Bog'liq Statistika bo'yicha praktikum. X.Shodiyev, I. Xabibullayev
Yechish: Asosiy kapitalning qayta baholash paytidagi eskirish qiymati teng:
mln so’m
Qayta baholash paytidagi to’liq tiklash qiymati(ACt.t.q.) teng:
Asosiy kapitalning qayta baholashni hisobga olgan holdagi eskirish qiymati teng:
.
Asosiy kapitalning eskirishini hisobga olgan holdagi tiklash qiymati quyidagiga teng:
mlnso’m.
Asosiy kapital balansi uning yil davomidagi dinamikasini aks ettiradi. Balanslar asosiy kapitalning to’liq qiymati va qoldiq qiymatlari bo’yicha quyidagicha tuziladi.
Asosiy kapitalning to’liq qiymati bo’yicha:
Asosiy kapitalning qoldiq qiymati bo’yicha:
bu yerda: AS0 va AS1 – ma’lum davr boshida va oxirida asosiy kapitalning to’liq qiymati; AS’0 va AS’1 – ma’lum davr boshida va oxirida asosiy kapitalning qoldiq qiymati; ASkiritva AS’kirit – davr mobaynida kiritilgan asosiy kapitalning to’liq va qoldiq qiymati; ASchiqva AS’chiq – davr mobaynida chiqarilgan asosiy kapitalning to’liq va qoldiq qiymati; A – davr mobaynida hisoblangan amortizatsiya qiymati.
Balans ma’lumotlari asosida asosiy kapital harakati va holati ko’rsatkichlarini hisoblanadi.
Asosiy kapitalning harakati ko’rsatkichlari ma’lum davr mobaynida asosiy kapital harakati jarayonlarini umumlashtirib tavsiflash uchun qo’llaniladi va quyidagi ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi:
Kiritilish koeffisiyenti – ma’lum davr mobaynida kiritilgan asosiy kapital qiymati davr oxiridagi kapital qiymatining qanday qismini tashkil etishini ifodalaydi va quyidagicha hisoblanadi:
Yangilanish koeffisiyenti – ma’lum davr mobaynida asosiy kapital qiymatining qanday qismini yangi kiritilgan kapital qiymati tashkil etishini tavsiflaydi va quyidagicha hisoblanadi:
Chiqarilish koeffisiyenti – ma’lum davr mobaynida chiqarilgan asosiy kapital qiymati davr oxiridagi kapital qiymatining qanday qismini tashkil etishini ifodalaydi va quyidagicha hisoblanadi:
Tugatish koeffisiyenti – ma’lum davr mobaynida asosiy kapital qiymatining qanday qismini tugatilgan kapital qiymati tashkil etishini tavsiflaydi va quyidagicha hisoblanadi:
Tugatilgan asosiy kapitalning yangi kiritilgani bilan almashinish koeffisiyenti – ma’lum davr mobaynida ishlab chiqarishdan chiqarilgan asosiy kapital yangi kiritilgan asosiy kapitalning necha foizini tashkil etishini tavsiflaydi:
Asosiy kapitalning yaroqlilik va eskirish darajasini baholashda eskirish va yaroqlilik koeffitsiyentlari qo’llaniladi. Bu koeffitsiyentlar yil boshi va yil oxiriga quyidagicha hisoblanadi:
eskirish koeffisiyenti:
yaroqlilik koeffisiyenti:
yoki
bu yerda: ASt– t momentda (davr boshi yoki oxiri) asosiy kapitalning to’liq qiymati; AS’t – t momentda (davr boshi yoki oxiri) asosiy kapitalning qoldiq qiymati.