Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatini o‘tkazish tartibi va turlari.
Jinoyat-protsessual kodeksi tanib olishni o‗tkazishning quyidagi tartibini
belgilaydi.
Tanib oluvchi tanib olishi lozim bo‗lgan shaxs yoki narsaning belgilari, alomatlari,
xususiyatlari to‗g‗risida oldindan so‗roq qilinishi lozim (JPK, 126-modda). Voyaga
etmagan shaxsni so‗roq qilishda zaruriy ravishda o‗qituvchi (pedagog) ishtirok
etishi shart. Bu harakatning o‗tkazilishi tanib olish uchun taqdim etishning
maqsadga muvofiqligi haqida to‗g‗ri qaror qabul qilishga, bu harakatning
muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga, kerakli natijalar olinishiga va keyinchalik
ularga to‗g‗ri baho berishga yordam beradi. Tanib oluvchining so‗rog‗i unga
nisbatan sodir etilgan jinoyatdan so‗ng o‗tkazilsa va natijali bo‗lmagan taqdirda,
uni qayta so‗roq qilish maqsadga muvofiqdir.
Tanib oluvchi shaxsga tanib olish uchun ob‘ektni ko‗rsatishdan avval
o‗tkaziladigan so‗roq davomida tanib oluvchi tanib olinishi kerak bo‗lgan ob‘ektni
qaerda, qachon, qanday holatlarda, qancha vaqt davomida, qanday ob-havoda,
qanday yorug‗likda, qanday masofada kuzatgani, uning belgilari va bu belgilarning
o‗ziga xos xususiyatlari aniqlanishi kerak.
Tanib olish uchun ko‗rsatish tergov harakati tanib olish ob‘ektiga ko‗ra quyidagi
turlarga bo‗linadi:
1.
SHaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish.
SHaxsni tanib olish uchun ko‗rsatish
tergov amaliyotida keng qo‗llaniladigan tergov harakati hisoblanadi. Mazkur
tergov harakatida tanib olinuvchi sifatida faqat tirik odam bo‗ladi. SHaxsni tanib
olish uchun ko‗rsatish tartibi Jinoyat-protsessual kodeksining 127-moddasida
belgilangan. SHaxslarni tanib olish boshqa turdagi tanib olishlarga nisbatan
murakkabroqdir. Tanib olinuvchi shaxs tanib olish uchun tergov olib borilayotgan
ishga aloqasi bo‗lmagan, tashqi belgilari bilan o‗ziga o‗xshaydigan shaxslar guruhi
orasida xolislar huzurida ko‗rsatiladi. Jinoyat protsessi nazariyasida shaxsni tanib
olish uchun ko‗rsatishda tanib olinuvchilar statistlar deb ham ataladilar.
Tanib olish uchun ko‗rsatilayotgan shaxslarning umumiy soni uch nafardan kam
bo‗lmasligi kerak.
Tanib olinuvchi kiyimi, soch qirqtirishi yoki tarashi yoxud boshqa belgilari bilan
tanib olish uchun ko‗rsatiladigan o‗zga shaxslar orasida yaqqol ajralib turmasligi
lozim.
Statistlar tanib oluvchiga tanish bo‗lmasliklari lozim. Tanib olishda xolislarning
ishtirok etishi shart.
Tanib olinuvchiga tanib olish uchun ko‗rsatiladigan shaxslar guruhi orasida istagan
joyni egallash taklif qilinadi.
So‗ng tanib oluvchi chaqirtiriladi. Albatta, tanib oluvchini chaqirtirish tartibi har
xil shubhalardan mustasno bo‗lishi kerak. Tanib oluvchini chaqirtirish usuli,
albatta, bayonnomada aks ettirilishi kerak. So‗ng tanib oluvchi kim to‗g‗risida
ko‗rsatuv bergan bo‗lsa o‗sha shaxsni ko‗rsatishi lozim. SHu bilan birga, qaysi
belgilar orqali taniganligini tushuntirib o‗tishi lozim.
Tanib olishda yuzaga kelgan shubhalar va ehtimollar bartaraf etilmasa,
ayblanuvchi xisobiga hal etiladi va ushbu tergov harakatining bayonnomasining
nomaqbul deb topilishiga olib keladi.
Jinoyat protsessi nazariyasi tirik shaxslarni tanib olish tergov harakatning ikki
maxsus turi ajratilib ko‗rsatiladi. Ular alohida belgilarga ega bo‗lib tanib oluvchini
tanib olinuvchiga ko‗rsatuvslik sharoitida o‗tkaziladigan tanib olish va qarshi tanib
olishlardir.
SHaxsni tanib olish tergov harakatining bu turlari bizning protsessual amaliyotda
deyarli qo‗llanilmay, xorijiy mamlakatlar jinoyat protsessiga xos hisoblanadi.
Qarshi tanib olish o‗tkazilganda avval biri ikkinchisini tanib oladi, so‗ng tanib
olingan shaxs oldin tanib oluvchi bo‗lgan shaxsni tanib oladi. Masalan,
ayblanuvchi jabrlanuvchini so‗ngra jabrlanuvchi ayblanuvchi tanib oladi. Qarshi
tanib olish uchun ko‗rsatishning muhim shartlaridan biri bir – birini tanib
olayotgan shaxslar tanib olayotganda ko‗rinmaydigan sharoitida bo‗lishlari kerak.
Qarshi tanib olish mohiyatiga ko‗ra ikkita alohida orqama-orqa o‗tkaziladigan
tergov harakatlaridan iborat bo‗ladi.
Tanib oluvchini tanib olinuvchiga ko‗rsatuvslik sharoitida o‗tkaziladigan tanib
olish ko‗plab xorijiy mamlakatlar, jumladan, Rossiya Federatsiyasida ham tergov
amaliyotida keng qo‗llaniladi.
Bu turdagi tanib olishga asos tanib oluvchining xavfsizligini ta‘minlashdan iborat.
Bunday tanib olishning to‗g‗ri o‗tkazilganligini nazorat qilish uchun xolislar tanib
oluvchi bilan birga bo‗lishadi. Ular bilan birgalikda ushbu tergov harakatida
ishtirok etuvchi himoyachi ham hozir bo‗lishi shart. Texnik tomondan bunday
tanib olish bir tomoni ko‗rinmas bo‗lgan oyna, texnik vosita (videokamera) yoki
tanib oluvchi turgan joyni qorong‗ulashtirib tanib olinuvchi turgan joyni esa kuchli
yorug‗lantirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual qonunchiliga binoan shaxsni tanib
olish uchun ko‗rsatishning iloji bo‗lmaganda yoxud xavfsizlikni ta‘minlash
maqsadida uning fotosuratidan foydalanish mumkin.
Tanib olish uchun jadval qog‗ozga yaxshilab yopishtirilib, muhrlangan va
raqamlangan, lekin suratga olingan shaxslarning ismi va familiyalari
ko‗rsatilmagan kamida uchta fotosurat ko‗rsatiladi.
SHunga o‗xshash amaliyotda videoyozuv orqali tanib olish ham qo‗llanilishi
mumkin, chunki u ob‘ektning belgilarini aniqroq taqdim etadi (namoyon etadi).
Taqdim etilgan fotosuratlar va videoyozuvlar tanib olish bayonnomasiga ilova
qilinadi.
2
. Ko‘char narsalarni tanib olish uchun ko‘rsatish.
Ko‗char narsalarni tanib olish
uchun ko‗rsatish tartibi O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining
128-moddasida belgilangan.
Tergov olib borilayotgan joyga, sudga yoki boshqa joyga olib borilishi mumkin
bo‗lgan narsalar, narsalarning bo‗lagi va hayvonlar ushbu ishga aloqasi bo‗lmagan
boshqa turdosh narsalar orasida tanib olish uchun ko‗rsatiladi.
Tanib oluvchi so‗roq qilinganda tasvirlaganidan tashqi belgilari, alomatlari,
xususiyatlari bo‗yicha jiddiy farq qilmaydigan narsalar turdosh deb hisoblanadi.
Tanib olish uchun ko‗rsatilayotgan narsalarni joylashtirish tartibi chi, tergovchi
tomonidan xolislar huzurida belgilanadi.
Turdosh ob‘ektlar orasidan tanib olish to‗g‗risidagi qoida murdani tanib olishda
qo‗llanilmaydi. Murdani tanib olishda statistlar ishtirok etmaydi. Bu holda faqat
murdaning o‗zigina taqdim etiladi.
Predmetni tanib olish kamida uchta nafar turdosh predmetlar bilan birgalikda
o‗tkaziladi. Bunda tanib olinadigan predmet boshqalaridan yaqqol ajralmasligi
kerak (masalan qon izlari bilan).
3.
Ko‘chmas ob’ektni tanib olish uchun ko‘rsatish.
Ko‗chmas ob‘ektni tanib olish
uchun ko‗rsatish tartibi O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat–protsessual kodeksining
129-moddasida belgilangan.
Jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi joy, bino,
binodagi alohida xona yoki boshqa ko‗chmas ob‘ekt nomini aytib va tasvirlab
bersa-da, biroq uning joylashgan o‗rnini aniq aytib bera olmasa, biror aniq joydan
ob‘ektga borish yo‗lini ko‗rsatishga istak bildirsa, unga shu ob‘ektni ko‗rsatishiga
imkon beriladi.
Surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar yoxud sud tarkibi va taraflar tanib oluvchi
bilan birgalikda u aytgan joyga keladilar. Tanib olish uchun ko‗rsatish
ishtirokchilari shu joydan boshlab tanib oluvchining ko‗rsatuvi bo‗yicha yura
boshlaydilar. Bunda tanib oluvchiga tanib olish uchun ko‗rsatishning boshqa
ishtirokchilari yoki yot shaxslar tarafidan yo‗nalish aytib qo‗yilishining oldini olish
choralari ko‗rilishi lozim.
Jinoyat-protsessual amaliyotda shunday hollar mavjudki, bunda tanib olish tergov
harakati rad etiladi, ya‘ni tanib olish o‗tkazilmasligi kerak. Bunga misol tariqasida
shuni keltirish mumkin-ki, agar tanib oluvchi va tanib olinuvchi so‗roq paytida bir-
birlarini yaxshi bilishi va tanish ekanliklarini inkor etmasa, ular o‗rtasida tanib
olish harakati o‗tkazilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |