Politexnika instituti



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

"Bugungi  kunda  oldimizga
 
qo’ygan  buyuk  maqsadlarimiz,  ezgu  niyatlarimizga  erishishimiz,  jamiyatimizning  yangilanishi, 
hayotimizning  taraqqiyoti  va  istiqboli  amalga  oshirayotgan  islohotlarimiz,  rejalarimizning 
samarasi,  taqdiri  bularning  barchasi,  avvalambor,  zamon  talablariga  javob  beradigan  yuqori 
malakali,  ongli  mutaxassis-kadrlar  tayyorlash  muammosi  bilan  chambarchas  bog’liqligini 
barchamiz  anglab  yetmoqdamiz" 
(Karimov  I.A.  Barkamol  avlod
 
– O’zbekiston
 
taraqqiyotining 
poydevori.  -T.:  O’zbekiston,  1997.  B.  5-6.)  Ushbu  fikrlar  ilm-fan,  ta‘lim,  ilmiy-tadqiqot  va 
texnologik faoliyat sohalarida yosh kadrlar tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy ijodiyotni, uning 
qonuniyatlari va mexanizmini o’rganish zamon talabi ekanligini bugun hayotning o’zi tasdiqlab 
turibdi.
 
Mustaqillik yillarida  erishilgan yutuqlar va taraqqiyot darajamiz  kichik biznes  va  xususiy 
tadbirkorlik sohasini yanada keng rivojlantirish iqtisodiyotimizni taraqqiy ettirishdagi muhim omil 
ekanligini ko’rsatdi. Bugungi kundagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri aholini, ayniqsa, 
yoshlarni ish bilan ta‘minlashdan iborat. Bu esa, o’z navbatida, mazkur sohani rivojlantirish qulay 
tadbirkorlik muhitini yaratish bilan chambarchas bog’liq.
 
Iste‘dodli  va  iqtidorli  yoshlarni  moddiy  rag’batlantirish  va  ma‘naviy  qo’llab-quvvatlash 
maqsadida chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish salohiyatli yoshlarning kelajakda 
yurtimiz ravnaqi yo’lida sobitqadamlik bilan faoliyat yuritishlarini ta‘minlashning muhim sharti 


177 
hisoblanadi.  Shu  maqsadda  mamlakatimizda  yoshlarni  moddiy  rag’batlantirish  va  ma‘naviy 
qo’llab-quvvatlashning  samarali  tizimi  shakllandi.  Iste‘dodli  yoshlarni  izlab  topish,  ularga 
ko’maklashish, ularning qobiliyati va iste‘dodini o’stirish bo’yicha maxsus jamg’armalar tashkil 
etildi.  Yoshlarni  rag’batlantirish  maksadida  oliy  o’quv  yurtlarida  bakalavr,  magistr  va  yosh 
tadqiqotchilar  uchun  davlat  stipendiyalarining  turli  shakllari  joriy  etilgan.  Ularning  eng  yuqori 
darajadagisi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasidir. Ushbu stipendiya 11 yo’nalish 
bo’yicha bakalavr va magistrlarga hamda 5 yo’nalish bo’yicha yosh ilmiy xodimlarga beriladi. 
Bakalavrlar  uchun  muayyan  yo’nalishlar  bo’yicha  Alisher  Navoiy,  Ulug’bek,  Beruniy,  Al-
Buxoriy, Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyalari ham mavjud.
 
Mustaqillik yillarida mamlakatda yosh oilalar manfaatlarini ta‘minlash davlat siyosatining 
muhim  yo’nalishiga  aylandi.  2007  yil  18  mayda  qabul  qilingan  "Yosh  oilalarni  moddiy  va 
ma‘naviy  qo’llab-quvvatlashga  doir  qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risida"gi  Farmon  yosh 
oilalarni  moddiy  va  ma‘naviy  qo’llab-quvvatlashni  yanada  kuchaytirishga  yo’naltirilgan  ezgu 
ishlarning mantiqiy davomidir.Farmon asosida "Yosh oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga doir 
chora-tadbirlar to’g’risida"ga hukumat qarori qabul qilindi. O’zbekistonda shu yili 2 ming 400 ta 
kvartira foydalanishga topshirilgan, ana shu uylarni sotib olishda qulay imkoniyat yaratish uchun 
minglab yosh oilalarga 15 yil muddatga mo’ljallangan
 
Yoshlarning har tomonlama qo’llab-quvvatlab, rag’batlantirib borilishi, umuman, iste‘dodli 
yoshlarga  berilayotgan  e‘tibor  ularning  hayotga  qiziqishlarini  kuchaytiradi,  ijodiy  va  ilmiy 
faoliyatga,  tadbirkorlikka  jalb  etilganlar  safini  yanada  kengaytirish  imkonini  beradi.  Bu  esa 
respublikamizda  olib  borilayotgan  yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  eng  yaxshi  samaralaridan 
biridir.
 
Mustaqil O’zbekistondagi ijtimoiy o’zgarishlar yosh avlodning jamiyatdagi o’rni masalasiga 
yangicha  yondashishni  taqozo  etmoqda.  Mamlakat  intellektual  va  ma‘naviy  salohiyatini 
yuksaltirishdan  manfaatdor  ekanligi,  globallashuv  sharoitida  bilimlilik  mamlakatni  iqtisodiy 
rivojlangirish  va  uning  milliy  boyligini  ko’paytirishning  muhim  tarkibiy  qismiga  aylanib 
borayottanligi, aholining yuksak ma‘naviy darajasi esa yoshlarda huquqiy madaniyatni, erkin va 
demokragik huquqiy davlatda yashash hamda mehnat qilish qobiliyatini shakllantirish, o’z huquq 
va  erkinliklarini  anglash,  ulardan  shaxs,  davlat  hamda  jamiyat  manfaatlari  yo’lida  foydalanish 
imkonini  beradi.  Yoshlarning  ma‘naviy  darajasi  yuqori  bo’lgan  taqdirdagina  ular  ijtimoiy 
hayotning taraqqiyot qonunlarini, huquqiy davlat mohiyatini chuqur idrok etishi mumkin.
 
Binobarin, hukumatimiz yoshlar bilan ishlashda, eng dadil istiqbol rejalarini tuzishda asosiy 
e‘tiborni, avvalo, ularni tabiatimizga begona bo’lgan g’arazli oqimlardan asrab, zamonaviy bilim 
va tajribaga, intellektual salohiyat va ilg’or texnologiyalarga ega, ma‘naviy yuksak, komil insonlar 
etib  voyaga  yetkazish,  ularning  jamiyatda  o’z  oldiga  qo’ygan  strategik  maqsadlariga  erisha 
olishiga, "XXI asr bilim va tafakkur asri" talablariga mos bo’lishiga va bunday hayotda munosib 
o’rin egallashiga qaratadi.
 
2016 yildan mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda tub burilish 
davri  boshlandi.  2016  yil  14  sentabrda  33  moddadan  iborat  Yoshlarga  oid  davlat  siyosati 
to’g’risidagi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy 
prinsiplari, asosiy yo’nalishlari belgilab berildi.
 
2017  yil  5  iyulda  Yoshlarga  oid  davlat  siyosati  samaradorligini  oshirish  va  O’zbekiston 
yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Farmoni (PF-5106) e‘lon qilindi. 
2017  yil  30  iyunda  O’zbekiston  Prezidenti  SH.Mirziyoyev  Kamolot  yoshlar  ijtimoiy 
harakatining 
4  quriltoyida  ishtirok  etib,  Jismoniy  va  ma‘naviy  barkamol  yoshlar  –  bugungi  va 
ertangi  kunimizning  hal  qiluvchi  kuchidir  mavzusida  ma‘ruza  qildi.  Ushbu  ma‘ruzada 
Prezidentimiz  harakatning  16  yillik  faoliyatini  tahlil  qilib,  o’tgan  davrdagi  faoliyatiga  tanqidiy 
baho  berdi  va  uni  yangi  mazmundagi  tashkilotga  –  O’zbekiston  yoshlar  ittifoqiga  aylantirishni 
taklif qildi. Ma‘ruzada shuningdek, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi qoshida 
Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni  tayyorlash institutini  tashkil etish, Eng 
kitobxon maktab, Eng kitobxon mahalla, Eng kitobxon oila kabi yo’nalishlarda tanlovlar o’tkazish, 


178 
Yoshlar  nashriyot  uyini  tashkil  etish,  yoshlarga  harbiy  ta‘lim-tarbiya  beradigan  kursantlar 
maktabiga  “Temurbeklar  maktabi”  deb  nom  berish,  turli  soha  va  tarmoqlarda  katta  natijalarga 
erishib kelayotgan yigitlar uchun “Mard o’g’lonlar” nomli Davlat mukofotini ta‘sis etish, jamoat 
ishlarida faol yigit-qizlarimizni taqdirlash maqsadida Kelajak bunyodkori medalini ta‘sis etish va 
har yilning 30 iyun sanasini Yoshlar kuni deb e‘lon qilish taklif etildi. Prezidentimiz
 tashabbuslari 
qurultoy qatnashchilari tomonidan bir ovozdan qo’llab-quvvatlandi.
 
2017  yil  21  noyabrda  Prezident  qarori  bilan  «Mard  o’g’lon»  davlat  mukofoti  ta‘sis  etildi 
(PQ-3402). 
2018 yil 27 iyunda Yoshlar-kelajagimiz Davlat dasturi qabul qilindi (PF-5466). 
2019 yil 19 martda O’zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoyev tomonidan yoshlar ma‘naviyatini 
yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta tashabbus ilgari surildi. 
Bular quyidagilardan iborat:
 
I. O’quvchi-talabalarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san‘atning boshqa turlariga 
qiziqishlarini oshirish.
 
 
II.
 
O’quvchi-talabalarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o’z qobiliyatini 
namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish. 
 
III.
 
O’quvchi-talabalar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali 
foydalanishni tashkil etish. 
IV. O’quvchi-talabalar ma‘naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib 
qilish.
 
V. O’quvchi va talaba qizlarni ish bilan ta‘minlash ishlarini tizimli tashkil etish.
 
Xulosa qilib aytganda Yoshlar Ittifoqi hali O’zbekiston SSSR tarkibida bo’lgan 1991 yili 
avvalgi Komsomol tashkiloti o’rnida tashkil topgan va 1996 yilgacha amal qilgan. 1996 yil aprel 
oyida I.Karimov farmoni bilan Kamolot jamg’armasi tuzilgan. Kamolot jamg’armasi 2001 yilda 
Yoshlar  ijtimoiy  harakatiga  aylantirilgan  edi.  2017  yil  iyul  oyida  Prezident  SH.Mirziyoyev 
tashabbusi bilan tashkilot nomi Yoshlar ittifoqiga o’zgartirildi.
 
Yoshlar  bilan  ishlash  masalasi,  ularni  tadbirkorlikka  keng  jalb  etish,  ularning  bandligini 
ta‘minlash  maqsadida  Yoshlar  –  kelajagimiz  jamg’armasi  faoliyati  yanada  kengaytirildi.  2019 
yilda  jamg’arma  uchun  2  trillion  so’mdan  ziyod  mablag’  ajratilib,  shu  orqali  50  mingdan  ortiq 
yangi ish o’rni yaratildi.
 
2019 yilda farzandlarimizning turli radikal va zararli g’oyalar ta‘siriga tushib qolishiga yo’l 
qo’ymaslik uchun davlat-xususiy sheriklik asosida yangi madaniyat va istirohat bog’lari tashkil 
etildi.  Ular  zamonaviy  yoshlar  maskanlariga  aylantirildi.  Ushbu  bog’lar  tarkibida  birinchi 
navbatda  sport  maydonchalari,  amfiteatr  va  kichik  sahnalar,  kutubxona,  Kitob  kafelari  tashkil 
etildi.  Bugungi  kunda  yoshlarimizning  bilim  va  ma‘lumot  olishining  asosiy  manbai  Internet 
hisoblanadi.  Tadbirkorlarni  qo’llab-quvvatlagan  holda,  jamoat  joylarida  bepul  Wi-Fi  hududlari 
tashkil etildi.
 
2020 yil 30 iyunda O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh 
qilish  va  yangi  bosqichga  olib  chiqish  chora-tadbirlari  to’g’risida  O’zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  Farmoni  (PF-6017)  qabul  qilindi.  Unga  ko’ra  2020  yil  30  iyunda  Vazirlar 
Mahkamasi huzurida O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi (PQ-4768). 
Hukumat  qarori  bilan  2020  yil  11  sentabrda  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining 550-raqamli qarori bilan Yoshlar ishlari agentligi to’g’risidagi Nizom tasdiqlandi. 
Nizomga ko’ra, Agentlikning qabul qilgan qarorlari davlat organlari, boshqa tashkilot va ularning 
mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi. 
Agentlik yuridik shaxs hisoblanib, o’z nomi yozilgan va Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr 
va  blankalarga,  mustaqil  balansga,  shaxsiy  g’azna  hisobvaraqlariga,  bank  hisobvaraqlariga  ega 
bo’ladi.
 
Agentlik  tizimiga  agentlikning  markaziy  apparati,  hududiy  bo’linmalari,  Yoshlar 
muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, «Yoshlar media xoldingi» AJ 
kiradi.
 


179 
Hududiy  bo’linmalar  (tumanlar  va  shaharlar  bo’limlari  bundan  mustasno)  yuridik  shaxs 
tashkil etgan holda faoliyat yuritadi.
 
Agentlikning asosiy vazifalaridan biri – yoshlar bilan bog’liq soha va yo’nalishlarda yagona 
davlat  siyosatini,  strategik  yo’nalishlar  va  davlat  dasturlarini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish 
hisoblanadi.
 
O’z  navbatida,  Yoshlar  ittifoqi  nodavlat-notijorat  tashkilot  sifatida  faoliyatini  davom 
ettiradi. 
2020 yil 25 dekabr kuni Toshkentdagi Humo arena majmuasida Respublika yoshlarining forumi 
bo’lib o’tdi. Shavkat Mirziyoyev forum doirasida yoshlar bilan uchrashib, muloqot qildi. Uchrashuvda 
yoshlarni  qiynayotgan  muammolar  yechimiga  oid  rejalar  bayon  qilindi,  vazifalar  belgilandi. 
Prezidentimiz o’z nutqida quyidagi muhim yangiliklar joriy qilinishini ma‘lum qildi:
 

 
Ikki va undan ortiq farzandi oliy o’quv yurtida shartnoma asosida o’qiyotgan oilalarga 
imtiyozli ta‘lim krediti berish yo’lga qo’yiladi. Bu kreditlarni yoshlar OTMni bitirib, ishlashni 
boshlaganlaridan keyin uzishi mumkin bo’ladi.



 
2021 yildan OTMlarga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to’plagan 200 nafar yosh 
uchun Prezident granti joriy etiladi. Hozirgi Prezident stipendiyasi faqat bir o’quv yili uchun 
mo’ljallangan bo’lsa, ushbu grant mablag’lari to’rt yil davomida to’lab boriladi.



 
IELTS, TOEFL, GMAT va SAT kabi imtihonlarda maksimal ballning kamida 75 
foizini to’plagan yoshlarning imtihon xarajatlari to’liq qoplab beriladi.


 
Hukumatga yosh kadrlar uchun belgilangan sinov muddati davrida ish beruvchilarga 
imtiyozlar taqdim etish masalasini ko’rib chiqish vazifasi topshirildi.



 
Yoshlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo 
vazirligi qoshida alohida jamg’arma tashkil etiladi va unga 100 million dollar mablag’ ajratiladi.



 
Jamg’arma yoshlarning loyihalarini qulay shartlarda va past foizlarda moliyalashtiradi. 
Bundan tashqari, kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarish binolari qurilib, yoshlarga imtiyozli 
shartlarda ijara va lizing asosida beriladi.


 
Kasb-hunar hamda tadbirkorlik ko’nikmalariga o’qitish orqali maxsus sertifikat olgan 
yoshlarga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past stavkada mikrokreditlar ajratiladi. Bu 
kreditlar  7 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan beriladi. Bu  maqsadlar  uchun  2021 yilda  45 
million dollar ajratiladi.


 
Toshkent shahrida zamonaviy muhtasham kutubxona barpo etiladi va bu ma‘rifat 
saroyi ilm-fanning so’nggi yutuqlari asosida jihozlanadi.



 
Maktab o’quvchilari va oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida Bo’lajak olim tanlovini 
tashkil qilish orqali yoshlarning eng yaxshi innovatsion hamda startap loyihalariga 50 milliard 
so’m mablag’ yo’naltiriladi.

Hayotda endigina o’z yo’lini izlayotgan, har imkoniyatga umid bilan qarayotgan yoshlar 
uchun ushbu islohotlar ularning kelajakka ishonchi va intilishlarini yanada yuksaltiradi.

 
 



Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish