Demografik jarayon. Ijtimoiy sohadagi o’zgarishlar
Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar rivojlanishiga e‘tibor kuchaydi. 1991-
1996 yillarda Qoraqalpog’iston Respublikasida ma‘lum demografik o’zgarishlar ro’y berdi.
Tug’ilish (ming kishi hisobida) 1991 yildagi 36,4 dan 1996 yilda 25,0 kishiga qisqardi.
Tug’ilishning kamayishi o’z o’rnida respublika aholisining o’sish darajasiga ta‘sir etdi.
Demografik o’zgarishning asosiy sabablaridan biri tug’ilishning kamayishi, aholining ijtimoiy-
iqtisodiy va ekologik yashash sharoitlariga bog’liqdir. 1991-1996 yillarda respublikadan
(kelganlarni chiqarib tashlaganda) 26,7 ming kishi ko’chib ketdi. 1996 yilda respublika aholisi 143
ming 764 kishiga o’sdi, shundan shahar aholisi 69 ming 401 kishini, qishloq aholisi 74 ming 363
kishini tashkil etdi. 1996 yilda aholining o’rtacha yillik o’sishi 1,36 foizga teng bo’ldi.
Ishsizlar soni 1996 yil oxirida 4,2 ming kishiga yetdi. 1996 yilda 16 ming ishchi o’rinlari
yaratildi, jumladan, qishloq joylarida 8,5 mingta. Bu esa shahar va tuman mehnat birjalariga
murojaat qilgan fuqarolarni ish bilan ta‘minlash imkonini berdi.
1996 yilda aholi jon boshiga pul daromadlari 9628,8 so’mni, xarajatlar esa 6300 so’mni
tashkil etdi yoki 1995 yilga nisbatan 2,2 va 2,3 marta ko’paydi.
Daromadlarning ko’payishi iste‘mol bozoridagi vaziyatni jonlantirdi. Aholi jon boshiga tovar
aylanishi hajmi amaldagi narxlarda 5 ming 36 so’mlikni tashkil qildi va 2,1 martaga, solishtirma
narxlarda esa 8,8 foizga o’sdi. Pullik xizmat 2,8 marta, maishiy xizmat 2,7 martaga ko’payib jon
boshiga 679 va 108 so’mni tashkil etdi. Lekin shunga qaramasdan aholi jon boshiga xizmat ko’rsatish
hajmi O’zbekiston Respublikasi ko’rsatkichidan 2,2 marta kam bo’ldi.
1996 yilda aholiga 7,2 milliard so’mlik iste‘mol mollari sotilgan. Bu amaldagi narxlarda
1995 yildagiga nisbatan 2,1 marta ko’p. Tovar aylanishining jami hajmi 10,3 foizga yoki 350,5
million so’mlikka ko’paydi. Tovar oborot hajmida davlat sektorining ulushi pasayib, nodavlat
sektoriniki o’sib bordi. Rasmiy savdo tarmoklariga nisbatan iste‘mol va buyum bozorlarida holat
ancha yaxshilandi, jami tovar oborotida ularning ulushi 20 foizga yetdi.
Ijtimoiy sohada rivojlanish ta‘min etildi, 1999 yilning birinchi yarmida aholi jon boshiga
kirim 17 ming so’mni tashkil etdi. Shu davrdagi tovar aylanmasi 15286 million so’mni tashkil etdi.
1998 yilda ishchi-xizmatchilarning oylik maoshi 1,5 barobar oshdi.
Respublikada 70 ta tibbiy muassasa (9485 o’rin), 246 ambulatoriya poliklinika muassasasi,
ularning tarkibida 20 qishloq uchastka vrachlik punkti, 6 shahar va mahalla vrachlik punkti, tuman
markaziy poliklinika, 20 respublika va shahar hamda kasalxonalar bn birlashgan 20 po-liklinika.
3 bolalar poliklinikasi, 2 respublika muassasalariga qarashli poliklinika bor. 1991-2005 yillarda
61 qishloq vrachlik punkti; Nukus shahrida Respublika akusherlik va ginekologiya institutining
filiali, 2 poliklinika (100 bemorni qabul qilishga mo’ljallangan) qurildi. Q.da 3,6 ming vrach (har
10 ming aholiga 23,1 vrach. 15,5 ming o’rta tibbiy xodim (har 10 ming kishiga 98,7) faoliyat
yuritadi. Har 10 ming kishiga kasalxonalarda 60,6 o’rin to’g’ri keladi. Aholiga O’zbekiston
Respublikasi shoshilinch tibbiy yordam markazining Nukus shahridagi filiali, shuningdek, 14
tuman markaziy kasalxonasi va Taxiatosh shahri kasalxonasi qoshidagi tez tibbiy yordam
bo’limlari xizmat ko’rsatadi. Nukus shahrida 2 ta shahar poliklinikasi «oilaviy poliklinika» sifatida
faoliyat yuritadi. Nukus shahrida 1998 yildan Skrining markazi, 2003 yildan esa bir smenada 100
o’smirni qabul qilishga mo’ljallangan respublika o’smirlar markazi ishlab turibdi. Respublikada
Toshkent pediatriya intining filiali, 4 tibbiyot kolleji mavjud. 9 sanatoriy-profilak-toriy (1200
o’rin) faoliyat ko’rsatadi.
Respublika tibbiyoti erishgan natijalardan eng muhimi - onalar o’limi soni kamaydi.
«Homilador ayollarni va bolalar salomatligini mustahkamlash bo’yicha milliy dastur» hamda
199
«Yosh avlodni sog’lomlashtirish kompleks dasturi»ning ishlab chiqilganligi va amalga
oshirilganligi natijasida 1996 yilda onalar o’limi 1991 yildagiga nisbatan 4,4 marta, chaqaloqlar
o’limi esa 1,8 martaga kamaydi. Homilador ayollarning 56 foizi statsionarlarda tug’ishgacha
bo’lgan davolanishdan o’tkazildi. Respublikada jarrohlik, maxsus davolash ambulatoriya
markazlari tashkil topdi.
Tibbiy xizmat tarmog’ini moliyalashtirishda davlat mablag’lari bilan birga nodavlat
manbalaridan ham foydalanilmoqda. Xo’jalik hisobida, yakka tartibda, kooperativ usulda
ishlaydigan tibbiyot tarmoqlari kengayib bormoqsa. «Medtexnika», «Optika», «Tibta‘minot»
dorixona muassasalari to’la davlat tasarrufidan chiqarilib, xususiylashtirildi. Biroq aholining
kasallanishi kamaymadi. Bu ko’rsatkich 1991 yilga nisbatan 26.3 foizga ko’paydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi «2017-2021 yillarda
Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to’g’risida»gi PQ-2731-sonli Qaroriga asosan
2017-2021 yillarda Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilindi.
Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari
hisobidan 2018 yilda Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo’yicha obyektlarni
qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta‘mirlash manzilli dasturiga asosan, 2018 yilda jami 370
ta obyektda, jumladan Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha 224 ta (umumiy qiymati – 149,3
mlrd so’m), Xorazm viloyati bo’yicha 146 ta (umumiy qiymati 85,4 mlrd so’m) obyektlarda
qurilish, rekonstruksiya, kapital ta‘mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilishi ko’zda tutilib,
ushbu maqsadlar uchun jami 234,7 mlrd so’m mablag’ ajratilishi rejalashtirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 2 avgust kuni «Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashitirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish to’g’risida»gi
(Jasliq qo’rg’onida joylashgan) qarorni imzoladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 20 avgust kuni Qoraqalpog’istonda bo’ldi.
Prezidentning o’tgan yilgi tashrifi davomida berilgan ko’rsatmalar asosida hukumatning Mo’ynoq
tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi qabul qilingan. Unda 2019-2021
yillarda jami 1 trillion 485 milliard so’mlik qurilish-ta‘mirlash ishlari amalga oshirilishi
belgilangan.
Qisqa vaqt ichida qator obyektlar foydalanishga topshirildi. Jumladan, 800 o’rinli amfiteatr
va davlat xizmatlari markazi qurildi, madaniyat markazi va stadion, «Bozatov» ovul fuqarolar
yig’inidagi oilaviy poliklinika rekonstruksiya qilindi.
Iyul oyida «Mo’ynoq porloq teks» mas‘uliyati cheklangan jamiyat tomonidan tikuvchilik
korxonasi ishga tushirildi. 350 ta ish o’rni yaratildi.
Zamonaviy mashinalar o’rnatilgan mazkur korxona yiliga 1 million dona tayyor tikuvchilik
va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Hozirda choyshab va ko’rpajildlar, maxsus
ish formalari tikilmoqda. Shu yerda savdo do’koni tashkil etilgan. Yangi qurilayotgan uylardan
korxona ishchilari uchun xonadonlar ajratilgan. Shavkat Mirziyoyev korxona faoliyati bilan
tanishdi, ishchi xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.
Mo’ynoqdagi o’zgarishlarni, sizlarning ko’zlaringizdagi rozilikni ko’rib juda xursandman.
Bu – uzoq-uzoq hududlarga borib qilayotgan ishlarimiz natijasi. Agar kimdir bizning
islohotlarimizga shubha qiladigan bo’lsa, Mo’ynoqqa kelib ko’rsin, - dedi Prezident.
2020 yil 1 avgust kuni Nukus shahrida O’zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov (73
yosh)ning vafoti munosabati bilan ta‘ziya marosimi bo’lib o’tdi.
Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, marhumning oila a‘zolariga, xalqimizga
chuqur hamdardlik bildirdi. U 18 yil davomida Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i
Kengesining Raisi deb atalmish o’ta mas‘uliyatli va sharafli vazifada samarali faoliyat olib borgan.
Musa Yerniyazov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o’rinbosari sifatida
mamlakatimizning barcha hududlarini rivojlantirish uchun muhim qonunlarni ishlab chiqish va
amalga oshirishga katta hissa qo’shgani yodga olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |