Bilimdon, professional jihatdan savodli hamda
g’ayrat-shijoatli shaxslarni, o’z
mamlakatimizning chinakam vatanparvarlarini tarbiyalay oladigan, ularni buyuk milliy
madaniyatning ulkan ma‟naviy merosi bilan boyita oladigan, jahon fani va madaniyati
durdonalaridan bahramand eta oladigan mamlakatgina, millatgina buyuk kelajakka erishishi
mumkin
(Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-j. -T.: O’zbekiston, 2012. B.
177-
179.).
Ta‘lim tizimi O’zbekiston Respublikasining "Ta‘lim to’g’risida"gi Qonuni asosida
maktabgacha ta‘lim, umumiy o’rta, o’rta maxsus va professional ta‘lim, oliy professional ta‘lim,
oliy ta‘limdan keyingi ta‘lim, malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari
ta‘lim shakllarida tashkil qilindi.
Bugungi axborotlashgan tezkor zamon ta‘lim tizimini ham isloh qilishni kun tartibiga qo’ya
boshladi. Ta‘lim sifatini zamon talablari darajasiga olib chiqish maqsadida 2020 yil 23 sentabrda
O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Ta‘lim to’g’risidagi Qonuni qabul qilindi. 11 ta
bob va 75 ta moddadan iborat ushbu yangi qonunda umumiy o’rta va o’rta maxsus ta‘lim turidan
keyin professional ta‘lim turi kiritildi.
Ta‘lim olish shakllari sifatida ishlab chiqarishdan ajralgan xolda ta‘lim olish (kunduzgi),
ishlab chiqarishdan ajralmagan xolda ta‘lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy), dual ta‟lim, oilada
ta‘lim olish va mustaqil ta‘lim olish, katta yoshdagilarni o’qitish va ularga ta‘lim berish, inklyuziv
ta‟lim, eksternat tartibidagi ta‟lim, mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati
sohasda kadrlar tayyorlash kabi shakllariga ajratildi (15 modda).
Ta‘lim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan qo’shma fakultet va o’quv markazlari tashkil
qilishga ruxsat etildi. Shuningdek, o’qituvchilarga mualliflik dasturi va o’qitish uslublarini joriy
etish, zamonaviy pedagogik shakllar, o’qitish va tarbiya usullarini erkin tanlash huquqi berildi.
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev aytganidek,
“biz keng ko’lamli demokratik
o’zgarishlar,
jumladan,
ta‟lim islohotlari orqali O’zbekistonda yangi Uyg’onish davri, ya‟ni Uchinchi Renessans
poydevorini yaratishni o’zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik”
.
So’nggi yillarda mamlakatimizda maktabgacha ta‟lim sohasiga katta e‘tibor qaratilmoqda.
2017 yil 9 sentabrda Maktabgacha ta‘lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-3261) qabul qilindi. 2017 yil 30
sentabrda esa Maktabgacha ta‘lim vazirligi tashkil etildi (PQ-3305). Shu sanada Maktabgacha
ta‘lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5198) ham qabul qilindi.
2018-2021-yillar mobaynida respublika bo’yicha 1,5 mln bolani maktabgacha ta‘lim bilan
qamrab olishga erishildi. Bu 2017 yildagi ko’rsatkichdan ikki barobar ko’proqdir.
182
Shuningdek, respublikamizda maktabgacha ta‘lim tashkilotlari soni ham tobora ortib
bormoqda. 2017 yilda MTTlarning umumiy soni 5 mingta bo’lgan bo‘lsa 2021-yilga kelib ularning
soni 14 mingtadan ortdi.
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev aytganliridek, xalqimizda ta‘lim va tarbiya beshikdan
boshlanadi degan hikmatli bir so’z bor. Faqat ma‘rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga
yetaklaydi.
Shu sababli, ta‘lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta‘lim tizimi prinsipiga asoslanishi,
ya‘ni, ta‘lim bog’chadan boshlanishi va butun umir davom etishi lozim. Rivojlangan
mamlakatlarda ta‘limning to’liq sikliga investitsiya kiritishga, ya‘ni, bola 3 yoshdan 22 yoshgacha
bo’lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta e‘tibor beriladi. Chunki ana shu
sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu ko’rsatkich atigi 4
barobarni tashkil etadi.
Binobarin, inson kapitaliga e‘tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha
imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart. Shu yo’ldagi muhim amaliy qadam sifatida bolalarni
maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olish darajasini oshirishdir. 2018 yilda bu ko’rsatkich 34 foizni
tashkil etdi. 2018 yil dekabrdagi Murojaatnomada 2019 yilda bu ko’rsatkichni 44 foizga yetkazish
belgilangan bo’lsa, yil oxirida bu ortig’i bilan bajarilib, 54 foizga yetkazildi.
2019 yil 8 mayda Prezident qarori bilan O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta‘lim
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi (PQ-4312).
Maktabgacha ta‘limni rivojlantirish borasida boshlagan islohotlarimiz natijasida 2019 yili 5
ming 722 ta davlat, xususiy, oilaviy bolalar bog’chalari tashkil etildi. Shuning hisobidan
farzandlarimizni maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olish darajasi bir yil davomida 38 foizdan 54
foizga ko’tarildi. 2020 yilning oxiriga qadar qamrovni 59,5 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Xozirda maktabgacha ta‘lim sohasida davlat-xususiy sherikligi formati ham
rag’batlantirilmoqda.
«2018-2019 yillarda Maktabgacha ta‘lim vazirligi umumiy qiymati 3,89 trln. so’mga teng
bo’lgan davlat-xususiy sherikligi bo’yicha shartnomalarni imzoladi. Bulardan 1,1 trln so’m
tadbirkorlar hisobidan, 2,8 trln so’m imtiyozli kreditlar asosida ajratilgan.
Yaqin orada quvvati 147,9 ming o’ringa teng bo’lgan nodavlat maktabgacha ta‘lim
tashkilotlari foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. 2020 yilda 2 mingta oilaviy va 420 ta DXSH
doirasidagi MTTlar ochilishi rejalashtirilgan.
2016-2017 yildan umumiy o’rta (xalq) ta‟limi tizimida ham qator tub o’zgarishlar, islohotlar
davri boshlandi
2017 yil 14 martda O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalari faoliyatini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-
2829) qabul qilindi. Ko’plab ota-onalar, o’qituvchi va o’quvchilar hamda keng jamoatchilik
tomonidan bildirilgan takliflar asosida 2017 yil sentabrdan yurtimizda 11 yillik ta‘lim qayta
tiklandi.
2017 yil 14 sentabrda Prezidentimizning qarori bilan Mirzo Ulug’bek nomidagi
ixtisoslashtirilgan davlat umumta‘lim maktab-internati va Astronomiya va aeronavtika bog’i (PQ-
3275) va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
yo’nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar (PQ-3274) tashkil
etildi. Bu maktablar ta‘lim tizimidagi innovatsiya va kreativ yondashuvlar asosida aniq fanlar
chuqur o’qitiladigan maxsus maktablar bo’ldi.
2018 yil 25 yanvarda Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta‘limi tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
(PF-5313), 2018 yil 5 sentabrda esa Xalq ta‘limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy
etish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-3931) qabul
qilindi.
2019 yildan Respublikamizda xususiy maktablar tashkil etish, davlat-xususiy sheriklik
imkoniyatlaridan keng foydalanish boshlandi. 2019 yil 20 fevral Prezident maktablarini tashkil
etish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-4199)
183
asosan mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta Ijod maktabi ish
boshladi.
2019 yil 29 aprelda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi (PF-5712).
2019 yil 23 avgust kuni Toshkentda Prezident SH.Mirziyoyev raisligida xalq ta‘limi tizimini
rivojlantirish, pedagoglar malakasini va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma‘naviyatini
yuksaltirish masalalariga bag’ishlangan videoselektori bo’lib o’tdi. Unda Prezidentimiz Maktab
ta‘limini rivojlantirish biz uchun umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur
mavzuida maxsus ma‘ruza qildi.
2019 yil 30 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda 2017 yil 14 sentabrda
q.q.gan Qaror asosida Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish
marosimida ishtirok etdi
2019 yil 9 sentabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Prezident, ijod
va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi (PF-5815).
2019 yil 30 sentabrda Xalq ta‘limi tizimidagi maktabdan tashqari ta‘lim samaradorligini tubdan
oshirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-4467) qabul
qilindi.
2019 yil 26 noyabrda esa navbatdagi muhim xujjat Zamonaviy maktablarni tashkil etish
chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-4537) qabul
qilindi.
2019 yil 27 dekabrda SH.M.Mirziyoyev Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
yo’nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashgan Muhammad Xorazmiy
nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashib nutq so’zladi (Yangi fikr, yangi g’oyaga,
innovatsiyaga tayangan davlatgina yuksak taraqqiyotga erishadi).
O’zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd qilinishicha, 2020 yilda
byudjetdan ajratiladigan 1,7 trillion so’m mablag’ hisobidan 36 ta yangi maktab qurilib, 211 tasi
kapital ta‘mirlanadi. Shuningdek, 55 ta xususiy maktab tashkil etilib, ularning soni 141 taga
yetkaziladi.
Pedagogik mahorat va malaka darajasiga ega bo’lgan, o’z ishida aniq natijalarga erishgan
o’qituvchilarga yuqori maosh to’lash tizimini joriy etamiz.
Maktab o’quv dasturlarini ilg’or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o’quv yuklamalari
va fanlarni qayta ko’rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar
sifatini oshirish zarur.
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev 2020 yil 30 sentabrda O’qituvchi va murabbiylar kuniga
bag’ishlangan tantanali yig’ilishida ta‘lim sohasini, ayniqsa, umumiy o’rta ta‘lim tizimini isloh
qilish bo’yicha qator yangi taklif-tashabbuslarni ilgari surdilar. Jumladan, mamlakatimizning
kelgusi taraqqiyotini o’ylab, o’qituvchi va muallimlarning hayotimizdagi nufuzi va mavqeini
oshirish maqsadida ularning maqomini qonun darajasida belgilash taklifi ilgari surildi. Ushbu
qonunda yoshlarga ta‘lim va tarbiya berish jarayonida o’qituvchilar o’zlarining salohiyatini to’liq
namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularni ijtimoiy, huquqiy, moddiy qo’llab-
quvvatlash choralari kafolatlanishi kerak. Jumladan, maktab direktori, uning o’rinbosari, sinf
rahbari, o’qituvchining maqomi aniq belgilanishi lozim deya ta‘kidlab o’tilar.
2020 yilda – 14 ta, kelgusi yilda – 82 ta, 2022 yilda – 64 ta, 2023 yilda – 45 ta axborot
texnologiyasiga ixtisoslashgan maktablar tashkil etilishi va barcha tuman va shaharlar qamrab
olinishi belgilandi.
Prezidentimiz ta‘kidlashicha, o’qituvchilar ishini yengillashtirish va ularning salohiyatidan
oqilona foydalanish uchun kelgusi yilda ta‘limni raqamlashtirish ishlarini yakunlab, Onlayn
maktab, Raqamli va xavfsiz maktab, Elektron darslik, Elektron kundalik kabi tizimlar joriy etiladi.
2020 yil oxirigacha maktablarni keng polosali Internet tarmog’iga ulash darajasi 70 foizga
yetkaziladi. Kelgusida barcha maktablar 100 foiz Internet bilan ta‘minlanadi va buning uchun
Davlat byudjeti mablag’lari yo’naltiriladi.
184
2021 yilgi xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik ko’rish uchun 348 ta tayanch maktab
belgilanib, 6 mingdan ortiq o’qituvchining malakasi oshiriladi.
2020/21 o’quv yilidan boshlab mamlakatimizda 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va
143 ta texnikum, jami 630 ta professional ta‘lim muassasalari faoliyati yo’lga qo’yilishi belgilab
berildi. Mazkur ta‘lim muassasalarida 9000 ga yaqan kasblar bo’yicha kadrlar tayyorlanishi ko’zda
tutilgan.
Oliy ta‟lim O’zbekistonda davlat tasarrufidagi oliy ta‘lim muassasalari tizimi orqali amalga
oshirilmoqda. Hozirgi paytda O’zbekistondagi oliy ta‘lim muassasalarida ikki bosqichli oliy
ma‘lumot beriladi: kamida 4 yil muddatli bakalavriat va kamida 2 yil muddatli magistratura.
Bunday tizim oliy ta‘limning moslanuvchanligi, turli bosqichlarda tanlangan maqsad va vazifaga
muvofiq ta‘lim yo’nalishi va mutaxassisliklarni tanlab olish imkonini beradi. Ikki bosqichli oliy
ta‘limning joriy etilganligi O’zbekiston oliy ta‘limining jahon ta‘lim makoniga kirib borishini
ta‘minlamoqda.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek,
Do'stlaringiz bilan baham: |