Shuning uchun bolaning tug‘ilgunga qadar bo‘lgan taraqqiyotiga ham diqqat-e’tibor bilan qarash lozim, chunki tug‘ilgunga qadar ham bolaga tashqi muhit ta’sir qiladi. Lekin bu ta’sir faqat ona orqali, onaning organizmi orqali bo‘ladi. Homiladorlik davrining har jihatdan normal o‘tishi bolaning ona qomidagi normal taraqqiyoti va har jihatdan to ‘kis boiishini ta’minlaydi. Bolaning tug‘ilgandan keyin bir yoshgacha davri nisbatan kam harakat va “nutqsiz” taraqqiyot davridir. Bu davrda bolaning o ‘sishiva taraqqiyoti tor — oila va yasli doirasida kechadi. Ammo shunday boisa ham bu davr har jihatdan juda tez rivojlanish davridir. Bu davrda bola deyarli faqat ona suti bilangina ovqatlanadi, u hali gapira olmaydi va mustaqil harakat qila olmaydi. Bu davrda bola ojiz boiib, kattalaming doimiy va to‘g‘ri parvarish qiUshlariga muhtoj boiadi. Bolaning tug‘ilgandan keyin bir yoshgacha davri nisbatan kam harakat va “nutqsiz” taraqqiyot davridir. Bu davrda bolaning o ‘sishiva taraqqiyoti tor — oila va yasli doirasida kechadi. Ammo shunday boisa ham bu davr har jihatdan juda tez rivojlanish davridir. Bu davrda bola deyarli faqat ona suti bilangina ovqatlanadi, u hali gapira olmaydi va mustaqil harakat qila olmaydi. Bu davrda bola ojiz boiib, kattalaming doimiy va to‘g‘ri parvarish qiUshlariga muhtoj boiadi. - Yangi tug‘ilgan va bir yoshgacha boigan bolalaming tashqi qiyofalari katta odamlaming tashqi qiyofalaridan ancha farq qiladi. Yangi tugilgan bolaning boshi gavdasiga nisbatari juda ham katta (gavdasining to‘rtdan bir qismiga barobar), bo‘yin deyarli yo‘q darajada qisqa, gavdasi uzun, oyoq-qo‘llari gavdasiga nisbatan qisqa boiadi. Katta yoshli odamning boshi gavdasining sakkizdan bir qismiga to ‘g‘ri keladi.
- Bolaning ona qornida o‘sish davri onaning organizmiga uzviy bog‘liq holda kechadi. Chaqaloqning barcha hayotiy funksiyalari –ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish, havo haroratining o‘zgarishiga va atmosferadagi moddalar almashinuviga moslashish va hokazolar onaning organizmi orqali amalga oshadi.
- Chaqaloqning tug‘ilishi sifat o‘zgarish daqiqasi, ijtimoiy rivojlanishning yangi ko‘rinishi boshlanadigan nuqta ekanligi bilan muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun tug‘ilish tabiatning chaqaloq organizmiga kuchli, larzaga keltiruvchi mo‘jizasidir. Bunda ona qornidagi barqaror muhitda yashagan jonzot favqulodda yangi sharoitga, son-sanoqsiz xossa va xususiyatlarga ega bo‘lgan quzg‘ovchilar doirasiga tushadi.
- Avval chaqaloq organizmining ona organizmidan ajralishi sodir bo‘lib, ijtimoiy-tabiiy sharoitlarga moslashuvi boshlanadi. Uning murg‘ak organizmida tub o‘zgarishlar ro‘y beradi, unda yangi sharoitlarga ko‘nikish davri kurashlar ostida o‘tadi. Chaqaloq organizmi miqdor va sifat o‘zgarishlariga, tashqi olamning qarshiligiga, ta’siriga, tazyiqiga duch keladi; fazo, vaqt va harakat muammolari mutlaqo boshqacha tarzda uning bosh miya katta yarim sharlari po‘stida aks eta boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |