Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


XIV. RUHIYATNI SOG‘LOMLAShTIRUVCHI TRENINGLAR



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/197
Sana03.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#314460
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   197
Bog'liq
psix tren

XIV. RUHIYATNI SOG‘LOMLAShTIRUVCHI TRENINGLAR 
14.1. Ruhiyatdagi muammolarga doir treninglar 
Inson  ruhiyati  shunchalar  ko‘p  qirrali  va  murakkabki,  lining  qirralarin  toiiqligicha  anglab 
yetish  yoki  tadqiq  etishga  hali  hech  bir  olim  yoki  mutaxassi  erishmagan.  Inson  mhiyatiga  tegishli 
bo‘lgan  jumboqlar  sirasiga  unda  kechadigan  bir  qancha  psixologik  muammolami  ham  kiritish 
muinkin; jumladan, stress, xavotirlanish, frustrasiya, depressiya, agressiya, egoizm va h.k. Bunday 
muammolaming  asosiy  yechim  sifatida  bugungi  kun  psixologlari  taklif  etayotgan  usullar  orasida 
eng  samarali  deb  hisoblangani  -  bu  psixologik  treninglar  bo'lib,  ular  insonlarda  yuqoridagi 
psixologik  muammolami  bartaraf  etish  uchun  zarur  bo‘lgan  ko‘nikma  va  malakalami 
shakllantirishga xizmat qiladi. 
Insonlardagi asab buzilishlarining sabablari va namoyon boiishi juda ko‘p va turli-tumandir. 
Shuning  uchun  insonlami  bevosita  nevrozga  olib  keluvchi  barcha  konfliktlar  va  ziddiyatlaming 
oldini  olishnigina  o‘rganmasdan,  balki  insonlaming  konfiliktli  vaziyatlarga  to‘g‘ri  munosabatda 
bo'lishga  o'rgatish  lozim.  Buning  uchun  esa  ulami  konfliktlaming  natijalarini  oldindan  ko‘ra 
olishga, nizoiaming inson jismoniy holatiga ta’siri kabilami ham tahlil qilishga o‘rgatish lozim. Shu 
bilan  birgalikda  ijtimoiy  hayotda  mavjud  bo‘lgan  insonlaming  salomatligini  mustahkamlash, 
ulaming ish bilan ta’minlanganligmi yaxshilash, kasb tanlashi uchun zarur bo‘lgan moddiy-ijtimoiy 
sharoitlami  yaratish,  mehnat  gigienasi  va  shaxsiy  hayotida  sogiom  turmush  tarziga  rioya  qilishga 
o'rgatish,  oila  va  jamoadagi  xulq-  atvor  me’yorlari  hamda  boshqa  masalalami  ham  e’tiborga  olish 
lozim. 
Nevrotik  reaksiyalar  natijasi  bo‘lgan  hissiy  zo‘riqishlarning  rivojlanishidan  saqlanish  - 
sog'lom  insonlar  profilaktikas-  tizimida  birinchi  o'rinda  turishi  lozim.  Bunday  munosabatlarda 


 
87
albatta  psixologik  savodxonlik  va  ziddiyatlami  yechishga  tayorgarlik  muhim  ahamiyat  kasb  etadi, 
bu nday tayyorlik ziddiyatli vaziyatlarda yuzaga keladigan hissiy kechinmalarini neytrallashtirishga 
imkon  beradi.  Bunday  vaziyatga  tez-tez  tushib  turadigan  va  muammoli  vaziyatlarda  hissiy 
kechinmalami  ycngib  o‘ta  olmaydigan  insonlar  uchun  mutaxassis  psixologiar  quyidagi 
maslahatlami tavsiya etadilar. 
Noxushliklar bilan yolg'iz qolmaslik. Har bir insonda quvonchli kunlar bo'lgani kabi noxush 
kechinmalar, ziddiyatli vaziyatlar ham bo'lishi tabiiy holdir. Bunga insonlar turlicha yondashadilar. 
Agar  kechinmalar  u  darajada  og'ir  bo'lmasa,  kayfiyatga  sezilarli  ta’sir  ko'rsatmasa,  u  holda  ulami 
mustaqil  ravishda  yengishga  o'rganish  maqsadga  muvofiqdir.  Bu  holatda  asosiy  da’vo  vaqtdir,  u 
o'tkir kechinmalami silliqlaydi. 
Biroq,  analogik  va  nisbatan  jiddiyroq  muammolar  ba’zi  kishilarda  murakkab  holatlami, 
masalan,  turg'un  depressiyalarni  ham  keltirib  chiqarishi  mumkin.  Bunday  holda  ulaming  butun 
xayoli,  fikri-zikri  ulami  jarohatlagan  kechinmalarga  qaratiladi,  o'zming  butun  diqqatini  o‘ziga 
berilgan  og'riqqa  jamlaydi.  Butun  borliq  ular  uchun  qorong’u  bo’lib  qoladi.  Bilamizki,  bunday 
holatda inson yuzaga kelgan qiyinchilikni mustaqil va ob’ektiv ravishda baholay olmaydi. Shunday 
holatda  eng  yaxshi  yo‘l  shaxsni  jarohatlagan  vaziyatni  u  o‘zi  ishongan  biror-bir  boshqa  shaxsga 
so‘zlab  berishidir.  O  ‘z  kechinmalarini  so  ‘zlash  va  boshqa  shaxsdan  olingan  rasional  maslahat 
insonda hissiy zo‘riqish zaryadkasiga olib keladi, muammoli masalaga boshqacha ko‘z bilan qarash 
imkonini  beradi.  Shuningdek,  '  nisbatan  to‘g‘ri  va  aniq  maslahatlami,  albatta,  maxsus  tayorlangan 
mutaxassis, shifokor - psixonevrolog berishi mumkin. – 
 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish