Psixologik maslahatning nazariy asoslari va uning bosqichlari


Shaxsiy va kasbiy munosabatlarni farqlash



Download 79,29 Kb.
bet8/9
Sana01.03.2023
Hajmi79,29 Kb.
#915458
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Курс иши ПСИХОЛОГИЯ

5. Shaxsiy va kasbiy munosabatlarni farqlash: Maslahatchi va mijoz o‘rtasida yaqin shaxsiy munosabatlarni o‘rnatishdan saqlaning, chunki aks holda, yaqin odamlar sifatida, ular bir-birlarining ehtiyojlari va istaklarini qondira boshlaydilar va maslahatchi endi mijozning muammolarini hal qilish uchun zarur bo‘lgan ob’yektiv va ajralib turadigan pozitsiyani saqlay olmaydi. Agar shunga o‘xshash narsa yuz bersa, iloji boricha ehtiyot bo‘ling, mijozning manfaatlari yo‘lida harakat qilishga va maslahat berish jarayonini imkon qadar tezroq to‘xtatishga harakat qiling.


II BOB

PSIXOLOGIK MASLAHAT TURLARI VA TEXNIKASI

2.1.

Psixologik maslahat turlari

2.2.

Psixologik maslahat texnikasi



V BO B. P S IX O LO G IK MASALAHATNI 0 ‘TKAZISH
VA U N IN G BOSQICHLARI
Psixologik maslahatga qanday tayyorlanish kerak. Psixologik
maslahatga tayyorlanish qator umumiy va xususiy masalalarni hal
etishni talab etadi. Shu bilan bir qatorda umumiy masalalar umumiy
maslahatchilarga taalluqli bo‘ladi, xususiy masalalar esa mijozlarni
qabul qiiish va psixologik maslahatga taalluqli bo‘ladi. Psixologik
maslahatga tayyorgarlik umumiy masalalariga asosan quyidagilar
kiritiladi:
1. Xona va uskunalarni, maslahat o‘tkazish joyini tanlash.
Xonalarni jihozlashga - uni mijoz va maslahatchi uchun qulay
bo‘lgan kursi va stullar, iloji boricha aylanadigan kursilar, jurnal
stollari bilan ta’minlash kiradi. Maslahatlar, ya’ni psixologmaslahatchi
mijozni kolp o ‘rganish zarur bo‘lganida hamda
mijozning xulqini verbal diqqat bilan kuzatish muhim bolganida
kursilar o ‘rniga stullardan foydalaniladi. Maslahat o‘tkazish vaqti
ko‘p bo‘lganida va maslahat paytida psixolog-maslahatchi hamda
mijoz o ‘rtasida qulay, norasmiy sharoit yaratish kerak bo‘lganida
kursidan foydalanish ma’qul hisoblanadi. Mebellardan tashqari
psixologik maslahatda biror-bir yozib olingan lavhalarni ko‘rish
yoki eshitish zarur bo‘lib qoladigan holatlar uchun audio-video
texnikalarga ega bo‘lish ma’qul hisoblanadi.
2. Maslahatlarni qayd etib borish uchun maslahatchi qog‘oz,
nusxa olish texnikasi, kompyuter va boshqa zarur uskunalar bilan
ta’minlangan bolishi kerak. Bundan tashqari psixologik maslahatda
mijozni psixologik testlardan o ‘tkazish natijalarini son jihatidan
ishlab chiqishda zarur bo'lishi mumkin bo‘Igan kalkulyatorga ega
boMish maqsadga muvofiq.
3. Maslahat o‘tkazish joyini kerakli hujjatlar bilan va ularni
saqlash vositalari, jumladan qayd etish jumallari kartotekasi va
seyf bilan jihozlash.
4. Maslahatxonasi min imum mutaxassisliklar b o ‘yicha
adabiyotlar, shujumladan, psixologik adabiyotlar bilan ta’minlangan
boMishi kerak. Bu adabiyotlar birinchidan, psixolog-maslahatchi
bevosita birinchi manbalardan o ‘zi va mijozga zarur bolgan
ma’lumotlarni o‘z vaqtida olishi uchun kerak boladi. Ikkinchidan,
mustaqil bilim olish uchun mijozlarga taqdim etishda zarurbo‘ladi.
Bundan tashqari, shu yerning o 'z id a psixologik maslahatda
qo‘shimcha haq uchun psixologik maslahatning tavsiyalari bo‘yicha
doimiy foydalanish uchun psixologik amaliyot bo‘yicha ommaviy
nashrlarni sotib olish tavsiya etiladi. Maslahat o‘tkazilishi kerak
bo‘Igan xona mijoz unda o‘zini qulay his etadigan qilib jihozlanadi.
Psixologik maslahat xonasi ishxona va uy sharoitlariga o‘xshash
bolgani ma’qul boladi. Psixologik maslahatlarni tayyorlash maxsus
masalalariga quyidagiiar kiradi:
• qayd etilgan jurnal va kartotekada mavjud bolgan mijoz
to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan psixolog-maslahatchining dastlabki
tanishib chiqishi. Har bir mijozga shaxsiy varaqani o d a tda,
psixologik maslahatga murojaat etishda va aniq bir maslahatchiga
qabulga kelganida toldiriladi. Psixolog-maslahatchi mijozning
individual varaqasiga ma’lumotlarni yozib boradi. U mijozdan
olingan barcha ma ’lumotlar sir saqlanishiga javobgar shaxs
hisoblanadi;
* psixologik maslahat davomida kerak bolishi mumkin b o ‘!gan
material va uskunalarni tayyorlash;
* har xil kerak bolib qolishi mumkin bolgan manbalardan
mijoz to‘g‘risida maslahatlar yoki qo‘shimcha ma’lumotlar olish;
• mijozning individual xususiyatlarini va uni tashvishiantiradigan
muammoni hisobga olib maslahat o'tkazish rejasini tuzish.
Psixologik maslahat qanday o ‘tkaziladi?
Maslahatlar psixolog-maslahatchining mijoz bilan shaxsan
uchrashuvidan boshlanadi. Maslahatchi yoki uning yordamchisi
mijozni maslahat o ‘tkaziladigan xonaga kirishda, turib kutib olinishi
tavsiya etiladi. Kutib oluvchi birinchi boMib mijozga o ‘zini
tanishtirishi, agarda zarur boisa uni kuzatib olib kirishi va maslahat
paytida o ‘tirishi kerak bolgan joyga o ‘tqazishi kerak. Mijoz bilan
gaplashish, psixologik maslahat so‘rab kelgan muammosi bo‘yicha
gap boshlashdan avval, mijozning yonida biroz sukut saqlab turish
kerak. Chunki bu vaqt davomida mijoz biroz tinchlanishi, b o la jak
suhbatga tayyor boMishi kerak. Mijoz tinchlanganidan va
maslahatchini tinglashga psixologik tayyor boMganidan keyin
mijozning muammosi haqida suhbatni boshlash mumkin. Mijoz
bilan suhbatni, u bilan inson sifatida tanishish bilan, maslahatlar
uchun muhim, lekin mijoz kartotekasida qayd etilmagan
ma ’lumotlardan boshlash kerak. Agar zarurat tug‘ilib qolsa,
maslahatchi o ‘zi haqida biroz so‘zlab berishi ham mumkin.
Umumiy tanishish yakunlanganidan keyin maslahatchi mijozga
uni nimalar tashvishlantirayotganligi to‘g‘risida gapirib berishni
taklif etadi va diqqat hamda chidam bilan uninggaplarini tinglaydi.
Vaqti-vaqti bilan maslahatchi mijozga savol berishi, o‘ziga kerakli
narsani aniqlab olishi mumkin, lekin mijozning fikrini iloji boricha
bo‘lmaslik kerak. Chunki u o‘z dardini to‘liq aytib berishi kerak.
Psixolog-maslahatchining savollari albatta, mijozga yomon
ta ’sir qilmasligi, ya’ni uning xayolini, fikrini buzmasligi, jahlini
chiqarmasligi, keskin vaziyatga olib kelmasligi, hattoki suhbatni
to ‘xtatish istagi paydo boMmasligini kuzatib borishi yoki boshqa
mavzuda gaplashishi kerak boMadi. Mijozni tinglayotgan
maslahatchi ismlar, kun, hodisa, faktlarni eslab qolishi kerak. Bu
mijozning shaxsini tushunib olish, uning muammosini hal etish
uchun to‘g‘ri yoMni tanlash, samarali xulosalar va tavsiyalar ishlab
chiqishga yordam beradi. Eng yaxshi usul, bu mijozdan olinayotgan
ma’lumotlarni yozib bormasdan eslab qolish hisoblanadi. Biroq
maslahatchida eslab qolish xususiyati sust boMsa, mijozdan ruxsat
so‘rab eshitgan gaplarini yozib borishi mumkin. Mijoz chin
ko‘ngildan gaplarini aytib boMgandan keyin psixolog-maslahatchida
mijozning muammosi mazmuni to‘g‘risida ma’lum tushuncha
yuzaga kelishi kerak hamda muammoning mumkin boMgan
sabablari va uni hal qilish usullari to‘gkrisida tasavvur paydo boMishi
kerak. Maslahatchi fikrini jamlab olishi, mijoz esa maslahatchini
diqqat bilan tinglashga tayyor boMishi uchun zarur boMgan kichik
bir tanaffusdan so‘ng, barchasini psixolog-maslahatchi unga
tushuntirib aytishi kerak. Keyin suhbatni psixolog-maslahatchi
davom ettiradi. Mijoz endi maslahatchini tinglashi va agar xohlasa
o ‘zini qiziqtiruvchi savollar berishi, o‘zininggaplariga qo‘shimchalar
kiritishi mumkin. Bundan tashqari maslahatningbu qismida mijoz
psixolog-maslahatchidan eshitgan gaplar to ‘g ‘risida o ‘z fikrini
aytishi rnumkin. Ba’zida mijoz o‘zi va o ‘z muammosi to‘g‘risida
aytib berganlari psixolog-maslahatchi uchun yetarli bolmasligi
rnumkin. Mijozning muammosi mohiyati va yechimiga nisbatan
to cg‘ri xulosa chiqarish va asosli tavsiyalarni ifoda etish uchun
psixolog-maslahatchiga qo‘shimcha ma’lumotlar kerak boMadi.
Bunday hollarda o ‘z fikr va xulosalarini ifoda etishdan avval
psixolog-maslahatchi mijoz bilan yoki mijozda yuzaga kelgan
muammoga aloqasi bo‘lgan boshqa, ya’ni maslahat uchun foydali
ma ’lumot bera oladigan shaxslar bilan q o ‘shimcha suhbatlar
o‘tkazadi. Maslahatchi mijozning muammosi to ‘g‘risida boshqa
shaxslar bilan suhbatlashmoqchi ekanligi to‘g.risida oldindan unga
aytishi va undan ruxsat so‘rashi kerak. Ba’zida mijozning muammosi
bo‘yicha qaror qabul qilishi uchun psixolog-maslahatchiga qator
psixologik testlar yordamida mijozni qo\shimcha o ‘rganishi kerak
bo‘ladi. Bunday holatda u mijozga psixologik test nimalardan iborat
bo‘lishi, qancha vaqt kerak bolishi, qanday o ctkazilishi va qanday
natijalar berishi mumkinligini tushuntirib, shunday tekshirish
o ‘tkazish zarurligini aytish kerak. Psixologik tekshirish natijalari
qayerda va kim tomonidan yoki qanday foydalanishi mumkinligi
to ‘g‘risida oldindan aytish ham muhim hisoblanadi. Agarda mijoz
psixologik testlar o‘tkazishga rozilik bermasa, psixolog-maslahatchi
uni majburlashi kerak emas. Shu bilan birga agarda, haqiqatan
ham shunday bolsa, u mijozga psixologik testlardan voz kechishi,
muammoni tushunib yetishi va uni hal etish to ‘g ‘ri yo‘lni topishni
qiyinlashtirishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirib q o ‘yishi kerak.
Psixologik maslahatning asosiy bosqichlari
Psixologik maslahat butun jarayoni boshidan-oxirigacha
maslahatlar asosiy bosqichlari ketma-ketligidan iborat boMishi
mumkin. Maslahatlar davomida ulardan har biri o‘ziga zarur,
alohida bir masalani hal qiladj va o‘ziga xos xususiyatga ega.
Psixologik maslahat o ‘tkazishning asosiy bosqichlari
quyidagilardan iborat:
l.Tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichda psixolog-maslahatchi
qayd etish jurnalidagi dastlabki yozuvlar hamda uchinchi
shaxslardan, masalan, maslahat o‘tkazishga buyurtma qabul qilgan
psixologik maslahat xodimidan mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan
tanishib chiqadi. Ishning bu bosqichida psixolog-maslahatchi
bundan tashqari ushbu bobning awalgi bo‘limida aytib o‘tilgan
barcha ishlarni bajarib, okzi ham psixologik maslahat o‘tkazishga
tayyorlanadi.
2. Yo‘naltirish bosqichi. Bu bosqichda psixolog-maslahatchi
mijoz bilan tanishadi va birgalikda ishlarga tayyorlanadi. Mijoz
ham o ‘zi tomonidan shunday qiladi. Agarda maslahat o‘tkazish
uchun boshqa barcha tayyorgarliklar amalga oshirilgan bolsa, bu
bosqich o ‘rtacha 5—7 daqiqa vaqt talab etadi.
3. Diagnostik bosqich. Ushbu bosqichda psixolog-maslahatchi
mijozning muammolarini tinglaydi va uni tahlil qilish asosida
mijozning muammosini tushunib, aniqlab oladi. Ushbu bosqichning
asosiy mazmuni mijozning o‘zi va o ‘z muammosi to‘g‘risidagi
ma’lumotlari hamda mijozning muammosini aniqlash va uni hal
etishning to ‘g‘ri yo‘lini topish uchun mijozni psixodiagnostik
tekshiruvdan o ‘tkazishdan iborat bo‘ladi. Psixologik maslahat
o‘tkazish uchun aniq vaqtni belgilash ancha qiyin, chunki vaqtni
belgilashda ko‘p narsa mijozning muammosi va uning individual
xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Aslida bu vaqt psixologik testlar
o‘tkazishdan tashqari, kamida bir soatni tashkil etadi. Ba’zida
psixologik maslahatning bu bosqichi 4 soatdan 6 -8 soatgacha vaqt
talab etishi mumkin boMadi.
4. Tavsiyalar berish bosqichi. Psixolog-maslahatchi awalgi
bosqichlarda mijoz va uning muammosi to kg‘risida yetarli
ma ’Iumotlar to ‘plab, ushbu bosqichda u bilan birgalikda
muammosini hal etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi.
Bu yerda tavsiyalar aniqlashtiriladi, oydinlashtiriladi, hartaraflama
puxta ishlab chiqiladi. Psixologik maslahatning bu bosqichini
0‘tkazishga sarflanadigan o‘rtacha vaqt odatda, 40 daqiqadan bir
soatgacha bo ‘ladi.
5. Nazorat bosqichi. Ushbu bosqichda psixolog-maslahatchi va
mijoz bir-biri bilan olgan tavsiyalar va amaliy maslahatlarning
qanday amalga oshirilishi, qanday nazorat qilib borilishi va
baholanishi to‘g‘risida kelishib oladilar. Shu yerning o ‘zida ishlab
chiqilgan tavsiyalarning bajarilishi davomida yuzaga kelishi mumkin
boMgan qo‘shimcha masalalarni psixolog-maslahatchi va mijoz,
keyinchalik qayerda va q a n d a y qilib muhokama qilishlari
to‘g‘risidagi masala ham hal qilinadi. Ushbu bosqich oxirida, agarda
zarurat yuzaga kelsa, psixolog-maslahatchi va mijoz bir-birlari bilan
keyingi gai qachon uchrashishlari to‘g‘risida kelishib olishlari
mumkin. Psixolog-maslahatchining ushbu yakunlovchi bosqichi
2 0-30 daqiqa davom etadi.
Agarda yuqorida aytilgan barcha fikrlarni xulosa qilib aytmoqchi
bo‘lsak, psixologik maslahatning beshta bosqichini ham o ‘tkazish
uchun (psixologik testiar uchun vaqtni hisobga olmaganda) ikki
soatdan 10- 12 soatgacha vaqt kerak bolishini aniqlash mumkin.

Download 79,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish