2-amaliy mashg‘ulot.
Psixolingvistika masalalari va metodlari
Hozirgi kunda ko‘p tilshunoslar til faktlarini to‘liq tushunish uchun lingvistika ramkasidan chiqib, individning psixik jarayonlari doirasiga kirish lozimligini tan olishadi. Binobarin, til materiali kishi miyasida tashkil topadi va kerak paytda chiqariladi. Bunday psixik jarayonlar psixolingvistikaning predmeti hisoblanadi. Psixolingvistika tilni psixikaning fenomeni sifatida o‘rganadi. Psixolingvistika qarashicha, so‘zlovchi va tinglovchi, yozuvchi va o‘quvchining ichki dunyosi qanday bo‘lsa, til ham shu darajada mavjud. Shu bois, psixolingvistika faqat matnlargina saqlanib qolgan, bu matn yaratuvchilarining psixik olamlari bo‘lmagan o‘lik tillar (masalan, eski slavyan yoki yunon tillari)ni o‘rganish bilan shug‘ullanmaydi. Psixolingvistika tilni o‘rgangani uchun tilshunoslik fanlariga, tilni alohida aspektda, xususan, psixikaning fenomeni sifatida o‘rgangani uchun esa psixologiya fanlariga aloqador bo‘lgan kompleks fan hisoblanadi.
Tarqatma materiallar
TEST TOPSHIRIQLARI
1. Nutq psixologiyasi nimani o‘rganadi?
nutq ko‘rinishlarini
nutqiy faoliyatni
nutq apparati tuzilishi, nutqni talaffuz qilish mexanizmlarini
nutq tovushlarini
2. «Psixolingvistika o‘z taraqqiyotining zamonaviy bosqichida organik jihatdan psixologik fanlar tizimiga kiradi» degan fikr kimga tegishli?
A. Leontev
V.Belyanin
A.Luriya
T.Ryabova
3. Fanlarning kesishuvi va integratsiyasiga qaysi fan misol bo‘la oladi?
psixologiya
lingvistika
psixolingvistika
antropologiya
4. “Til – madaniyatning qismi” degan fikr kimga tegishli?
F.de Sossur
V.fon Gumboldt
A.Shaxmatov
L.V. Saxarniy
5. Fransuz psixologi Jan Piaje psixolingvistikaning qanday masalasi bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan?
avtokommunikatsiya
nutq patologiyasi
sun’iy tizimlarda kommunikatsiya
bolalar nutqi
6. “Egosentrik ”nutq g‘oyasi kimga tegishli?
K.Chukovskiyga
L.Vigotskiyga
J. Piajega
I.Pavlovga
7. Vigotskiy fikricha nutqiy faoliyat jarayonida belgilar nechta?
5 ta
3 ta
2 ta
4 ta
8. Mulohaza asosida xatti-harakatni boshqarishga nima deyiladi?
onglilik
ixtiyorsizlik
ixtiyoriylik
mo‘ljallik
9. Qulay biror xatti-harakatni tanlashga nima deyiladi?
ongsizlik
mo‘ljallik
ixtiyoriylik
onglilik
10. Vaziyat mo‘ljali asosida subyektning u yoki bu nutqiy xatti-harakatni bajarish-bajarmaslikdagi erkinligi nima deyiladi?
ongsizlik
mo‘ljallik
onglilik
ixtiyoriylik
11. Psixolingvistikada onglilik sathini kim farqlaydi?
A.Reformatskiy
O.Vinogradov
I.Pavlov
A.Leontev
12. Psixolingvistikada Leontev bo‘yicha onglilik necha sathdan iborat?
5 ta
3 ta
4 ta
2 ta
13. Salbiy lisoniy materialni o‘rganish haqidagi teziz kimga tegishli?
L.Shcherba
Y.Polivanov
R.Rask
F.Sossur
14. “Ikkidan beshgacha” formulasining muallifi kim?
K.Chukovskiy
L.Vigotskiy
Jan Piaje
I.Pavlov
15. Fiziologik faollik nazariyasi qaysi olimga tegishli?
N.Bernshteyn
P.Zinchinko
A.Leontev
A.Luriya
16. “Tafakkur va nutq” kimning asari?
F.de Sossur
Ch.Osgud
A. Leontev
L. Vigotskiy
17. Psixolingvistikada "mexanizm" termini qaysi ma’noda ishlatiladi?
struktura va jarayonning o‘zaro munosabati
biron narsani nimadir vositasida harakatga keltirish
struktur xarakteristika
faoliyatni amalga oshirishning ijtimoiy sharoitlari
18. «Nutq mexanizmlari» asarining muallifi kim?
I.A. Zimnaya
S.L. Rubinshteyn
N.I.Jinkin
B.F. Lomov
19. N.I. Jinkin qaysi mexanizm turiga e’tibor qaratgan?
fiziologik mexanizm
nutq mexanizmi
funksional mexanizmlar
miya mexanizmi
20. UPK nima?
universal pryedmyet kommunikatsiya
universal psixologik kod
universal psixologik kommunikatsiya
universal predmet kod
Do'stlaringiz bilan baham: |