifani am alga oshira boshlaydi.
Gangliyalarning ishlash uslubi shundan iboratki, har bir gangliya tanadagi
m a’lum segment (soha) uchun javob beradi. Ushbu segment darajasida
o 'ta aniq va soz boshqaruv jarayoni kechadi. Asab tizimida mavjud
bo'lgan gangliyalarmajmuasi sezishningmurakkab turlarini amalga oshira
oladi. Gangliyada har qanday jarayon go'yoki aniq bir dasturga ega.
Biroq segmentlar bir-biri bilan yetarli aloqaga ega emas - bosh miya
hujayralaridan farqli ravishda bu gangliyalarda biron-bir markazning
muvofiqlashtiruvchi ta ’siri uncha rivojlanmagan.
Evolyutsiyaning keyingi davrlarida asab sistemasining rivojlanishi bosh
miya rivojlanishining ustuvorligi
bilan kechadi, so'ngra bosh miya yarim
sharlari p o'stlog'i paydo bo'lgan asab tizimi filogenezining bu davri
sefalizatsiya davri deb ham ataladi. Sut emizuvchilarda asab tizimi yanada
takomillasha borib, bosh miya katta yarim sharlar po'stlog'i va ularni
o 'z a r o b o g 'lo v ch i y o 'lla r paydo b o 'ld i. O rg an izm n in g b arch a
funksiyalarini boshqarib,
nazorat qilib turuvchi, o'tkazuvchi yo'llar
sistemasi shakllandi. Odamda katta yarim sharlar p o'stlo g 'i, ayniqsa,
34
peshona va chakka bo‘lakIarining rivojlanishi yuksak darajaga yetdi.
Hozirgi kunda odam bosh miyasining 78 foizini po‘stloq tashkil qilib,
uning 30 foizi peshona bo‘lagiga to ‘g‘ri keladi.
Evolyutsion rivojlanishning sefalizatsiya davrida bosh miyada paydo
bo'lgan m arkazlar quyi joylashgan tuzilmalarni o'ziga bo'ysundira
boshladi. Natijada bosh miyada hayotiy muhim markazlar paydo bo'lib,
ular organizmning turli-tuman faoliyatini avtomatik tarzda boshqara
boshladi. U shbu m ark a zlararo alo q alar iyerarxik tarzd a faoliyat
ko'rsatadi. Integrativ jarayon va boshqarish funksiyasining vertikal
uslubda faoliyat ko'rsatishi muhim ahamiyatga ega.
Fiziologiyaning dastlabki rivojlanish davrida oliy nerv markazlari quyi
markazlarga doimo tormozlovchi ta ’sir ko'rsatadi,
degan fikr mavjud
edi. Shuning uchun oliy m arkazlar zararlang an d a quyi m arkazlar
qo'zg'aladi, go'yoki ular faollashadi. Lekin fiziologik jarayonlar doim
bu ta rz d a kechaverm aydi. E volyutsion jih a td a n yosh m ark azlar
zararlanganda, keksa markazlar faollashadi, go'yoki evolyutsion jarayon
teskarisiga davom etadi. Bu nazariya dissolyatsiya nazariyasi deb nom
olgan. Darh; qiqat, yuqori pog'onada joylashgan markazlar zararlanganda
quyi markazlar faollashganini ko'ramiz. Bunga markaziy harakat neyroni
zararlanganda orqa miyaning oldingi shoxida joylashgan periferik harakat
neyronlarining faollashuvini misol qilib keltirish mumkin. Ammo bu
buzilishlarning asl sababi dissolyatsiyada yoki quyi markazlarning yuqori
markazlar «tutqunligidan» ozod bo'lishida emas.
Chunki oliy markazlar
quyi m a rk a z la r fao liyatin i fa q a t to rm o zlab g in a qolm aydi, balki
faollashtiradi ham. Markaziy ta ’sirlar susayganda, quyi jarayonlaming
avtomatizmi va boshqarish «san’ati» pasayadi, jarayon qo'pol
va sodda
b o 'lib qoladi. Bundan tashqari, quyida joylashgan m arkazlarning
faollashuvi kompensator jarayonning bir ko'rinishi sifatida qabul qilinishi
ham mumkin.
Nerv m arkazlari iyerarxiyasida bosh miya k a tta yarim sharlari
po'stlog'i asosiy o'rinni egallaydi. Butun organizm va funksional sistema-
lardan m a ’lum otlarning po'stloqqa oqib kelishi, ularning m urakkab
analiz
va sintez qilinishi, assotsiativ yo'llarning paydo bo'lishi oliy nerv
faoliyatining asosiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi.
X o'sh, asab tizimi tuzilmalarining ontogenezda rivojlanishi qanday
kechadi va bu jarayondagi buzilishlar ruhiyatning shakllanishiga qanday
ta ’sir ko'rsatadi?
Do'stlaringiz bilan baham: