- Al Bukhari University Iqtisodiyot fakultet
- 1-14 guruh talabasi Axmedov Asadbekning
- Iqtisodiy ta'limotlar tarixi fanidan tayyorlagan taqdimoti
- Merkantilizm tushunchasi va uning mazmuni. Merkantilizm g‘oyasining vujudga kelishining iqtisodiy va ijtimoiy shart- sharoitlari. Avvalgi davrdagi iqtisodiy g‘oyalarda natural xo‘jalik munosabatlariga oid fikrlar ustunlik qilgan. YAngi bozor munosabatlari shakllanishi tufayli, shunga oid iqtisodiy taъlimot paydo bo‘ldi, bu merkantilizm taъlimotidir. «Merkantilizm» iborasi birinchi bo‘lib Adam Smitning asarlarida o‘z ifodasini topdi. Lug‘aviy maъnosiga ko‘ra bu so‘z italyancha bo‘lib, savdogar mazmuniga ega. Bu so‘z yangi taъlimotning mazmun va mohiyatini o‘zida aks ettiradi. Uzoq yillar davomida boylikning, xalq moddiy farovonligining asosi mehnat, er, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilik deb kelinar edi, biz buni yuqorida ko‘rdik. Lekin XV asrga kelib ahvol keskin o‘zgardi. Bu taъlimotning kelib chiqishiga bir qancha sotsial-iqtisodiy sabablar turtki bo‘ldi.
- Avvalo feodal tuzumning emirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‘sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi erlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimining paydo bo‘lishi, savdo-sotiqning rivojiga turtki bo‘ldi. Noekvivalent almashuv savdo tufayli metropoliya koloniyalar hisobiga beqiyos boyidi. Ana shu o‘zgarishlarni asoslab beruvchi iqtisodiy taъlimot - merkantilizm yuzaga keldi va muomala soxasini o‘rganish bilan shugullandi. Merkantilizm sinfiy jihatdan savdo kapitalini himoya qildi. SHu davrga kelib Evropada oltin va kumush qaxatchiligi boshlandi. Hindistonda nodir metallar ko‘p, degan mish-mishlar va u erdagi mavjud ziravorlar insonlarni yangi erlar ochish, yangi boylik makonlarini izlab topishga otlantirdi.
- Ilk merkantilizm yoki monetarizm (XV-XVI asr o‘rtalari). Rivojlangan merkantilizm, savdo balansi (yoki manufaktura sistemasi) (XVI-XVIII asr o‘rtalari). YAngi taъlimot vujudga kelishi manufaktura bilan bevosita bog‘liqdir. Iqtisodiyot tarixida sanoatning uch xil shaklini ajratish mumkin: uy hunarmandchiligi, manufaktura va fabrika. Uy hunarmandchiligida sohalar, tarmoqlararo mehnat taqsimoti mavjud, hamma ishni bir odam yoki shogird, oila bilan birga bajaradi. Manufakturada esa kooperatsiya yuzaga keladi, eng muhimi chuqur mehnat taqsimoti, xususiy tadbirkor, yollanma ishchi kuchi paydo bo‘ladi (XV àñð). Fabrika to‘g‘risida esa quyida axborot beriladi.
- Merkantilizmning birinchi davri o‘sha davr iborasi bilan aytganda monetar, yaъni oltin va kumush pullar, javohirlarni to‘plash bilan bog‘liq edi. Bunda pul balansi siyosati olib borilgan, chetdan imkoni boricha kam tayyor tovar sotib olishga o‘rinilgan. Qimmatbaho metallni tashqariga, chetga olib ketish taqiqlangan. Savdogarlarga olib chiqiladigan mahsulotning bir qismiga pul olib kelish majburiyati yuklangan (qolgani tovar bo‘lishi mumkin). CHet ellik savdogarlarni esa sotilgan mol pulining hammasiga yangi tovar sotib olishga majbur qilingan (pul olib chiqib ketmasliklari uchun). Bu siyosat nazorat kuchli bo‘lishini talab etgan, tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojini susaytirgan.
- Taniqli iqtisodchi N.D.Kondratev fikricha, merkantilistlarning iqtisodiy tizimi amaliy siyosat bo‘lib, xalq xo‘jaligi qadnay bo‘lishi kerak va unga nisbatan davlat hoqimiyatining munosabati masalasi asosiydir. Merkantilizmni qisqacha qilib quyidagicha taъriflash mumkin: iqtisodiy siyosatda: mamlakatda va davlat xazinasida imkoni boricha nodir metallarni (oltin, kumush, javohir, zar va durlarni) ko‘proq to‘plash; nazariya va taъlimotda: savdo, pul oboroti, yaъni muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarni izlab topish. «Insonlar metall uchun qurbon bulmoqda», yaъni oltin fetishizmi butun kapitalistik jamiyat rivojiga hamoxang bo‘lgan yangi hayot tarzi va fikrlashning tarkibiy qismidir. Ayniqsa, savdo kapitali davrida bu yorqin namoyon bo‘ldi.
- Tahlil metodi (uslubi) sifatida asosan empirizm (tajriba)dan foydalaniladi, bunda iqtisodiy hodisalarning tashqi ko‘rinishlarigina taъriflanib, iqtisodiyotning barcha sohalarini o‘z ichiga olgan maъlum tizim asosida tahlil etish istisno etiladi; Pulning kashf etilishi insonlarning sunъiy kashfiyot oqibati deb hisoblanadi, pulning o‘zi esa aynan boylik deb qaraladi; Pul qiymati (qimmati) kelib chiqishini oltin va kumushning «obъektiv (jonli) tabiati» dan va ularning mamlakatdagi miqdori bilan belgilanadi; Mehnatga taklifning o‘sishi ish haqining yuqori emas, past bo‘lish zarurati bilan bog‘lanadi;
- Davlatning tartibga solishi tufayli iqtisodiy o‘sish mamlakat pul boyligining ko‘payish oqibati sifatida qaraladi, bunda tashqi savdo va savdo balansi saldosining ijobiy (aktiv) bo‘lishi taъminlanishi kerak. Manufakturalarning rivoji mustamlakalardan keltirilgan arzon, ko‘p va sifatli xom ashyo hisobiga ro‘y berdi, tayyor mollar esa o‘sha va boshqa mamlakatlarga olib borilib, ancha qimmatga pullangan. Noekvivalent almashuv oqibatida metropoliya boyib borgan. Bu sohada Angliya yuksak yutuqlarni qo‘lga kiritdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |