Tergov harakatlarining ikkinchi elementi bu ularning protsedurasi, ya‘ni tergovga
tegishlilik va tergov harakatini o‗tkazishning usullari hisoblanadi. Tergov
harakatini o‗tkazish bir necha bosqichlardan iborat:
Birinchi bosqich
– tayyorlov bosqichi. Bunda tergov harakatini o‗tkazish
to‗g‗risida qaror qabul qilinadi va rasmiylashtiriladi, tergov harakati o‗tkazishni
ta‘minlash bo‗yicha choralar ko‗riladi.
Ikkinchi bosqich
protsess ishtirokchilarini tasdiqlash, ularning huquq va
majburiyatlari, tergov harakati vazifalari va o‗tkazish tartibini tushuntirish bilan
bog‗liq. SHaxsni tasdiqlash faqat hujjat bo‗yicha emas, tanib olish yo‗li bilan
amalga oshirilishi mumkin (agar tergovchi bilan protsessning ushbu ishtirokchisi
oldindan tanish bo‗lsa, boshqacha usulda tanib olish uchun ko‗rsatish qo‗llanilishi
mumkin). Muayyan tergov harakati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
tushuntiriladi. Guvoh, jabrlanuvchi va mutaxassis (agar ko‗rsatuv berayotgan
bo‗lsa) ko‗rsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolg‗on ko‗rsatuv
berganlik to‗g‗risida ogohlantiriladi. Ekspert va tarjimon bila turib yolg‗on xulosa
va bila turib noto‗g‗ri tarjima qilganligi uchun ogohlantiriladi.
Uchinchi bosqich
ni bilish usullari va tadbirlari tashkil etadi.
To‘rtinchi bosqich
da esa tergov harakati va natijalari qayd qilinadi.
Barcha tergov harakatlari uchun Jinoyat-protsessual qonunchilik ularni
o‗tkazishning quyidagi qoidalarini belgilagan:
ularni o‗tkazish chog‗ida fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari
va qonuniy manfaatlarini muxofaza qilish va qo‗riqlash choralarini
ko‗rish (JPK, 18-modda va 88 – modda, 1-qism);
shaxslarning hayoti va sog‗lig‗i uchun xavfli bo‗lgan yoki ularning
sha‘ni va qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakatlar sodir
etmaslik
(JPK, 88 – modda, 2 – qism, 1-band);
zo‗rlik, po‗pisa qilish, aldash va qonunga xilof boshqa yo‗llar bilan
ko‗rsatuv, tushuntirish, xulosalar olishga, eksperimental harakatlarni
bajarishga, hujjatlar yoki buyumlar tayyorlanishiga va berilishiga
erishishga yo‗l qo‗yilmasligi (JPKning 88 – modda, 2 – qism, 2 –
band);
tungi vaqtda, ya‘ni kech soat 22-00 dan ertalab soat 6-00 gacha tergov
harakatlari olib borish mumkin emasligi (JPK, 88 – modda, 2 – qism,
3 – band). Tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatning oldini
olish, jinoyat izi yo‗qolishiga yoki gumon qilinuvchining qochib
ketishiga yo‗l qo‗ymaslik, eksperiment jarayonida
tekshirilayotgan
hodisaning holatini qaytadan tiklash zarurati bo‗lgan hollar bundan
mustasno;
Tergov harakatlari o‗tkazilayotganda, shaxsni yalang‗och qilib
echintirish bilan bog‗liq bo‗lsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror,
sudya va ishda mutaxassis yoki ekspert sifatida ishtirok etayotgan
shifokorlardan boshqa shaxslarning o‗zga
jinsdagi shaxsni ishtirok
etmasligi (JPK, 88 – modda, 2 -qism);
shaxslarning sha‘ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, shuningdek hech
kim qiynoqqa solinishi, zo‗ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha‘ni va
qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa
duchor
etilmasligi (JPK, 17-modda, 1-qism);
tergov harakatlari o‗tkazish chog‗ida ham ayblov, ham oqlov
xarakteridagi dalillarni yig‗ish (JPK, 22-modda);
JPKning 90-92-moddalariga asosan bayonnoma yuritilishi va
boshqalar.
Tergov harakatlari protsessual shaklining uchinchi elementi – ularni ta‘minlash
choralaridir. Tergov harakatlari o‗tkazishning qoidalari, shartlari va
asoslari
to‗g‗risida protsessual normalarni buzish salbiy oqibatlarga sabab bo‗ladi. Ta‘min-
lash choralari protsess ishtirokchilari uchun majburlov choralari, jarima, hattoki
jinoiy javobgarlik choralari bo‗lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: