Andijon
27-29 oktabr 2021 yil
297
AVTOBUSLARDA YO’L XAQI UCHUN TEZKOR TOʻLOVLAR
INTELLEKTUAL TIZIMINI JORIY ETISH
Nasirov I.Z.- t.f.n., dots., Ataxanov K.A.- magistr.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 28-avgust
kuni avtomobil transporti sohasida boshqaruvni takomillashtirish, xalqaro
xamkorlikni rivojlantirish, transport xizmatlari koʻlamini kengaytirish masalalari
boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
Maʻlumki, davlatimiz rahbarining 2018-yil 6-martdagi qaroriga muvofiq
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi qayta tashkil etilgan edi [1]. Unga binoan
2018-2021-yillarda avtomobil transporti infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul
qilindi. Dastur ijrosi doirasida 50 dan ziyodyoʻlovchi tashish yoʻnalishi ochildi, 9
avtostansiya qurildi, 82 yangi avtobus sotib olindi. Qozogʻiston, Qirgʻiziston va
Tojikistonga 5 xalqaro avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
Yigʻilishda soha rivojiga toʻsiq boʻlayotgan bir qator muammolar ham
mavjudligi qayd etildi. Tizimdagi islohotlarni izchil davom ettirish,zamonaviy
transport xizmati koʻrsatish boʻyicha vazifalar belgilandi. Qishloqdan shahargacha,
tumanlararo hamda shaharlararo yoʻnalishlarda transport xizmati koʻrsatish tizimi
va infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan topshiriq berildi.
Davlatimiz rahbarining koʻrsatmasiga binoan endilikda transport xizmati
faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy
operator-dispetcherlarga beriladi.
Litsenziyaga ega va tender gʻolibi boʻlgan xususiy operator-dispetcher
tegishli hudud yoki yoʻnalishda shartnoma asosida barcha transport xizmati
koʻrsatuvchilarni birlashtirib, ular uchun yagona platforma tashkil etadi. Xususiy
operator-dispetcherlarga davlatga qarashli 10115 avtobekat, 17 avtovokzal va
avtostansiya topshiriladi.
Hisob-kitoblarga koʻra, mamlakatimizda har 10 ming fuqaroga 2 avtobus
toʻgʻri keladi. Lekin hududlarda mazkur yoʻnalishlarning 30 foizdan ortigʻi
ishlamayapti. Xalqaro yoʻlovchi tashishning bor-yoʻgʻi 6 foizi (12 avtobus, mavjud
talab- 200 avtobus) qonuniy faoliyat yuritayotgan yoʻlovchi tashuvchilar tomonidan
amalga oshirilmoqda [2].
Shu bois viloyatlarda 13 avtokorxona tashkil etish va ular uchun bu yil 400,
keyingi yil oxirigacha 780 "Isuzu" avtobusi sotib olish kerak.
Yoʻlovchi tashish xizmatlari koʻrsatish uchun tarif belgilash tartib-taomillari
ham talabga javob bermasligi qayd etildi. Shahar avtobus yoʻnalishlarida tariflar
viloyatlar oʻrtasida 1,7 barobar farq qiladi, yoʻnalishli taksi boʻyicha esa bu tafovut
6 barobardan ortadi.
Transport
xizmati
koʻrsatish
sohasiga
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini jadal joriy etish lozim. Yoʻl haqi uchun pul toʻlash hamon eskicha
tizimda qolmoqda. Misol uchun, Andijon shahrida yoʻl kira uchun elektron toʻlov
tizimini joriy etish 3 yildan buyon paysalga solib kelinayotgani tanqid qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |