Psixologik trening



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/192
Sana01.03.2022
Hajmi2,48 Mb.
#475833
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   192
Bog'liq
fayl 776 20210505 (1)

“Men-
o’zimda”
deb ataladi. 
Trening muloqotlarida yana bir umumiy jihat borki, bunda muloqot yoki 
ishtirokchilari o‘rtasida samimiy, iliq munosabatlar o‘rnatilishi, ular bir-birlariga 
ishonishlari lozim. Buning uchun boshlovchi o‘yin boshida shunday sharoit 
yaratadiki, natijada ishtirokchilar bir-birlarini tanib, iliq munosabatlarga 
moyillik sezishlari shart. 
Shuningdek,mashg`ulotni katta, keng yaxshi shamollatish imkoniyatiga ega 
bo`lgan shinam xonada o`tkazish lozim. Xonada ishtirokchilar soniga teng 
miqdorda stullar bo`lishi kerak. Mashg`ulotda qulay, rohat baxsh etadigan, 
ko`ngil (dil) ochadigan osoyishta, sokin sharoit yaratilgani yaxshi (ayniqsa, 
dastlabki, mashg`ulotlarni o`tkazishda|, yarim qorong`ulik, muloyim) yaxshisi 
lirik va minor ovozli| musiqa, derazalarga nozik, nafis pardalar tutilgani ma'qul 
va hakazo. 
Shunday qilib har bir ijtimoiy psixologik vaziyat, uning maqsadi va 
boshlovchining niyatlariga qarab ishtirokchilarning fazoviy qay yo’sinda 


40 
joylashishlari, xonaning tuzilishi, jihozlarning joylashishi, xona va trening 
ishtirokchilarining izoliyatsiyalanganligi ham trening samaradorligini belgilaydi. 
2.Trening guruhining tuzilishi va trening guruhining psixologik o‘ziga 
xosligi.
Treningning asosiy maqsadi shaxsni psixologik, ya’ni ruhiy jihatdan 
erkinlikka chiqarish, unda tabiiy erkinlikni his etish, o’z guruhi va undan 
tashqari munosabatga kirishish va aloqa o’rnata olishni shakllantirishdan 
iboratdir. Trening har qanday guruhlarda olib borilishi mumkin, ya’ni turli yosh 
davrlarida ( maktabgacha yosh davri, kichik maktab yosh davri, o’smirlik, 
o’spirinlik, talabalik, kattalar va hakozolar), turli soha vakillari orasida 
(o’qituvchi pedagoglar, tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari, korxona ishchilari va 
hakozolar), ijtimoiy mavqeiga ega shaxslar (rahbar xodimlar, ishchilar 
kabi)o’rtasida. 
 
Mashg’ulotni o’tkazish uchun albatta boshqaruvchi bo’lishi shart, chunki 
treningni maqsadi va ijobiy natijasini aniqlash ma’lum dasturlar asosida olib 
boriladi. Masalan, boshqa kishilarni va o’z-ozini tushuna olish, o’ziga baho 
berish, atrofdagilarni tinglash va ularni idrok etish kabi ijtimoiy-psixologik 
muammolar shakllantiriladi.
Ijtimoiy 
psixologik 
trening 
maqsadi 
va 
vazifasiga 
asoslanib, 
murakkablashtirib 
yoki 
soddalashtirilib 
tashkillanadi. 
Ishtirokchilarning 
faoliyatiga qarab, mashg’ulot tarkibiga rolli, harakatli o’yinlar, munozarali 
bahslashuvlarni kiritish mumkin. Ayniqsa, axloqiy-ma’naviy mavzulardagi 
muammolarni hal qilishda munozaraning roli katta. Bunday sharoitda 
bahslashuvchilarning yetuklik darajalari, axloqiy qadriyatlarni anglash 
darajalari katta ahamiyatga egadir. Axloqiy-ma’naviy masalalar yuzasidan 
munozarani tashkil etuvchi shaxsga alohida talablar qo’yilishini ta’kidlash kerak. 
Chunki u bahslashuvchilarga hech qanday tazyiq ko’rsatmasligi, har bir 
shaxsning erkin fikr bayon etishiga yo’l qo’ygan holda ular fikrlarining 
tamoman zidlashib ketishiga yo’l qo’ymasligi, munozaradan kelib chiqadigan 
xulosani va qarorni guruhning o’ziga havola qilish lozimligini unutmasligi zarur. 
Bu usul maktablarda, turli bilim maskanlarida, mahalla qo’mitalari ish 
faoliyatida, turli maslahat shahobchalari, o’smir va o’spirinlar tarbiyasi borasida 
keng qo’llanishi mumkin.
 
Katta guruhlarda bahs yoki munozara uyushtirilganda, boshlovchining roli 
ayniqsa kattadir. Chunki u har bir guruhdagi tortishuvlar va fikr 
almashinuvlarning boshida turmog’i, kerak bo’lsa, ular faoliyatini maqsadga 
muvofiq tarzda yo’naltirib turmog’i lozim. Kichik guuhdagidan farqli o’laroq, 
katta guruhlarda boshlovchi u yoki bu ichki guruhga yon bosmasligi yoki ularni 


41 
o’zining shaxsiy fikriga majburan ergashtirmasligi kerak. Aks holda, u o’zining 
faoliyati bilan boshqalar tashabbusiga salbiy ta’sir ko’rsatishi va bahsning 
yo’nalishini buzib qo’yishi mumkin. Shuning uchun katta guruhlarda 
uyushtiriladigan munozaraning mavzusi oldindan tanlangan va unga 
boshlovchi ma’lum ma’noda tayyor bo’lishi shart.
Shu o’rinda, treningni uyushtirishda quyidagi keltirilgan tavsiyalarni 
nazarda tutish maqsadga muvofiq:

Har kim o’zining shaxsiy ichki siqiqligini yengish va barcha 
ishtirokchilarning ko’zlariga to’g’ridan to'g’ri qarash.

Trening davomida yaxshi qulay vaziyat yaratish.

Treningning muvaffiqiyati boshqaruvchidan katta psixik intellektual 
va tashkiliy kuch sarflashni talab qilish.

Mashg’ulotni katta, keng, yaxshi shamollatish imkoniyatiga ega 
bo’lgan xonada o’tkazish lozim va qulay roxatbaxsh etadigan ko’ngil 
ochadigan muloyim derazalarga nafis pardalar bo’lishi kerak.

Har bir ishtirokchi o’yinini tayyorgarliksiz bajarish shart.

Trening boshlashda avval o’zining chaqiruv ya'ni karton qog’ozlari 
yozish va berish kerak.
Munozaralar yuritishning yana bir shakli borki, uning nomini rus tilida 
“mozgovaya ataka”, inglizchasiga –“breynshtorming” ( brain storming) deb 
ataladi. Bizning tilimizda bu tushunchaning aniq analogik tarjimasi yo’q, lekin 
uni “miyaga hujum” yoki “fikrlar to’qnashuvi”, “fikrlar jangi” deb atash 
mumkin. Metodning psixologik mohiyati shundaki, oddiy munozarada 
bahslashuvchilar koproq ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat qiladilar. 
Bunda esa bahslashuvchilarga miyaga qanday fikr quyilib kelsa, uni tanqidsiz 
va asoslamay erkin, “tilga nima kelsa” aytish imkoniyati beriladi. Bu narsa 
ko’proq muammo ancha notanish, savol murakkab yoki noaniq bo’lgan 
sharoitlarda qo’l keladi. Ya’ni, bunda “erkin assotsiatsiyalar”ga yo’l beriladi va 
oxir oqibat guruhning ozi ma’lum ratsional “mag’zni” ajratib oladi. 
Bu usulni birinchi marta amerikalik olim A. Osborn 30-yillardayoq taklif 
etgan va yirik loyihalarni rejalashtirish va oldindan uning natijalarini bashorat 
qilishda ma’lum yutuqlarni qo’lga kiritgan edi. Lekin keyinchalik mutaxassislar 
uni faqat nostandart, o’ziga xos yechimi bo’lgan vazifalarni muhokama 
qilgandagina qo’llash mumkin, degan fikrni bildira boshladilar. Biroq to’g’ri 
tashkil etilgan breynshtormingning amaliy afzalliklari ko’p. Faqat bunda 
quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: 
1. 
Jumlalar juda qisqa bo’lishi kerak, lekin ularning asoslanishi shart emas. 


42 
2. 
Har qanday jumla yoki fikr tanqid qilinishi mumkin emas, ya’ni fikrlar 
tanqiddan holidir. 
3. 
Mantiqiy 
fikrdan 
ko’ra, 
fantastik 
yoki 
qo’qqisdan, 
tasodifan miyada paydo bo’lgan fikr muhimroq. 
4. 
Fikr yoki bildirilgan qisqa mulohaza qayd etiladi. 
5. 
Bildirilgan fikr yoki g’oyalar u yoki bu ishtirokchiniki, deb ajratilmaydi, 
ya’ni ular - muallifsizdir.
 
6. Fikr 
yoki 
yaxshi 
g’oyalarni 
tanlash 
alohida 
“tanqidchilar” yoki guruhning norasmiy liderlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Breynshtorming, ayniqsa, 50-yillarda Amerika va Frantsiya davlatlarida 
turli texnologik muammolarni hal qilishda keng qo’llanilgan va uning 
natijalari ko’plab maqola va kitoblarda umumlashtirilgan. Lekin ommaviy 
qo’llashda ayrim tortishuvlar paydo bo’ldiki, ayniqsa, yoshlar auditoriyasida uni 
ishlatishdagi 
noqulaylik 
borligi 
aniqlandi. 
Ammo 
baribir, 
yuqorida 
ta’kidlangandek, kishilarni faol ijtimoiy psixologik muloqotga tayyorlash, 
nostandart muammolarni yechish va shaxsni umuman guruhga ko’niktirish 
maqsadida undan foydalanish mumkin va bu jihatdan uning qator afzaliklari va 
tatbiqiy ahamiyati mavjud. 
Breynshtorming metodida o’qitishning faol uslubi sifati dars jarayonida ham 
foydalanish mumkin. O’qitishning Yangi omilkor usullariga bo’lgan ehtiyoj kun 
sayin ortib borayotganligi har bir pedagogdan izlanuvchanlik va yaratuvchanlikni 
talab etadi. Fikrlar jangi maydoni metodining mohiyati shaxsda o’z-o’ziga 
tanqidiy munosabat o’rniga, o’z-o’ziga ishonch va ijodkorlikni tarbiyalashdan 
iborat, chunki o’ta tanqidiylik shaxsning ijodiy fikrlashiga to’sqinlik qilib uni 
chegaralaydi. Ushbu usulda tandiqiylikni kamaytirish evaziga erkin ijodkor, 
betakror bo’lish o’ziga va o’zga g’oyalarga tanqidiy qarashni yengish , o’z 
qobiliyati va ichki imkoniyatlarini to’g’ri baholash kabi sifatlar shakllantiradi. 
Shuningdek, guruhdoshlarni qo’llab-quvvatlash, o’zaro yordamlashish kabi ijobiy 
fazilatlar singdiriladi. 

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish