Politexnika instituti



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

Bilimdon, professional jihatdan savodli hamda
 
g’ayrat-shijoatli shaxslarni, o’z
 
mamlakatimizning  chinakam  vatanparvarlarini  tarbiyalay  oladigan,  ularni  buyuk  milliy 
madaniyatning  ulkan  ma‟naviy  merosi  bilan  boyita  oladigan,  jahon  fani  va  madaniyati 
durdonalaridan  bahramand  eta  oladigan  mamlakatgina,  millatgina  buyuk  kelajakka  erishishi 
mumkin
  (Karimov  I.A.  Vatan  sajdagoh  kabi  muqaddasdir.  3-j.  -T.:  O’zbekiston,  2012.  B.
 
177-
179.). 
Ta‘lim  tizimi  O’zbekiston  Respublikasining  "Ta‘lim  to’g’risida"gi  Qonuni  asosida 
maktabgacha ta‘lim, umumiy o’rta, o’rta maxsus va professional ta‘lim, oliy professional ta‘lim, 
oliy ta‘limdan keyingi ta‘lim, malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari 
ta‘lim shakllarida tashkil qilindi. 
Bugungi axborotlashgan tezkor zamon ta‘lim tizimini ham isloh qilishni kun tartibiga qo’ya 
boshladi. Ta‘lim sifatini zamon talablari darajasiga olib chiqish maqsadida 2020 yil 23 sentabrda 
O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Ta‘lim to’g’risidagi Qonuni qabul qilindi. 11 ta 
bob va 75 ta moddadan iborat ushbu yangi qonunda umumiy o’rta va o’rta maxsus ta‘lim turidan 
keyin professional ta‘lim turi kiritildi. 
Ta‘lim  olish  shakllari  sifatida  ishlab  chiqarishdan  ajralgan  xolda  ta‘lim  olish  (kunduzgi), 
ishlab chiqarishdan ajralmagan xolda ta‘lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy), dual ta‟lim, oilada 
ta‘lim olish va mustaqil ta‘lim olish, katta yoshdagilarni o’qitish va ularga ta‘lim berish, inklyuziv 
ta‟lim,  eksternat  tartibidagi  ta‟lim,  mudofaa,  xavfsizlik  va  huquqni  muhofaza  qilish  faoliyati 
sohasda kadrlar tayyorlash kabi shakllariga ajratildi (15 modda). 
Ta‘lim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan qo’shma fakultet va o’quv markazlari tashkil 
qilishga ruxsat etildi. Shuningdek, o’qituvchilarga mualliflik dasturi va o’qitish uslublarini joriy 
etish, zamonaviy pedagogik shakllar, o’qitish va tarbiya usullarini erkin tanlash huquqi berildi. 
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev aytganidek, 
“biz keng ko’lamli demokratik
 
o’zgarishlar,
 
jumladan, 
ta‟lim  islohotlari  orqali  O’zbekistonda  yangi  Uyg’onish  davri,  ya‟ni  Uchinchi  Renessans 
poydevorini yaratishni o’zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik”
.
 
So’nggi yillarda mamlakatimizda maktabgacha ta‟lim sohasiga katta e‘tibor qaratilmoqda. 
2017  yil  9  sentabrda  Maktabgacha  ta‘lim  tizimini  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari 
to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-3261) qabul qilindi. 2017 yil 30 
sentabrda  esa  Maktabgacha  ta‘lim  vazirligi  tashkil  etildi  (PQ-3305).  Shu  sanada  Maktabgacha 
ta‘lim  tizimi  boshqaruvini  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida  O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5198) ham qabul qilindi. 
2018-2021-yillar mobaynida respublika bo’yicha 1,5 mln bolani maktabgacha ta‘lim bilan 
qamrab olishga erishildi. Bu 2017 yildagi ko’rsatkichdan ikki barobar ko’proqdir.
 


182 
Shuningdek,  respublikamizda  maktabgacha  ta‘lim  tashkilotlari  soni  ham  tobora  ortib 
bormoqda. 2017 yilda MTTlarning umumiy soni 5 mingta bo’lgan bo‘lsa 2021-yilga kelib ularning 
soni 14 mingtadan ortdi.
 
Prezidentimiz  SH.Mirziyoyev  aytganliridek,  xalqimizda  ta‘lim  va  tarbiya  beshikdan 
boshlanadi degan hikmatli bir so’z bor. Faqat ma‘rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga 
yetaklaydi.
 
Shu sababli, ta‘lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta‘lim tizimi prinsipiga asoslanishi, 
ya‘ni,  ta‘lim  bog’chadan  boshlanishi  va  butun  umir  davom  etishi  lozim.  Rivojlangan 
mamlakatlarda ta‘limning to’liq sikliga investitsiya kiritishga, ya‘ni, bola 3 yoshdan 22 yoshgacha 
bo’lgan  davrda  uning  tarbiyasiga  sarmoya  sarflashga  katta  e‘tibor  beriladi.  Chunki  ana  shu 
sarmoya  jamiyatga  15-17  barobar  miqdorda  foyda  keltiradi.  Bizda  esa  bu  ko’rsatkich  atigi  4 
barobarni tashkil etadi.
 
Binobarin,  inson  kapitaliga  e‘tiborni  kuchaytirishimiz,  buning  uchun  barcha 
imkoniyatlarni  safarbar  etishimiz  shart.  Shu  yo’ldagi  muhim  amaliy  qadam  sifatida  bolalarni 
maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olish darajasini oshirishdir. 2018 yilda bu ko’rsatkich 34 foizni 
tashkil etdi. 2018 yil dekabrdagi Murojaatnomada 2019 yilda bu ko’rsatkichni 44 foizga yetkazish 
belgilangan bo’lsa, yil oxirida bu ortig’i bilan bajarilib, 54 foizga yetkazildi.
 
2019  yil  8  mayda  Prezident  qarori  bilan  O’zbekiston  Respublikasida  maktabgacha  ta‘lim 
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi (PQ-4312). 
Maktabgacha ta‘limni rivojlantirish borasida boshlagan islohotlarimiz natijasida 2019 yili 5 
ming  722  ta  davlat,  xususiy,  oilaviy  bolalar  bog’chalari  tashkil  etildi.  Shuning  hisobidan 
farzandlarimizni maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olish darajasi bir yil davomida 38 foizdan 54 
foizga ko’tarildi. 2020 yilning oxiriga qadar qamrovni 59,5 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
 
Xozirda  maktabgacha  ta‘lim  sohasida  davlat-xususiy  sherikligi  formati  ham 
rag’batlantirilmoqda.
 
«2018-2019 yillarda Maktabgacha ta‘lim vazirligi umumiy qiymati 3,89 trln. so’mga teng 
bo’lgan  davlat-xususiy  sherikligi  bo’yicha  shartnomalarni  imzoladi.  Bulardan  1,1  trln  so’m 
tadbirkorlar hisobidan, 2,8 trln so’m imtiyozli kreditlar asosida ajratilgan.
 
Yaqin  orada  quvvati  147,9  ming  o’ringa  teng  bo’lgan  nodavlat  maktabgacha  ta‘lim 
tashkilotlari foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. 2020 yilda 2 mingta oilaviy va 420 ta DXSH 
doirasidagi MTTlar ochilishi rejalashtirilgan.
 
2016-2017 yildan umumiy o’rta (xalq) ta‟limi tizimida ham qator tub o’zgarishlar, islohotlar 
davri boshlandi
 
2017  yil  14  martda  O’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta‘limi  muassasalari  faoliyatini  yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-
2829)  qabul  qilindi.  Ko’plab  ota-onalar,  o’qituvchi  va  o’quvchilar  hamda  keng  jamoatchilik 
tomonidan  bildirilgan  takliflar  asosida  2017  yil  sentabrdan  yurtimizda  11  yillik  ta‘lim  qayta 
tiklandi. 
2017  yil  14  sentabrda  Prezidentimizning  qarori  bilan  Mirzo  Ulug’bek  nomidagi 
ixtisoslashtirilgan davlat umumta‘lim maktab-internati va Astronomiya va aeronavtika bog’i (PQ-
3275)  va  Muhammad  al-Xorazmiy  nomidagi  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari 
yo’nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar (PQ-3274) tashkil 
etildi.  Bu  maktablar  ta‘lim  tizimidagi  innovatsiya  va  kreativ  yondashuvlar  asosida  aniq  fanlar 
chuqur o’qitiladigan maxsus maktablar bo’ldi.
 
2018  yil  25  yanvarda  Umumiy  o’rta,  o’rta  maxsus  va  kasb-hunar  ta‘limi  tizimini  tubdan 
takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Farmoni 
(PF-5313), 2018 yil 5 sentabrda esa Xalq ta‘limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy 
etish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-3931) qabul 
qilindi. 
2019  yildan  Respublikamizda  xususiy  maktablar  tashkil  etish,  davlat-xususiy  sheriklik 
imkoniyatlaridan  keng  foydalanish  boshlandi.  2019  yil  20  fevral  Prezident  maktablarini  tashkil 
etish  chora-tadbirlari  to’g’risida  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  qarori  (PQ-4199) 


183 
asosan  mutlaqo  yangicha  mazmun  va  shakldagi  4  ta  Prezident  maktabi,  3  ta  Ijod  maktabi  ish 
boshladi. 
2019  yil  29  aprelda  O’zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta‘limi  tizimini  2030  yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi (PF-5712). 
2019 yil 23 avgust kuni Toshkentda Prezident SH.Mirziyoyev raisligida xalq ta‘limi tizimini 
rivojlantirish, pedagoglar malakasini va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma‘naviyatini 
yuksaltirish masalalariga bag’ishlangan videoselektori bo’lib o’tdi. Unda Prezidentimiz Maktab 
ta‘limini  rivojlantirish  biz  uchun  umummilliy  maqsadga,  umumxalq  harakatiga  aylanishi  zarur 
mavzuida maxsus ma‘ruza qildi.
 
2019 yil 30 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda 2017 yil 14 sentabrda 
q.q.gan  Qaror  asosida  Mirzo  Ulug’bek  nomidagi  ixtisoslashtirilgan  maktabning  ochilish 
marosimida ishtirok etdi
 
2019 yil 9 sentabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Prezident, ijod 
va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi (PF-5815). 
2019 yil 30 sentabrda Xalq ta‘limi tizimidagi maktabdan tashqari ta‘lim samaradorligini tubdan 
oshirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-4467) qabul 
qilindi. 
2019  yil  26  noyabrda  esa  navbatdagi  muhim  xujjat  Zamonaviy  maktablarni  tashkil  etish 
chora-tadbirlari  to’g’risida  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  qarori  (PQ-4537)  qabul 
qilindi. 
2019  yil  27  dekabrda  SH.M.Mirziyoyev  Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari 
yo’nalishiga  oid  fanlarni  chuqurlashtirib  o’qitishga  ixtisoslashgan  Muhammad  Xorazmiy 
nomidagi  maktabda  yoshlar  bilan  uchrashib  nutq  so’zladi  (Yangi  fikr,  yangi  g’oyaga, 
innovatsiyaga tayangan davlatgina yuksak taraqqiyotga erishadi).
 
O’zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd qilinishicha, 2020 yilda 
byudjetdan ajratiladigan 1,7 trillion so’m mablag’ hisobidan 36 ta yangi maktab qurilib, 211 tasi 
kapital  ta‘mirlanadi.  Shuningdek,  55  ta  xususiy  maktab  tashkil  etilib,  ularning  soni  141  taga 
yetkaziladi.
 
Pedagogik mahorat va malaka darajasiga ega bo’lgan, o’z ishida aniq natijalarga erishgan 
o’qituvchilarga yuqori maosh to’lash tizimini joriy etamiz.
 
Maktab o’quv dasturlarini ilg’or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o’quv yuklamalari 
va fanlarni qayta ko’rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar 
sifatini oshirish zarur.
 
Prezidentimiz  SH.Mirziyoyev  2020  yil  30  sentabrda  O’qituvchi  va  murabbiylar  kuniga 
bag’ishlangan  tantanali  yig’ilishida  ta‘lim  sohasini,  ayniqsa,  umumiy  o’rta  ta‘lim  tizimini  isloh 
qilish  bo’yicha  qator  yangi  taklif-tashabbuslarni  ilgari  surdilar.  Jumladan,  mamlakatimizning 
kelgusi  taraqqiyotini  o’ylab,  o’qituvchi  va  muallimlarning  hayotimizdagi  nufuzi  va  mavqeini 
oshirish  maqsadida  ularning  maqomini  qonun  darajasida  belgilash  taklifi  ilgari  surildi.  Ushbu 
qonunda yoshlarga ta‘lim va tarbiya berish jarayonida o’qituvchilar o’zlarining salohiyatini to’liq 
namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularni ijtimoiy, huquqiy, moddiy qo’llab-
quvvatlash  choralari  kafolatlanishi  kerak.  Jumladan,  maktab  direktori,  uning  o’rinbosari,  sinf 
rahbari, o’qituvchining maqomi aniq belgilanishi lozim deya ta‘kidlab o’tilar.
 
2020  yilda  –  14  ta,  kelgusi  yilda  –  82  ta,  2022  yilda  –  64  ta,  2023  yilda  –  45  ta  axborot 
texnologiyasiga  ixtisoslashgan  maktablar  tashkil  etilishi  va  barcha  tuman  va  shaharlar  qamrab 
olinishi belgilandi. 
Prezidentimiz ta‘kidlashicha, o’qituvchilar ishini yengillashtirish va ularning salohiyatidan 
oqilona  foydalanish  uchun  kelgusi  yilda  ta‘limni  raqamlashtirish  ishlarini  yakunlab,  Onlayn 
maktab, Raqamli va xavfsiz maktab, Elektron darslik, Elektron kundalik kabi tizimlar joriy etiladi. 
2020  yil  oxirigacha  maktablarni  keng  polosali  Internet  tarmog’iga  ulash  darajasi  70  foizga 
yetkaziladi.  Kelgusida  barcha  maktablar  100  foiz  Internet  bilan  ta‘minlanadi  va  buning  uchun 
Davlat byudjeti mablag’lari yo’naltiriladi.
 


184 
2021 yilgi xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik ko’rish uchun 348 ta tayanch maktab 
belgilanib, 6 mingdan ortiq o’qituvchining malakasi oshiriladi.
 
2020/21 o’quv yilidan boshlab mamlakatimizda 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 
143 ta texnikum, jami 630 ta professional ta‘lim muassasalari faoliyati yo’lga qo’yilishi belgilab 
berildi. Mazkur ta‘lim muassasalarida 9000 ga yaqan kasblar bo’yicha kadrlar tayyorlanishi ko’zda 
tutilgan.
 
Oliy ta‟lim O’zbekistonda davlat tasarrufidagi oliy ta‘lim muassasalari tizimi orqali amalga 
oshirilmoqda.  Hozirgi  paytda  O’zbekistondagi  oliy  ta‘lim  muassasalarida  ikki  bosqichli  oliy 
ma‘lumot  beriladi:  kamida  4  yil  muddatli  bakalavriat  va  kamida  2  yil  muddatli  magistratura. 
Bunday tizim oliy ta‘limning moslanuvchanligi, turli bosqichlarda tanlangan maqsad va vazifaga 
muvofiq ta‘lim yo’nalishi va mutaxassisliklarni tanlab olish imkonini beradi. Ikki bosqichli oliy 
ta‘limning  joriy  etilganligi  O’zbekiston  oliy  ta‘limining  jahon  ta‘lim  makoniga  kirib  borishini 
ta‘minlamoqda.
 
Birinchi  Prezidentimiz  Islom Karimov ta‘kidlaganidek, 

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish