195
jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Bu yerda davlat banklari bilan birga tijorat va xususiy banklar
ham faoliyat ko’rsatmoqda. Agrosanoat banki va sanoatqurilish banklari ixtisoslashtirilgan
hissadorlik tijorat banklariga aylantirildi. Qoraqalpog’iston tarixida birinchi marta tashqi iqtisodiy
faoliyat milliy banki tashkil etildi.
Qoraqalpog’istonda ulgurji va birja savdosi bilan shug’ullanuvchi hissadorlik uyushmalari
keng faoliyat ko’rsatmoqda. Tovar ishlab chiqaruvchilar, iste‘molchilar va ishbilarmonlarning
butun imkoniyatlarini ishga solish maqsadida ularning erkinligi va teng huquqliligini ta‘minlash
choralari ko’rildi.
Qoraqalpog’istonda 1996 yili 51
ta mayda ulgurji tizim, shu jumladan, 2 ta savdo uyi, 13 ta
mayda ulgurji savdo do’konlari va omborlar, 17 ta ko’tara savdo bozor hamda O’zbekiston tovar
xom ashyo birjasining Qoraqalpog’iston bo’limiga qarashli 19 ta supermarket do’konlari faoliyat
ko’rsatdi. 1997 yilning birinchi yanvarigacha bo’lgan ma‘lumotlarga qaraganda,
xususiylashtirishdan tushgan mablag’larning umumiy hajmi 330 million so’mni tashkil etdi. Uning
20 foizi respublika ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi, 50 foizi esa tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash
maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. Shu bilan birga Qoraqalpog’iston
Respublikasi
davlat mulkini xususiylashtirish qo’mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni
qo’llab-quvvatlash maqsadida 13,8 million so’m kredit ajratdi.
Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 1996 yilda respublika fond birjalari
filiallarida 191,6 million so’mlik aksiyalar sotildi. Uzbekiston Respublikasi
Prezidentining davlat
korxonalarini aksionerlik jamiyatlariga aylantirish, qimmatbaho qog’ozlar bozorini
rivojlantirishga oid farmonlarini bajarish amalda o’z samaralarini bera boshladi.
1997 yil 1 yanvar holatiga qaraganda respublikada soliq idoralari tomonidan 318 ta
aksionerlik jamiyatlari ro’yxatga olindi. 1996 yil yakuniga ko’ra ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
10.355,7 million so’mlikni
tashkil etdi, bu 1995 yilga nisbatan 2,2 marta ko’pdir.
Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90 foizga o’sdi. 144
ta sanoat korxonalari va birlashmalaridan 113 tasi mulkchilikning turli shakllariga o’tib ishlay
boshladi, jumladan, xususiy korxonalar 20, jamoa korxonalari 50, davlat aksionerlik jamiyatlari
41, qo’shma korxonalar 2 ta bo’ldi. Kichik va xususiy korxonalar, yakka tartibda mehnat faoliyati
bilan shug’ullanuvchi korxonalar rivojlandi. Ular bozor iqgisodiyoti sharoitida ishlashga moslasha
boshladilar. Mehnat unumdorligi va mahsulot ishlab chiqarish hajmi o’sa boshladi. Respublikada
1996 yilda amaldagi narxlarda 10754,4 million so’mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi, bu
solishtirma narxlarda olganda 1995 yildagiga nisbatan 101,5 foizni tashkil etadi.
1991-1996 yillarda natura ko’rinishida mahsulot ishlab chiqarish ham ko’paydi, xususan,
past voltli apparaturalar, yo’l qurilishi mashinalari ehgiyot qismlari, yengil sanoat texnologik
uskunalari
va ularning ehtiyot qismlari, mebellar va boshqalar ana shular jumlasidandir.
Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyumlar, iste‘mol
mahsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish ko’paydi.
1996 yilda yig’ma temirbeton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar
tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlari, o’simlik yog’i, uzum vinosi, salqin ichimliklar va osh tuzi
ishlab chiqarish o’sdi.
Sanoatda bir qator ijobiy o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, 1995 yilda Xo’jayli shahrida
shisha idishlar zavodi qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada respublikaga chetdan shisha
idishlarni tashib keltirish sezilarli darajada kamaydi.
1996 yidda Qo’ng’irotdagi «Urga» gaz sanoati korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz
qazib chiqarilishi boshlab yuborildi. Aholini tabiiy gaz bilan ta‘minlash darajasi 83 foizga yetdi.
«Qoraqalpoqqurilish» aksionerlik jamiyatida Italiya firmalarining yuqori sifatli jihozlari bilan
jihozlangan, yiliga 60 ming kv. m. marmar bloklari va plitalari ishlab
chiqaradigan yangi marmar
sexi ochildi. «Nukusun» zavodida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi.
Yengil sanoat ishlab chiqarishining bazasi kengaya bordi. 1993 yilda Nukus shahrida
«Kateks» to’qimachilik majmuasi, 1995 yilda Ellikqal‘a tumanida ham «Elteks» nomli xuddi
shunday to’qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi.
196
Nukus va Qo’ng’irot un kombinatlari, To’rtko’lda 3 million shartli banka konserva
mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqal‘a tumanida esa shunday quvvatga ega bo’lgan
konserva sexi foydalanishga topshirildi.
1995 yilda Qo’ng’irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan, yiliga 190 ming
tonna kalsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Zavod tarkibida kimyoviy yo’l
bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chiqarish ham ko’zda
tutilgan.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida 144 ta sanoat
korxonasidan 113 tasi mulkchilikning turli shakllariga o’tib ishlay boshladi. Nodavlat shakliga
o’tib ishlayotgan korxonalarning rivojlanish darajasi nisbatan yuqori bo’ldi. Shuningdek, bu
korxonalar iqtisodiy samaradorligi, foyda olish borasida ham sezilarli yutuqqa erishdi. Bu
borada
xususiy korxonalar ayniqsa peshqadamlik qila boshladi.
Lekin shuni ham alohida ta‘kidlash joizki, ko’plab sanoat korxonalarining asosiy ishlab
chiqarish fondlari (dastgohlar, mexanizmlar) ma‘naviy va jismoniy jihatdan eskirgani sezilib
qoldi. Ularning eskirish darajasi 35 foizdan yuqori. Eng avvalo yigiruv-to’quv fabrikalari, go’sht-
sut va oziq-ovqat sanoati korxonalari (konserva zavodi, vino zavodi) ishlab chiqarish parklarini
yangilash talab etiladi.
2016 yildan jahon neft-gaz sohasidagi eng yirik loyihalardan biri bo’lgan Ustyurt gaz-kimyo
majmuasi ishga tushdi. 2012 yilda Project Finance International xalqaro nashri mazkur loyihani
neft-kimyo sektoridagi yilning eng muvaffaqiyatli loyihasi deb e‘tirof etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga raxbarlik qilayotgan yillarda ham
Qoraqalpog’istonning iqtisodiy salohiyatini ko’ratish borasida qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan: 2017 yil Moliya vazirligi huzurida Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi
tuzildi, 2017 yil 2 fevralda O’zbekiston Respublikasining neft va gazga boy Ustyurt mintaqasida
geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida (PQ-2755), 2017 yil 13 iyunda
esaNukus shahrida elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari (PQ-3055) qabul qilindi.
2018 yil 16 oktabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo’yi xalqaro
innovatsiya markazi tashkil etildi (PQ-3975).
2019 yil 29 iyunda O’zbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Jel konini Mahsulot
taqsimotiga oid bitim shartlari asosida o’zlashtirish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarori (PQ-4376) e‘lon qilindi.
2019 yil 4 sentabrda Prezidentimiz Farmoni bilan «Nukus» erkin iqtisodiy zonasi tashkil
etildi (PF-5809).
2019 yilgi statistik ma‘lumotlarga ko’ra Respublikaning yillik YAMM o’sishi 6,8 % ni
tashkil qilgan. Jumladan, qishloq xo’jaligi, o’rmon va baliq xo’jaliklarida 106,7%, sanoatda
105,0%, qurilish sohasida 123,8%, xizmatlar sohasida 104,9% o’sish kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: