202
uyushmasi, I.V.Savitskiy nomidagi San‘at muzeyi, Tarix-o‘lkashunoslik muzeyi hamda
Jangovor
va mehnat shuhrati muzeylari katta ishlarni olib bormoqda.
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining «Erkin Qoraqalpog‘iston»,
«Qoraqalpog‘iston xabarlari» gazetalari, yozuvchilar uyushmasining «Amudaryo» jurnali,
«Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq bo‘limi xabarlari» ilgarigidek muntazam
chiqarilmoqda. 1991-yildan respubikada hukumatga qarashh bo‘lmagan «Orol qizlari» jumali
chop etila boshladi. Istiqlol yillarida Nukus shahrining 60 yilligi, To‘rtko‘l shahrining 120 yilligi,
Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining 170 yilligi, Amir Temurning 660 yilligi keng nishonlandi. Bular
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston tarixidagi eng muhim voqealar, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari
o‘rtasidagi do‘stlik ramzidir. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov Nukus shahrining
60 yilligi bayramida: «O‘zbekiston taqdiri, bu - Qoraqalpog‘iston taqdiridir, o‘zbek xalqining
taqdiri, bu - qoraqalpoq xalqining kelajagidir» degan otashnafas so‘zlari qoraqalpoq xalqi
xotirasida abadiy saqlanib qoladi. Bugun Qoraqalpoq xalqi shuni yaxshi biladiki, uning amaldagi
suvereniteti, mustaqilligi faqat O‘zbekiston bilan birga bo‘lgandagina ta'minlanishi mumkin.
Shuning uchun ham Qoraqalpoq xalqi o‘z taqdirini o‘zbek xalqi va O‘zbekiston bilan abadiy
bog‘lagan.
Q.da 5 respublika, 14 tuman, 1 shahar (Nukus), 20 tarmoq gazetalari, 2 byulleten va 9 jurnal
nashr etiladi. Shulardan yiriklari: «Yorqin Qaraqalpaqstan» (1924 yildan), «Вести
Каракалпакстана» (1919 yildan), «Qaraqalpaqstan jaslari» (1931 yildan), «Amu tongi» (1991
yildan), «Ustoz jo‘liy» (1998), «Гарезсизлик хэм иызам» (1996 yildan), «Davr ko‘zgusi» (1978
yildan), «Madaniyat xem sport» (1997 yildan), «Amudaryo» (1932 yildan), «Вестник» (1960
yildan), «Aral qыzlari» (1991 yildan), «Илим хэм жэмийет» (1991 yildan), «Saniyat» (2003
yildan), «Экономика хэм банк» (2003 yildan), «Qaraqalpaqstan» (2002 yildan), «Билим хэм
ондирис», «Жипек жолы» (1999 yildan).
Q. radiosining eshittirishlari 1932 yil yanvarda boshlangan. Dastlab radioeshittirishlar qisqa
axborotlar tarzida tashkil qilingan. 1935 yilda ularning hajmi 3 soatgacha yetkazilgan. Hozirgi
kunda Q. radiosi kuniga 6,5 soat hajmda eshittirishlar olib boradi.
Q. televideniyesi dastlab 1964 yil 5 noyabrda efirga chiqdi. Ilk faoliyati davrida ko’rsatuvlar
kechki paytda 1,5 soat hajmda berilgan. Hozirgi kunda ertalab 1,5 soat va kechki payt soat 19:00
dan yarim tungacha, dam olish kunlari teleko’rsatuvlar olib boriladi.
1970 yilning o’rtalariga kelib yosh qoraqalpoq kino san‘ati rivojlana boshladi. 1990 yil
aprelda ushbu filial bazasida Nukus shahrida «Qoraqalpoqfilm» kinostudiyasi vujudga keldi.
T.Kalimbetovning «Qalpoqcha» (1990), «Qaytish» (1992) kabi dastlabki badiiy qisqa metrajli
filmlari yaratildi. A.Sultonov ssenariysi asosida «Elim degan er edi», «Ayriliq» kabi hujjatli
filmlari ekranga chiqdi. Ekologiya, Afg’on urushi, Xo’jayli arxitekturasi, MDH prezidentlarining
uchrashuvi mavzularida filmlar yaratildi. 2002 yilda ishlangan «Ona» filmi Buxoro
kinofestivalining maxsus mukofotiga sazovor bo’ldi. 2003 yil iyul oyida Insbruk shahrida
(Avstriya)da o’tkazilgan 12-Xalqaro kinofestivalida «Otabegi» hujjatli filmi qatnashdi. 2004 yil
noyabr oyida Gollandiyada o’tkazilgan 10-xalqaro kinofestivalida qatnashtan «Quduq» hujjatli
filmi shu oyning o’zida Bilbao (Ispaniya) shahrida o’tkazilgan Xalqaro kinofestivalida festivalning
eng yaxshi rejissura uchun kumush sovriniga ega bo’ldi.
Q. sportchilari sportning kurash, boks, futbol, og’ir atletika, voleybol, basketbol, ot sporti turlari
va b. bo’yicha mamlakat musobaqalarida ishtirok etib kelmoqdalar. Q.da 14 stadion, 467 sport zali,
3159 sport maydonchasi, 3 suzish havzasi, tennis kortlari va b. sport inshootlari bor. Bir qancha
qoraqalpoq sportchilar O’zbekiston, Osiyo, jahon sport musobaqalarida qatnashib, g’oliblikni qo’lga
kiritganlar yoki sovrinli o’rinlarni egallaganlar. Q. sportchilari «Umid nihollari», «Barkamol avlod»,
talabalar universiadalarida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqdalar. Muaytay bo’yicha 5 karra jahon
chempioni Erkin Qutiboyev, og’ir atletika bo’yicha Osiyo chempioni Baxtiyor Nurullayev, Olimpiada
o’yinlari kumush medali sovrindori Sergey Sirsovning nomlari mashhur. 12-Osiyo o’yinlarida boks
bo’yicha
Alisher Avezboyev, futbol bo’yicha Berdax
Allaniyazov, eshkak eshish bo’yicha Baxtiyor Davletyarovlar g’oliblikni qo’lga kiritdilar.
Respublikada xalqaro toifadagi sport ustalari, sport ustaligiga nomzodlar, 1 toifadagi sportchilar
tayyorlanadi.