26
egоistik mavqeining pasayishi va shu tariqa o‘z-o‘zini anglash bilan bir qatоrda
o‘zgalar mavqeini anglash va bоshqalar orniga o’zini qo’ya olish qоbiliyatini
tadqiqоtlar orqali, keyinchalik esa sоf ijtimоiy psixik hоdisalar dоirasida ham
o‘rgana bоshladi.
Chet el psixologiyasida Morenodan keyin guruh bilan ishlashga qiziqish
nemis olimi Kurt Levin ishlarida ko’rinadi. Kurt Levinga qadar ham bir qancha
mutaxassislar bu yo’nalishda ish olib borishgan,
lekin Kurt Levinni trening
guruhlarining otasi deb atash mumkin.
Kurt Levin o’z tadqiqotlarini 1930-yillarda boshlagan. Birinchi T-guruh
tasodifan vujudga kelgan. K.Levin biznesmenlar bilan ishlashda guruhiy
muammoning tezda hal bo’lishini kuzatgan va shu asosda bu yo’nalish T-
guruhlari sifatida dunyoga kelgan. Trening guruhi o’qitish laborotoriyasi bo’lib,
unda shaxs turli ijtimoiy munosabatlarga o’rgatilati va zarur ijtimoiy bilimlarni
egallashi mumkin. Shu sifati bilan trening guruhlari har xil maqsadga ega
bo’lishi mumkin. Masalan, senzitivlikni oshirish guruhlarida trening guruhi
katnashchilari soni 12 kishi chegarasida bo’lishi kerak. Keyinchalik, Kurt Levin
ham 40 yillardayoq guruhda ko‘pchilikni yagona bir qarorga kelishishining
psixologik tabiatini o‘rganar ekan, unda ana shu guruhlarda o‘tkaziladigan tabiiy
munozaralarning har bir shaxs ijtimoiy ustanovkalari, qarashlari va guruh
munosabatiga bevosita ta’sirini isbotladi.
Uning fikricha, guruhdagi munozara
har bir shaxsning guruh faoliyati motivatsiyasini oshirib, har bir a’zoning
guruppaviy jarayonlarga qo’shilishi, o‘z mavqeini anglashi, o‘zgalarga nimadir
deyish kabi ehtiyo’jlarini oshiradi. Erkin demoqratik tarzda fikr almashinish
imkoniyatini yaratish, muhokama qilinadigan muammo bo’yicha guruh
a’zolarini fikr jaryonini tezlashtiradi, ularning ijtimoiy mavqeilarini yanada
faollashtiradi.
K.Levin eksperimentlarini real hayotda qanday samara berishi bo’yicha
keyichalik ikkinchi jahon urushi yillarida sinovlar o‘tkazish orqali tahlil qilgan.
O’sha yillar bir guruh ayollarga ayrim oziq - ovqat mahsulotlari (baliq
konservasi va pashteti) ning ham foydali ekanligi, har doim ham yangi so’yilgan
mol yoki boshqa hayvon go’shtini iste’mol qilish shart emasligi haqida chiroyli,
ishonchli ma’ruza o’qiladi, ertasi kuni o’sha tinglovchilarning 3% gina
do’konlardan yuqorida targ’ibot qilingan narsalarni harid qilganlar. Boshqa, bir
ayollar
guruhiga esa, aynan shu mavzuda munozara o‘tkazish sharoiti yaratilgan.
Keyingi kuzatishlarning ko‘rsatishicha, munozara qatnashchilaridan 32% o’sha
oziq - ovqat mahsulotlariga nisbatan qiziqishlari ortib, ularni harid qila
boshlaganlar.
27
Ilmiy nuqtai nazardan olib qaralganda, munozaralarning mohiyati va
ahamiyati ancha kengdir. Agar an’anaviy ma’ruza tinglovchilar gapirilayotgan
muammoga nisbatan xato bo’lsada, taxminiy bir xil neytral mavqeini
bildiradigan past reaksiyali fikrni ko’rsatadi, fikrlar to’qnashuvini taqozo
qiluvchi munozarada esa qarama-qarashi fikrlarning mavjudligi, monand fikrlar
borligini ham anglash shaxsda osha fikrlarga nisbatan
ancha faol mavqeini
shakillantiradi.
Munozaraning
qanday
yakunlanishidan
qat’iy
nazar
unda
qatnashuvchilarning fikrlari bir-biriga mos tushmasligi ham mumkin yoki ularda
ma’lum uyg’unlik bo‘lishi ham mumkin. Qanday bo‘lganda ham uning
mazmuni shaxs ijtimoiy tasavvurlari va qarashlarida mustahkam o’rnashadi va
xotirasida qoladi.
Guruxiy mashgulot o’tkazishda asosan doira shaklida o’tirish qabul
qilingan. Doirada hamma odam bir-birini ko’rib turadi. Shuning o’zi odatda
yangilikni qabul qilish uchun yo’naltirilgan o’zgarishni vujudga keltirishi
mumkin. Ishtirokchilar har bir gruppa a’zosi tengligini idrok qiladi va anglaydi.
Uning asosiy tamoyillari “shu yerda va hozir”, “faollik” va
“konfidentsiallik”dan iborat. O’z xatti-harakatlari haqida salbiy gaplarni
eshitishni xohlamagan guruh a’zosi “texnika”, “top” kabi so’zlarni ishlatishi
mumkin.
Bu kabi mashg’ulotlar O’zbekistonda sotsial psixologik trening
o’tkazishda qo’llaniladi. Guruhiy me’yorlar qabul qilish chet ellarda bir muncha
boshqacharoq kechadi. Masalan: ba’zi bir psixogimnastik mashg’ulotlarni
O’zbekiston sharoitida tarbiyalangan odam bajarishni o’ziga noqulay deb bilishi
mumkin. Xuddi shu sababli, bizning fikrimizcha, chet ellarda qo’llanilayotgan
guruhiy treninglarni O’zbekiston sharoitiga moslashtirmasdan turib, to’g’ridan –
to’g’ri qo’llash mumkin emas. O’zbekiston sharoitida treninglarni
tashkil etish
va o’tkazishda etnopsixologik va milliy xususiyatlarni hisobga olish yaxshi
samara beradi.
28
Karl Rodjers gumanistik psixologiyaning asoschilaridan biri bo’lib, o’ziga
xos terapevtik yo’nalishga asos solgan. U insonning boshqa odamlar bilan
muammosi autentik (o’xshash) bo’lishi, ya’ni muammolar hammada
mavjudligini ta’kidlaydi. Shuningdek, muammoli vaziyatlarda shaxslarga
yordam berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Uning asosiy belgilari;
uchrashuv qatnashchilarining o’zligini ochish, hislarini anglash, javobgarlik, o’z
“Men”ini anglash, “Shu yerda va hozir” tamoyiliga asoslanganlikdir.
Psixologiyada, shuningdek, Geshtal’t psixologiya yo’nalishi
tomonidan
ishlab chiqilgan psixoterapevtik metodlar ham mavjud. Geshtal’t guruhlar
yuqorida ko’rilgan geshtal’tterapiya metodlariga asoslanadi. Boshqa
guruhlardan farqli o’laroq, guruh mashg’ulotlarini trener har bir a’zo bilan
yakka – yakka o’tkazishi mumkin. Boshqalar esa “bo’sh issiq stul” texnikasi
bo’yicha kuzatuvchi hisoblanadi. O’z muammosini yechishni istagan odam
bo’sh stulga kelib o’tirib, boshqalarni kuzatish orqali o’z muammosini optimal
yo’l bilan anglashga harakat qiladi. Bu geshtal’tterapiyaning guruhiy
ko’rinishidir. Odatda ikki stul texnikasi ham ishlatiladi. Bu Morenoning ikkinchi
“Men” metodiga o’xshaydi. Kishi o’z retroflektsiyasini (orqaga qaytish) anglash
uchun yonidagi bo’sh stulga proektsiya qiladi va ikkita odam sifatida o’ziga-o’zi
savol-javob qila boshlaydi. Guruh “issiq stul”dagi maslahatlar bilan yordam
berib turadi. Geshtal’t guruhlarning asosiy maqsadi javobgarlikni o’ziga
olgan
holda o’zligini anglashdir. Geshtal’t nazariyasi bo’yicha odam o’zini anglash
vaqtida samimiy ko’ringandagina yaxlitlik, geshtal’t hosil bo’ladi va muammo
yechiladi.
4.
Do'stlaringiz bilan baham: