2-misol. Hudud asosiy kapitali haqida quyidagi ma’lumotlar berilgan (mln so’m):
1. Asosiy kapitalning to’liq boshlang’ich qiymati, yil boshida 1958,0
2. Yil boshiga asosiy kapitalning eskirish darajasi,% 25,0
3. Yil davomida sotib olingan asosiy kapital 436,6
4. Hisobdan chiqarilgan asosiy kapitalning to’liq boshlang’ich qiymati 218,0
5. Hisobdan chiqarilgan asosiy kapitalning qoldiq qiymati 18,0
6. Yillik amortizatsiya qiymati 195,0
7. Ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati 3032,6
Asosiy kapitalning holati va harakati ko’rsatkichlarini aniqlang hamda asosiy kapital balansini tuzing.
Yechish.
Asosiy kapitalning yil oxiridagi to’liq boshlang’ich qiymati quyidagiga teng:
mln so’m
Asosiy kapitalning yil boshidagi eskirish qiymati quyidagiga teng:
mln so’m
Asosiy kapitalni yil boshidagi qoldik qiymati quyidagiga teng:
mln so’m
Asosiy kapitalning yil oxiridagi qoldiq qiymati teng:
mln so’m
Hudud asosiy kapitali balansini quyidagi jadvalda ifodalash mumkin:
Hudud asosiy kapitali balansi
Ko’rsatkichlar
|
Asosiy kapital(mln so’m)
|
To’liq qiymati
|
Qoldiq qiymati
|
Eskirish qiymati
|
Yil boshiga qiymati
|
1958,0
|
1468,5
|
489,5
|
Yil davomida sotib olingan
|
436,6
|
436,6
|
0,0
|
Hisobdan chiqarilgan
|
218,0
|
18,0
|
200,0
|
Eskirish qiymati
|
0,0
|
195,0
|
195,0
|
Yil oxiriga qiymati
|
2176,6
|
1692,1
|
484,5
|
Asosiy kapitalning eskirish koeffisiyenti quyidagiga teng:
yil boshiga,
yoki 25,0%
yil oxiriga,
yoki 22,3%
Asosiy kapitalni yaroqlilik koeffisiyenti quyidagiga teng:
yil boshiga,
yoki 75,0%
yil oxiriga,
yoki 77,7%
Asosiy kapitalning yangilanish koeffisiyenti quyidagiga teng:
Asosiy kapitalning chiqib ketish koeffitsyenti quyidagiga teng:
Asosiy kapitaldan foydalanish ko’rsatkichlariga kapital qaytimi, kapital sig’imi va mehnatning kapital bilan qurollanganlik darajasi kiradi.
Kapital qaytimi ( ) – iqisodiyotga jalb qilingan har bir so’mlik asosiy kapitalga to’g’ri keladigan mahsulot (ish, xizmat) qiymatidir:
,
bu yerda: – hisobot davrida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotning yillik qiymati; – asosiy kapitalning o’rtacha yillik qiymati.
Kapital sig’imi – har bir so’mlik mahsulot ishlab chiqarish uchun jalb qilingan o’rtacha asosiy kapital hajmiga teng:
yoki
Iqtisodiyotda band bo’lganlar yoki korxona xodimlarining asosiy kapital bilan qurollanganlik darajasi ( ) – bir xodimga to’g’ri kelgan asosiy kapital qiymatiga teng:
yoki
bu yerda: – iqtisodiyotda band bo’lganlar soni;
– korxona xodimlarining ro’yxatdagi o’rtacha soni.
Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligini kapital qaytimi va kapital sig’imining dinamikasini indeks tahlili yordamida o’rganamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |