"Bugungi kunda oldimizga
qo’ygan buyuk maqsadlarimiz, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi,
hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning
samarasi, taqdiri bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori
malakali, ongli mutaxassis-kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqligini
barchamiz anglab yetmoqdamiz"
(Karimov I.A. Barkamol avlod
– O’zbekiston
taraqqiyotining
poydevori. -T.: O’zbekiston, 1997. B. 5-6.) Ushbu fikrlar ilm-fan, ta‘lim, ilmiy-tadqiqot va
texnologik faoliyat sohalarida yosh kadrlar tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy ijodiyotni, uning
qonuniyatlari va mexanizmini o’rganish zamon talabi ekanligini bugun hayotning o’zi tasdiqlab
turibdi.
Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar va taraqqiyot darajamiz kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sohasini yanada keng rivojlantirish iqtisodiyotimizni taraqqiy ettirishdagi muhim omil
ekanligini ko’rsatdi. Bugungi kundagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri aholini, ayniqsa,
yoshlarni ish bilan ta‘minlashdan iborat. Bu esa, o’z navbatida, mazkur sohani rivojlantirish qulay
tadbirkorlik muhitini yaratish bilan chambarchas bog’liq.
Iste‘dodli va iqtidorli yoshlarni moddiy rag’batlantirish va ma‘naviy qo’llab-quvvatlash
maqsadida chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish salohiyatli yoshlarning kelajakda
yurtimiz ravnaqi yo’lida sobitqadamlik bilan faoliyat yuritishlarini ta‘minlashning muhim sharti
177
hisoblanadi. Shu maqsadda mamlakatimizda yoshlarni moddiy rag’batlantirish va ma‘naviy
qo’llab-quvvatlashning samarali tizimi shakllandi. Iste‘dodli yoshlarni izlab topish, ularga
ko’maklashish, ularning qobiliyati va iste‘dodini o’stirish bo’yicha maxsus jamg’armalar tashkil
etildi. Yoshlarni rag’batlantirish maksadida oliy o’quv yurtlarida bakalavr, magistr va yosh
tadqiqotchilar uchun davlat stipendiyalarining turli shakllari joriy etilgan. Ularning eng yuqori
darajadagisi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasidir. Ushbu stipendiya 11 yo’nalish
bo’yicha bakalavr va magistrlarga hamda 5 yo’nalish bo’yicha yosh ilmiy xodimlarga beriladi.
Bakalavrlar uchun muayyan yo’nalishlar bo’yicha Alisher Navoiy, Ulug’bek, Beruniy, Al-
Buxoriy, Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyalari ham mavjud.
Mustaqillik yillarida mamlakatda yosh oilalar manfaatlarini ta‘minlash davlat siyosatining
muhim yo’nalishiga aylandi. 2007 yil 18 mayda qabul qilingan "Yosh oilalarni moddiy va
ma‘naviy qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi Farmon yosh
oilalarni moddiy va ma‘naviy qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirishga yo’naltirilgan ezgu
ishlarning mantiqiy davomidir.Farmon asosida "Yosh oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga doir
chora-tadbirlar to’g’risida"ga hukumat qarori qabul qilindi. O’zbekistonda shu yili 2 ming 400 ta
kvartira foydalanishga topshirilgan, ana shu uylarni sotib olishda qulay imkoniyat yaratish uchun
minglab yosh oilalarga 15 yil muddatga mo’ljallangan
Yoshlarning har tomonlama qo’llab-quvvatlab, rag’batlantirib borilishi, umuman, iste‘dodli
yoshlarga berilayotgan e‘tibor ularning hayotga qiziqishlarini kuchaytiradi, ijodiy va ilmiy
faoliyatga, tadbirkorlikka jalb etilganlar safini yanada kengaytirish imkonini beradi. Bu esa
respublikamizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining eng yaxshi samaralaridan
biridir.
Mustaqil O’zbekistondagi ijtimoiy o’zgarishlar yosh avlodning jamiyatdagi o’rni masalasiga
yangicha yondashishni taqozo etmoqda. Mamlakat intellektual va ma‘naviy salohiyatini
yuksaltirishdan manfaatdor ekanligi, globallashuv sharoitida bilimlilik mamlakatni iqtisodiy
rivojlangirish va uning milliy boyligini ko’paytirishning muhim tarkibiy qismiga aylanib
borayottanligi, aholining yuksak ma‘naviy darajasi esa yoshlarda huquqiy madaniyatni, erkin va
demokragik huquqiy davlatda yashash hamda mehnat qilish qobiliyatini shakllantirish, o’z huquq
va erkinliklarini anglash, ulardan shaxs, davlat hamda jamiyat manfaatlari yo’lida foydalanish
imkonini beradi. Yoshlarning ma‘naviy darajasi yuqori bo’lgan taqdirdagina ular ijtimoiy
hayotning taraqqiyot qonunlarini, huquqiy davlat mohiyatini chuqur idrok etishi mumkin.
Binobarin, hukumatimiz yoshlar bilan ishlashda, eng dadil istiqbol rejalarini tuzishda asosiy
e‘tiborni, avvalo, ularni tabiatimizga begona bo’lgan g’arazli oqimlardan asrab, zamonaviy bilim
va tajribaga, intellektual salohiyat va ilg’or texnologiyalarga ega, ma‘naviy yuksak, komil insonlar
etib voyaga yetkazish, ularning jamiyatda o’z oldiga qo’ygan strategik maqsadlariga erisha
olishiga, "XXI asr bilim va tafakkur asri" talablariga mos bo’lishiga va bunday hayotda munosib
o’rin egallashiga qaratadi.
2016 yildan mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda tub burilish
davri boshlandi. 2016 yil 14 sentabrda 33 moddadan iborat Yoshlarga oid davlat siyosati
to’g’risidagi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy
prinsiplari, asosiy yo’nalishlari belgilab berildi.
2017 yil 5 iyulda Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston
yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni (PF-5106) e‘lon qilindi.
2017 yil 30 iyunda O’zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoyev Kamolot yoshlar ijtimoiy
harakatining
4 quriltoyida ishtirok etib, Jismoniy va ma‘naviy barkamol yoshlar – bugungi va
ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir mavzusida ma‘ruza qildi. Ushbu ma‘ruzada
Prezidentimiz harakatning 16 yillik faoliyatini tahlil qilib, o’tgan davrdagi faoliyatiga tanqidiy
baho berdi va uni yangi mazmundagi tashkilotga – O’zbekiston yoshlar ittifoqiga aylantirishni
taklif qildi. Ma‘ruzada shuningdek, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi qoshida
Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tashkil etish, Eng
kitobxon maktab, Eng kitobxon mahalla, Eng kitobxon oila kabi yo’nalishlarda tanlovlar o’tkazish,
178
Yoshlar nashriyot uyini tashkil etish, yoshlarga harbiy ta‘lim-tarbiya beradigan kursantlar
maktabiga “Temurbeklar maktabi” deb nom berish, turli soha va tarmoqlarda katta natijalarga
erishib kelayotgan yigitlar uchun “Mard o’g’lonlar” nomli Davlat mukofotini ta‘sis etish, jamoat
ishlarida faol yigit-qizlarimizni taqdirlash maqsadida Kelajak bunyodkori medalini ta‘sis etish va
har yilning 30 iyun sanasini Yoshlar kuni deb e‘lon qilish taklif etildi. Prezidentimiz
tashabbuslari
qurultoy qatnashchilari tomonidan bir ovozdan qo’llab-quvvatlandi.
2017 yil 21 noyabrda Prezident qarori bilan «Mard o’g’lon» davlat mukofoti ta‘sis etildi
(PQ-3402).
2018 yil 27 iyunda Yoshlar-kelajagimiz Davlat dasturi qabul qilindi (PF-5466).
2019 yil 19 martda O’zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoyev tomonidan yoshlar ma‘naviyatini
yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta tashabbus ilgari surildi.
Bular quyidagilardan iborat:
I. O’quvchi-talabalarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san‘atning boshqa turlariga
qiziqishlarini oshirish.
II.
O’quvchi-talabalarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o’z qobiliyatini
namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish.
III.
O’quvchi-talabalar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali
foydalanishni tashkil etish.
IV. O’quvchi-talabalar ma‘naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib
qilish.
V. O’quvchi va talaba qizlarni ish bilan ta‘minlash ishlarini tizimli tashkil etish.
Xulosa qilib aytganda Yoshlar Ittifoqi hali O’zbekiston SSSR tarkibida bo’lgan 1991 yili
avvalgi Komsomol tashkiloti o’rnida tashkil topgan va 1996 yilgacha amal qilgan. 1996 yil aprel
oyida I.Karimov farmoni bilan Kamolot jamg’armasi tuzilgan. Kamolot jamg’armasi 2001 yilda
Yoshlar ijtimoiy harakatiga aylantirilgan edi. 2017 yil iyul oyida Prezident SH.Mirziyoyev
tashabbusi bilan tashkilot nomi Yoshlar ittifoqiga o’zgartirildi.
Yoshlar bilan ishlash masalasi, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning bandligini
ta‘minlash maqsadida Yoshlar – kelajagimiz jamg’armasi faoliyati yanada kengaytirildi. 2019
yilda jamg’arma uchun 2 trillion so’mdan ziyod mablag’ ajratilib, shu orqali 50 mingdan ortiq
yangi ish o’rni yaratildi.
2019 yilda farzandlarimizning turli radikal va zararli g’oyalar ta‘siriga tushib qolishiga yo’l
qo’ymaslik uchun davlat-xususiy sheriklik asosida yangi madaniyat va istirohat bog’lari tashkil
etildi. Ular zamonaviy yoshlar maskanlariga aylantirildi. Ushbu bog’lar tarkibida birinchi
navbatda sport maydonchalari, amfiteatr va kichik sahnalar, kutubxona, Kitob kafelari tashkil
etildi. Bugungi kunda yoshlarimizning bilim va ma‘lumot olishining asosiy manbai Internet
hisoblanadi. Tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlagan holda, jamoat joylarida bepul Wi-Fi hududlari
tashkil etildi.
2020 yil 30 iyunda O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh
qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmoni (PF-6017) qabul qilindi. Unga ko’ra 2020 yil 30 iyunda Vazirlar
Mahkamasi huzurida O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi (PQ-4768).
Hukumat qarori bilan 2020 yil 11 sentabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 550-raqamli qarori bilan Yoshlar ishlari agentligi to’g’risidagi Nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko’ra, Agentlikning qabul qilgan qarorlari davlat organlari, boshqa tashkilot va ularning
mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Agentlik yuridik shaxs hisoblanib, o’z nomi yozilgan va Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr
va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g’azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga ega
bo’ladi.
Agentlik tizimiga agentlikning markaziy apparati, hududiy bo’linmalari, Yoshlar
muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, «Yoshlar media xoldingi» AJ
kiradi.
179
Hududiy bo’linmalar (tumanlar va shaharlar bo’limlari bundan mustasno) yuridik shaxs
tashkil etgan holda faoliyat yuritadi.
Agentlikning asosiy vazifalaridan biri – yoshlar bilan bog’liq soha va yo’nalishlarda yagona
davlat siyosatini, strategik yo’nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
hisoblanadi.
O’z navbatida, Yoshlar ittifoqi nodavlat-notijorat tashkilot sifatida faoliyatini davom
ettiradi.
2020 yil 25 dekabr kuni Toshkentdagi Humo arena majmuasida Respublika yoshlarining forumi
bo’lib o’tdi. Shavkat Mirziyoyev forum doirasida yoshlar bilan uchrashib, muloqot qildi. Uchrashuvda
yoshlarni qiynayotgan muammolar yechimiga oid rejalar bayon qilindi, vazifalar belgilandi.
Prezidentimiz o’z nutqida quyidagi muhim yangiliklar joriy qilinishini ma‘lum qildi:
Ikki va undan ortiq farzandi oliy o’quv yurtida shartnoma asosida o’qiyotgan oilalarga
imtiyozli ta‘lim krediti berish yo’lga qo’yiladi. Bu kreditlarni yoshlar OTMni bitirib, ishlashni
boshlaganlaridan keyin uzishi mumkin bo’ladi.
2021 yildan OTMlarga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to’plagan 200 nafar yosh
uchun Prezident granti joriy etiladi. Hozirgi Prezident stipendiyasi faqat bir o’quv yili uchun
mo’ljallangan bo’lsa, ushbu grant mablag’lari to’rt yil davomida to’lab boriladi.
IELTS, TOEFL, GMAT va SAT kabi imtihonlarda maksimal ballning kamida 75
foizini to’plagan yoshlarning imtihon xarajatlari to’liq qoplab beriladi.
Hukumatga yosh kadrlar uchun belgilangan sinov muddati davrida ish beruvchilarga
imtiyozlar taqdim etish masalasini ko’rib chiqish vazifasi topshirildi.
Yoshlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo
vazirligi qoshida alohida jamg’arma tashkil etiladi va unga 100 million dollar mablag’ ajratiladi.
Jamg’arma yoshlarning loyihalarini qulay shartlarda va past foizlarda moliyalashtiradi.
Bundan tashqari, kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarish binolari qurilib, yoshlarga imtiyozli
shartlarda ijara va lizing asosida beriladi.
Kasb-hunar hamda tadbirkorlik ko’nikmalariga o’qitish orqali maxsus sertifikat olgan
yoshlarga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past stavkada mikrokreditlar ajratiladi. Bu
kreditlar 7 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan beriladi. Bu maqsadlar uchun 2021 yilda 45
million dollar ajratiladi.
Toshkent shahrida zamonaviy muhtasham kutubxona barpo etiladi va bu ma‘rifat
saroyi ilm-fanning so’nggi yutuqlari asosida jihozlanadi.
Maktab o’quvchilari va oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida Bo’lajak olim tanlovini
tashkil qilish orqali yoshlarning eng yaxshi innovatsion hamda startap loyihalariga 50 milliard
so’m mablag’ yo’naltiriladi.
Hayotda endigina o’z yo’lini izlayotgan, har imkoniyatga umid bilan qarayotgan yoshlar
uchun ushbu islohotlar ularning kelajakka ishonchi va intilishlarini yanada yuksaltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |