Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


XI. TRENING TURLARI VA KLASSIFIKASIYASI



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/197
Sana03.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#314460
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   197
Bog'liq
psix tren

XI. TRENING TURLARI VA KLASSIFIKASIYASI 
11.1. Trening turlariga oid nazariy yondoshuvlar 
Hozirgi kunga kelib guruhiy treninglar bo‘yicha ish olib boruvchi asosiy yo'nalishlar sirasiga 
quyidagilami kiritish mumkin:  
- Gumanistik psixologiya (K.Rodjers, A.X.Maslou, Frankl);  
- Bixeviorial yondashuv (V. Bandura);  
- Geshtalterapeya (Perlz);  
- Pozitiv terapiya (Pezeshkian), 
 - Psixodinamik yondashuv;  
- Umumiy treninglar; 
 Gumanistik yo‘naiishdagi treninglar. 
Gumanistik  psixologiya  terapevtik  dunyoqarash  nuqtai  nazardan  faoliyat  olib  boradi.  U 
insonning  ichki  potensialini  realizasiya  qilishga  yo'naltirilgandir.  Gumanistik  psixologiyada 
K.Rodjersning  «Mijozga  yo‘naltirilgan  terapeya»  va  A.X.Masluning  «O‘z-o‘zini  aktuallashtirish» 
yo'nalishlari keng tarqalgan. 
Mijozga  yo'naltirilgan  terapeya  insonning  o'sishi  va  sog'ligiga  ko‘maklashuvchi  ijobiy 


 
70
kuchlami topish va uyg'otishga  yo'naltirilgandir. Lining asosiy maqsadi -  mijoz o‘zini o‘zi qanday 
bo‘lsa  shundayligicha  qabul  qilishiga  va  atrofdagilami  ham  shundayligicha  idrok  etishiga 
ko'maklashuvchi  shaxslararo  munosabatlami  o'rnatishga  yordam  berishdan  iborat.  K.Rodjers 
nazariyasiga  ko'ra,  mijozning  o‘zi  o‘z  yo'lini  terapevtning  yordami  bilan  aniqlab  olishi  kerak; 
terapevt  rolida  boshqa  insonlar  ham  boiishi  mumkin.  Bunday  treninglarda  psixologik  xavfsizlik, 
qabul qilish va tushunish iqlimi saqlab qolinadi. 
Psixologik  treningda  mashhur  bo'lgan  quyidagi  gumanistik  yo‘nalishlami  keltirish  mumkin: 
uchrashuv  guruhi  va  senzitivlik  treningi  (K.Rodjers  1994  y.).  Bunday  doiradagi  treninglar 
jarayonida  ishtirokchilar  sheriklarining  xatti-harakat  va  xulq-atvoriga  e’tibor  beradi,  baholaydi  va 
ulami sharhlash orqali o'zini, o‘z xatti- harakatlarini ham anglay boradi. Bunday trening guruhlarida 
ishtirokchilar  kutilmagan  his-tuyg‘u!arni,  jahl,  o'ziga  ishonmaslik,  psixologik  himoya  kabilami 
namoyish  qilish  va  ko‘rsatib  berish  imkoniga  ega  bo‘ladi\ar.  Bunday  treningda  ishtirokchilarning 
erkinlik  prinsipi  talab  etiladi.  Trener  guruh  faoliyatini  boshqarish  va  tashkillashtirishdan 
vozkechadi, shu usul orqali frustrasiyani yuzaga keltiradi. 
Natijada  ishtirokchilarning  o‘zi  faollashib  mashg‘ulot  davomida  kechayotgan  barcha 
jarayonga nisbatan mas’uliyatlari oshadi. Asosiy diqqat bu yerda guruhiy jarayon  yoki shaxslararo 
ta’sir ko'nikmalarini rivojlantirish jarayoniga emas, balki, autentlikni izlashga va boshqa insonlarga 
nisbatan ochiqlikka qaratilgan bo'ladi. 
K. Rudestam guruhiy uchrashuvning quyidagi maqsad va vazifalarini sanab o'tadi:  
- ishtirokchilami shaxslararo xulq-atvorga o‘rgatish;  
- guruhiy dinamika nazariyasini amaliyotda tasdiqlash; 
 - ishtirokchilar hayotda to‘qnashadigan muammolarga qayta ishlov berish;  
- ishtirokchilarga boshqarish ko'nikmasini rivojlantirishga yordam berish;  
- olingan bilimlami guruhdan tashqarida ham qo‘llay olishga o'rgatish. 
Shuningdek, 
psixologik 
himoya 
to‘siqlarini 
kamaytirish 
va 
shaxsiy 
darajadagi 
nosamimiylikni bartaf etish hisobiga o‘z-o‘zini anglashni rivojlantirishdan ibomtdir. 
Psixodinamik  yondashuvga  trasaktanaliz,  psixodramma  va  tana  tanaterapeyasi  kiradi. 
V.Yu.Bolshakov  o‘zining  «Psixotreninglar»  deb  nomlangan  kitobida  transaktanalizni  inson  o‘zini 
va boshqalaming xulq-atvorini tahlil qilishga ratsional qarashni o'rgatuvchi, o'zini va o'zgalar shaxsi 
psixologiyasining  mohiyatini  hamda  uning  ichki  programmalashtirilgan  ssenariysini  yaxshiroq 
anglashga yordam beruvchi psixologik metod deb ta’kidlab o'tgan. 
E.Bern  o'zining  «Guruhiy  transaktanaliz»  kitobida  psixologik  ta’siming  4  xil  ko'rinishini 
ajratib ko‘rsatgan: 
 - dekontaminasiya;  
- reketektlashtirish;  
- fahmlash;  
- qayta yo'naltirish.  
• Dekontaminasiya - bu reaksiya va hissiyotlami n-to‘g‘ri tushunilishidir. 
 •  Reketektlashtirish  —  mijozda  o'z  tajribasining  har  xil  aspektlarida  dunyoqarashning 
o‘zgarishidir.  
• Fahmlash - sodir bo‘layotgan voqea-hodisalaming barchasini mijozning anglashiga yordam 
berish tushuniladi. 
 • Qayta  yo'naltirish - mijozning oldingi xatti-harakatlari, reaksiya va maqsadlari konstruktiv 
yo'nalishga o'zgarishini taqozo qiladi. 
Bunday  4  xil  ta’sir  ko‘rinishlari  orqali  hayot  ssenariysiga  o‘zgartirish  kidtish  treneming 
murakkab  ish  natijasidagina  amalga  oshadi.  Mashg'ulot  davomida  ishtirokchilarda  insaytga  ya’ni, 
haqiqiy xulq-atvor va harakatlarning asl motivlari aniqlanishi, ko'z ochilish daqiqasiga erishiladi.  
Insayt jarayonining yuzaga kelishini psixodinamik yondashuvning yana bir yo'nalishi bo'lgan 
psixodrammada  ko'rish  mumkin.  Psixodrammaning  asoschisi  Yakob  Levi  Moreno  hisoblanadi. 
Psixodramaning asosiy g‘oyasi - mijoz uchun og'riqli va muammo—i vaziyatlami sahnalashtirilgan 
tomosha  sifatida 
о
  tkazishdan  iborat.  Hozirgi  kunda  psixodramaning  yengilroq  ko‘rinishi  sifatida 
«Rolli 
о
  yinlar»  ham  juda  mashhur  bo‘lib  qoldi  (Arnold  1989  y.).  Bunda  ishtirokchilar 


 
71
tugallanmagan ssenariylarda emas, balki psixologik rollatda kichik epizodlami o'ynaydilar va o‘zini 
tekshirib  ko'radilar.  Bu  usul  ijtimoiylashuvni  chuqurlashtirishga  va  mukammallashtirishga 
qaratilgan  bo  lib,  ishtirokchilaming  qadriyatlari  va  etnik  hissiyotlarini  korreksiya  qilishga 
mo‘ljallangandir. 
Bixeverial yondashuv metodining mohiyati shundan iboratki, inson 
о
 z tajribasini o‘zgalardan 
o‘rganish  vositasida  egallaydi.  Noadekvat  xulqni  tuzatish  uchun  noeffektiv  reaksiyadan  voz 
kechtirish zarur va adaptivroq (ijobiy) reaksiyaga o'rgatishdan iborat. Treningni tipik metodikasi bu 
-  xulqni  repetitsiyalashdir.  Ish-  irokchilarga  xulqning  muvaffaqiyatli  modeli  ko'rsatiladi,  ular  o'z 
navbatida  uni  o'zlashtirishlari  kerak  boiadi.  Ishtirokchilaming  (omadli)  muvaffaqiyatli  xarakatlari 
guruhning  ijobiy  munosabati  bilan  qo'llab-quwatlanadi  va  omadsiz  harakat  esa  salbiy  qo'llab-
quwatlanadi. 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish