176
Mazkur qonun asosida yoshlarga oid davlat siyosati amalga oshirilar ekan, 1991-1993
yillarda yoshlar ijtimoiy kafolatini ta‘minlash va ular iste‘dodini kamol toptirish maqsadida 14 ta
farmon qabul qilindi. Ularda yoshlarning moddiy ahvolini yaxshilashdan tortib, iste‘dodini
moddiy va ma‘naviy rag’batlantirishgacha bo’lgan tadbirlarni amalga oshirish belgilab berildi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakat yoshlarini birlashtirish
uchun Yoshlar ittifoqi tashkiloti tuzilgan edi. U o’zini oqlamagach, 1996 yilning 17 aprelida
O’zbekiston Respublikasi yoshlarining Kamolot jamg’armasi to’g’risidagi Prezident Farmoni asosida
yangi yoshlar tashkiloti tuzildi.
2001 yil 25 aprel kuni mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish,
ayniqsa, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, iqtidor va qobiliyatlarini ro’yobga
chiqarish, jamiyatda munosib o’rin egallashlari va duch kelgan muammolarni hal etishga
ko’maklashishda alohida o’ringa ega bo’lgan, yoshlar tashkiloti O’zbekiston Respublikasi
Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatining ta‘sis qurultoyi bo’lib o’tdi.
Ta‘sis qurultoyda harakatning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. Harakat Nizomiga asosan,
boshlang’ich tashkilotlar yoshlarning o’qish, ish va xizmat joylarida tashkil etiladi. Respublika
yoshlarini birlashtirib, keng qamrovli faoliyat olib borgan ushbu yoshlar tashkiloti barkamol
avlodni tarbiyalashda ulkan ishlarni amalga oshirdi. Harakat tarkibida uning homiyligi asosida
ishlaydigan, Kamalak bolalar tashkiloti 7 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan o’quvchilarni
birlashtirgan bo’lib, 4,2 mln.dan ortiq bolalar tashkilotga a‘zo bo’lib kirgan. Kamalak bolalar
tashkiloti o’z faoliyatini Oltin meros, Ma‘naviyat va ma‘rifat, Umid, Sog’lom avlod, Vatanparvar,
Mehr-shafqat kabi yo’nalishlarda tashkil etildi.
Bu Harakat respublika miqyosidagi yirik yoshlar tashkiloti sifatida shakllanib, o’z atrofida
5,5 million, ya‘ni mamlakatimizdagi 10 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan barcha yoshlarning 56
foizini ixtiyoriy ravishda 15 600 dan ortiq ta‘lim muassasalari va mehnat jamoalaridagi
boshlang’ich tashkilotlari orqali birlashtirib, respublikamizdagi eng yirik nodavlat notijorat
tashkilotlaridan biriga aylandi.
Mustaqillik yillarida yoshlar kamolotini ta‘minlashga qaratilgan keng qamrovli davlat
siyosati tufayli O’zbekistonda barkamol avlod shakllanishi masalasiga asosiy e‘tibor qaratildi.
Ta‘lim va tarbiya inson kamoloti va ma‘naviyatini shakllantirishning eng asosiy sharti hamda
garovi, shu bilan birga, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, g’oyaviy, madaniy hayotining
muhim bo’g’ini hisoblanadi. Yosh avlodni ijodkorlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual
salohiyatini oshirish taraqqiyotimizning muhim omili ekani "Ta‘lim to’g’risida"gi Qonun va
Kadrlar tayyorlash milliy Dasturida ham alohida ta‘kidlab o’tilgan. Ayniqsa, dasturda yosh
avlodni ijodkor etib tarbiyalash hamda ularni ijod qilishga bo’lgan moyilliklarini o’stirishga katta
e‘tibor berilgan. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta‘kidlaganidek,
Do'stlaringiz bilan baham: