5-amaliy mashg‘ulot.
Matnni o'rganishda psixolingvistik yondashish (she’riy asarlar asosida)
Hozirgi kunda psixolingvistik tahlil, matnning o’quvchiga va tinglovchiga ruhiy ta’siri borasida ko’p izlanishlar ketmoqda, ko‘p tilshunoslar til faktlarini to‘liq tushunish uchun lingvistika ramkasidan chiqib, individning psixik jarayonlari doirasiga kirish lozimligini ta’kidlamoqdalar.
Berilgan matnlarni talabalar quyidagi jihatlardan tahlil qilishlari kerak:
Sintaktik tahlil (tema va rema munosabati)
Statistik tahlil (turkumlar, hissiy-bo’yoqdor so’zlar salmog’i)
Assotsiativ tahlil
Onamga xat
Muhammad Yusuf
Men sizni oʻylayman shomu saharda,
Ona, sogʻinsam ham bora olmayman,
Tunlari charogʻon shunday shaharda
Hech kimga koʻnglimni yora olmayman.
Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
Oʻz doʻstim uyiga koʻmildi sevgim,
Kun boʻlib koʻksimni kuydirdi nafrat.
Boshimdan oʻtgani koʻkka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men – zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman…
Mana, men ketyapman tosh yoʻlda koʻzim,
Qadamim moshinlar yoʻrgʻasiga mos.
Yigʻlasam yupatib oʻzimni oʻzim,
Pishqirib qoʻyaman toychoqlarga xos.
Va sizni oʻylayman shomu saharda,
Ona, sogʻinsam ham bora olmasman.
Tunlari charogʻon shunday shaharda
Hech kimga koʻnglimni yora olmasman…
Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib,
Baxtimga hamisha Siz sogʻ boʻling deb,
Sogʻingan oʻgʻlingiz – Muhammad Yusuf.
Mirtemir
SEN ONA…
Alisherga alla aytib uxlatgan
Sen — ona.
Og’ushida Bobur kamolga yetgan
Sen — ona.
Torobiyni og’ir jangga jo’natgan
Sen — ona.
Olamni nurida munavvar etgan
Sen — ona.
Yig’lasa, dunyoni raso titratgan
Sen — ona.
Kulgisi saodat parvarish etgan
Sen — ona.
Daholar beshigin bedor tebratgan
Sen — ona.
Mehri bahorida elni yashnatgan
Sen — ona.
Yagona o’g’lingni jo’natding jangga,
Bo’l bardam, ona!
Onaday oshiq yo’q ona Vatanga,
Muhtaram ona…
SHUHRAT
O, ONA…
Zulfiyaga
Ko’z ochib olamga kelgandan beri
Nelarni ko’rmadi bu boshim mening.
Ozmi-ko’p tanidim hayotning sirin,
Qirqqa ham yetibdi bu yoshim mening.
Yildan-yil orttirdim talay do’stu yor,
Hurmatlab dedilar, «do’stim», «o’rtog’im»,
Ulg’aydim: ko’ksimga bosh qo’yib dildor,
U dedi: «Baxtimsan, suyangan tog’im!..»
O, ona, hech biri emasdur shirin
«Bolam!» deb bir og’iz aytgan so’zingdan!
O, ona mehringda quyosh yashirin,
Ne ajab gul unsa har bir izingda!
Nazorat uchun savollar
Psixolingvistika – nutqiy faoliyat haqidagi fan
Psixolingvistikaning tushunchaviy-terminologik apparati
Psixolingvistikaning shakllanishi va rivojlanish tarixi
Psixolingvistikaning mustaqil fan sifatida shakllanishi.
Amerika psixolingvistik maktabi
Bixeviorizm, neobixeviorizm
Transformatsion-generativ grammatika maktablari
Tranformatsion model
Nutq ontogenezi
Bolalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlari.
Nutqiy faoliyat va uning turlari
Nutqiy faoliyatning predmetlik (psixologik) mohiyati.
Nutq yaratilishi
Ichki nutq.
Nutq idroki (matnni tushunish)
Matnni psixolingvistik yondashuv asosida o‘rganish
Matn – kommunikatsiya akti
Psixolingvistik tadqiqot metodlari
Assotsiativ ekperiment va uning turlari.
Gap va matnning eksperimental tadqiqi.
Psixolingvistikadagi transformatsion yo‘nalish tadqiqotlari
Patopsixolingvistika
Afaziya va uning turlari.
Alaliya va uning ko‘rinishlari.
Nutqning fiziologik markazlari.
Etnopsixolingvistika
Noverbal nutqning milliy-madaniy xususiyatlari.
Bilingvizm va uning turlari.
Madaniyatlararo muloqot.
Badiiy matnning psixolingvistik tahlili
Psixolingvistika konsepsiyalari, ta’limotlari, masalalari va metodlari
Psixolingvistika masalalari va metodlari
Psixolingvistikaning boshqa fanlar bilan munosabati
Psixolingvistikaning tushunchaviy-terminologik apparati
Psixolingvistikaga oid terminlar bilan ishlash
Psixolingvistikaga oid terminlar qisqacha lug’atini tuzish yo’llari
Psixolingvistikaga oid xorijiy ilmiy tadqiqotlar tahlili
Psixolingvistikaga oid mahalliy ilmiy tadqiqotlar tahlili
Psixolingvistikada assotsiativ qarashlar.
Psixolingvistikada tranformatsion oqimlar
Psixolingvistikada madaniy-tarixiy oqimning yuzaga chiqishi (L.Vigotskiy)
Tilni o‘zlashtirish (nutq ontogenezi) haqidagi qarashlar
Nutqiy faoliyat mexanizmi
Nutq yaratilishi modellari
Nutqiy faoliyat tuzilishi
Bola nutqining shakllanish bosqichlari
Bola nutqining shakllanishiga bog’liq pedagogikaga oid ilmiy tadqiqotlar tahlili
Muallif – matn – retsipiyent uchligi
Ijtimoiy tarmoqlardagi matnlar psixolingvistik tahlili
Matn ifodasida aniqlik, mantiqiylik.
Assotsiativ metod
Afaziya va uning turlari
Til va madaniyat belgilarining psixikada aks etishi
Insonning lisoniy qobiliyati va uning o'rganilishi.
Ruhiy holatning matnni tushunishga ta’siri.
Matnning kognitiv xaritasi.
Psixolingvistikaning zamonaviy yo'nalishlari.
Faoliyatning psixologik nazariyasi.
Psixolingvistikaga oid terminlarni yig’ish va tahlil qilish
Matnni o'rganishda psixolingvistik yondashish (she’riy asarlar asosida)
Nutqiy faoliyat.
Insonning lisoniy qobiliyati va uning o'rganilishi.
“Mental leksikon” tushunchasi.
Bolalar nutqi tahlili (bolalar she’rlari asosida)
Nutqiy faoliyat mexanizmlari.
Kommunikativ va kognitiv bilish.(badiiy asarlar asosida)
Ruhiy holatning matnni tushunishga ta’siri. (badiiy asarlar asosida)
Matnning kognitiv xaritasi. (badiiy asarlar asosida)
Psixolingvistikaga oid terminlar qisqacha lug’atini nashr etish
Do'stlaringiz bilan baham: |