Politexnika instituti



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

Maqom
 
– musiqa san‟ati durdonasi”
 nomli ma‘ruza qildi.
 


162 
2018  yil  1  noyabrda  Xalqaro  baxshchilik  festivalini  o’tkazish  to’g’risidagi  O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining qaroriga ko’ra mazkur festival har ikki yilda bir marta, 5-10 aprelda 
o’tkazish belgilandi.
 
2018 yil 29 iyunda O’zbekiston davlat filarmoniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari 
to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-3813) qabul qilindi. 
2019  yil  6 aprel  kuni  Surxondaryoda  Xalqaro  baxshichilik  san‘ati  festivali  ochildi. Unda 
Prezident SH.Mirziyoyev Folklor san‘ati – insoniyatning bolalik qo’shig’i nomli ma‘ruza qildi.
 
2019 yil 14 mayda  Baxshichilik san‘atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-4320) e‘lon qilindi. 
2019  yil  30  avgustdan  boshlab  Toshkentda  Xareografiya  oliy  maktabi  yangi  zamonaviy 
binoda o’z ishini boshladi.
 
Muzey.  Jamiyat  madaniy-ma‘rifly  hayotida,  aholida  tarixiy  xotirani  tiklash  va 
mustahkamlashda muzeylarning ahamiyati katta. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida mavjud 
muzeylarni  ta‘mirlash,  ularni  yangi  eksponatlar  bilan  boyitish,  yangi  muzeylar  barpo  etishga 
alohida e‘tibor berildi.
 
1992-yilda Namanganda ulug’ o’zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda hofiz 
Hojixon  Boltaboyev  nomli  maqomchilar  muzeyi,  Urganchda  Xorazm  amaliy  san‘ati  va  tarixi 
muzeyi,  Buxoroda  temirchilik  muzeyi,  Samarqand  vilovatining  Oqtosh  shahrida  xalq  baxshisi 
Islom shoir Nazar o’g’lining uy-muzeyi, 1993-yilda Toshkentda o’zbek ayollari orasidan chiqqan 
birinchi  huquqshunos  olima  Xadicha  Sulaymonova  muzeyi,  O‘zbek  raqqosasi  Mukarrama 
Turg’unboyeva  muzeyi,  Navoiy  viloyatining  Tomdi  tumanida  mashhur  cho‘pon,  ikki  marta 
Mehnat  Qahramoni  Jaboy  Bashmanov  muzeyi,  1994-yilda  Toshkentda  xalq  rassomi  Usta 
Muhiddin  Rahimov  muzeyi,  1996-yilda  O‘zbekiston  Gidrometeorologiya  muzeyi,  1997-yilda 
Buxoroda mashhur zarb qiluvchi Salim Hamidov muzeyi, shuningdek, oliy ta‘lim muassasalarida 
ko’plab muzeylar ochildi.
 
1996-yil 1-sentabr kuni Toshkentda Osiyoda yagona bo’lgan Olimpiya shon-shuhrat muzeyi 
ochildi.  Bu  muzey  o’zbekistonlik  sportchilarning  xalqaro  musobaqalaridagi  muvaffaqiyatlarini 
namoyish etadigan, mamlakatimizda sport harakatining rivojini rag’batlantiradigan markaz bo’lib 
qoldi.
 
1996-yil 18-oktabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Muzey temuriylar 
davri ruhini aks ettiruvchi o’sha davrga xos tarixiy jihozlar, qurol-aslahalar, lashkarboshilar va 
oddiy  jangchilarning  kiyim-boshlari,  oltindan  yasalgan  uy-buyum  ashyolari,  musiqa  asboblari, 
Amir  Temur,  Bobur  qo’lyozmalari,  Ulug’bekning  astronomik  qurilmalari  va  boshqa  2000  dan 
ortiqroq  tarixiy,  madaniy  yodgorliklar  bilan  jihozlangan.  Temuriylar  tarixi  davlat  muzeyi 
O‘zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  madaniy,  ma‘naviy,  ma‘rifiy  ishlar,  ilmiy  tafakkur 
markaziga aylandi.
 
O‘zbekiston  tarixi  davlat  muzeyi  yangi  binoga  ko’chirildi  hamda  ajdodlarimizning  ko’p 
ming  yillik  hayoti  va  madaniyatini  ilmiy,  xolisona  aks  ettiruvchi  yangi  eksponatlar  bilan  qayta 
jihozlandi. O‘zbekiston davlat san‘at muzeyi Yaponiya hukumaii tomonidan beg’araz ajratilgan 
38,8 mln iyen pul mablag‘i hisobiga ta‘mirlandi, yangi muzey jihozlari, asbob-uskunalari bilan 
yanada boyidi.
 
O‘zbekiston Prezidentining 1998-yil 12-yanvardagi Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash 
va  takomillashtirish  to’g’risidagi  Farmoni  va  uning  bajarilishini  ta‘minlashga  qaratilgan 
respublika hukumatining Muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatiash masalalari to’g’risidagi Qarori 
mamlakatimizda  muzey  ishini  rivojlantirish  istiqbollarini  belgilab  berdi.  Madaniyai  ishlari 
vazirligi,  Oltin  meros  jamg’armasi,  Badiiy  akademiya,  Moliya  vazirligi,  Mehnat  vazirligi 
muzeylar  rahbariyati  bilan  hamkorlikda  muzeylarning  rivojlanishi  va  moliyaviy  ta‘minoti 
bo’yicha  dastur
 
ishlab  chiqildi.  Muzeylar  davlat  muhofazasiga  olindi,  ularni  ta‘mirlash,  muzey 
eksponatlarini boyitish davlat budjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlandi. Muzeylar 
faoliyatini  muvofiqlashtirish,  ilmiy-uslubiy  yordam  ko’rsatish,  moddiy  jihatdan  qo’llab-
quvvatlash  maqsadida  1998-yilda  O‘zbekmuzey  Respublika  jamg’armasi  tuzildi.  Aholining 
muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko’maklashuvchi Moziydan sado jurnali ta‘sis etildi va 


163 
u  1999-yildan  boshlab  o’zbek,  rus  va  ingliz  tillarida  nashr  etila  boshlandi.  Faqat  1999-yilda 
muzeylarning asosiy fondi 7544 ta tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan boyidi. 
O‘zbekistonda  90  dan  ortiq  davlat  va  1200  dan  ortiq  jamoatcnilik  muzeylari  faoliyat 
ko’rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi 
nodir  buyumlar  –  eksponatlar  saqlanmoqda  va  aholiga  namoyish  dilmoqda.  Mamlakatimizning 
me‘moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro’yxatiga kiritilgan. 2500 ta me‘moriy 
obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san‘at asari davlat muhofazasiga olingan. 
Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo’riqxonalarida butun dunyoda eng nodir 
tarixiy  yodgorliklar,  me‘moriy  obidalar,  monumental  san‘at  asarlari  saqlanib  qolgan,  davlat 
muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e‘tirof etilgan.
 
Mustaqillik  sharofati  bilan  Samarqand  muzey-qo’riqxonasining  Registon  maydoni 
yodgorliklari,  Shohizinda,  Bibixonim  me‘moriy  majmuasi,  Amir  Temur  maqbarasi,  Afrosiyob 
muzeyi, Ruhobod majmuasi, Buxorodagi Kalon minorasi va masjidi, Mir-Arab madrasasi, Savdo 
gumbazlari,  Sitorayi  Mohi  Xosa  ansambli,  Bahouddin  Naqshband  majmuasi,  Xivaning  Ichan 
qal‘asidagi  Ko’hna  ark,  Muhammad  Aminxon  madrasasi  va  masjidi,  Islomxo’ja  minorasi, 
Toshhovli saroyi, Jome masjidi, Shahrisabzdagi Dor-us-saodat, Dor-ut-tilovat ansambllari, Amir 
Temurning Oq saroyi, Termizdagi Hakim at-Termiziy, Imom Termiziy, Sulton Saodat,  Qirqqiz 
me‘moriy yodgorlik majmualari qayta ta‘mirlandi. Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzdagi 
betakror me‘moriy yodgorliklar jahon xalqaro madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgan.
 
Mustaqillik yillarida xalqimizning me‘moriy obidalari qatoriga yangidan barpo etilgan Amir 
Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek, Ahmad al-Farg’oniy, Alpomish, Jaloliddin Manguberdi 
haykallari qo’shildi. 2002-yilda Termiz shahrining 2500 yilligi munosabati bilan tarixiy ashyolar, 
me‘morchilik va haykaltaroshlik san‘ati namunalari, devoriy rasmlar, uy-ro’zg’or buyumlari, turli 
taqinchoqlar bilan jihozlangan muhtasham arxeologiya muzeyi barpo etildi.
 
O‘zbekiston muzeylari aholi orasida o’lkamiz tarixi, xalq amaliy san‘ati asarlaridan iborat 
etnografik  ko’rgazmalarni  namoyish  etib,  jamiyatimiz  ma‘naviy  kamoloti  yo’lida  xizmat 
qilmoqda.  Minglab  xorijiy  sayyohlar  respublikamiz  muzey-qo’riqxonalariga  tashrif  buyurib, 
ajdodlarimizdan qolgan tarixiy yodgorliklar, obidalar, monumental san‘at asarlari oldida ta‘zim 
etmoqdalar.  Fransiya,  Turkiya,  Eron,  Pokiston,  Koreya,  Xitoy  va  boshqa  mamlakatlarda 
O‘zbekiston muzeylarining eksponatlari namoyish etildi.
 
Shu o’rinda, Vatanimiz tarixini o’rganayotgan Siz aziz o’quvchilarni ajdodlarimiz tarixini, 
madaniy  hayotini  o’zida  yorqin  aks  ettiruvchi  ko’pdan  ko’p  muzeylarga  tashrif  buyurib,  o’z 
bilimlaringizni yanada boyitib va mustahkamlab borishga taklif etamiz.
 
Istiqlolning dastlabki yillaridanoq muzeylarga alohida etibor qaratildi. 1994 yilda Madaniyat 
ishlari vazirligi tizimida turli sohalar bo’yicha 68 ta muzey mavjud edi. 1999 yilda ularning asosiy 
fondiga 7544 ta eksponat qabul qilindi. Shu yilda muzeylarga 1655400 kishi tashrif buyurdi.
 
Hozir  O’zbekistonda  133  ta  muzey  faoliyat  ko’rsatmoqda.  Ulardan  98  tasi  O’zbekiston 
Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufida bo’lib, 4 ta muzey Fanlar akademiyasi qoshida, 2 ta 
muzey  O’zbekiston  Respublikasi  Badiiy  akademiyasi  qoshida,  7  ta  muzey  boshqa  vazirlik  va 
tashkilotlar qoshida ish olib bormoqda.
 
O’zbekiston  fuqarolarini,  ayniqsa,  yoshlarni  muzey  muassasalariga  jalb  etish,  mazkur 
muassasalarning tarbiyaviy rolini oshirishga alohida ahamiyat berildi. 2014 yil 11 iyulda Vazirlar 
Mahkamasining  Davlat  muzeylarini  bolalar  va  ularning  ota-onalariga  ochiqligini  ta‘minlash 
chora-tadbirlari to’g’risidagi qarori shu ma‘noda juda ahamiyatli bo’ldi.
 
Muzeylarning  ijtimoiy-madaniy  ahamiyati  oshdi,  ularning  o’zbek  xalqi  milliy  o’zligini 
anglash  jarayonidagi  roli  kuchaydi.  Muzeylarga  e‘tibor  xorijlik  fuqarolarning  O’zbekistonga, 
uning boy va qadimiy madaniyatiga bo’lgan qiziqishini oshirdi.
 
Shanarsozlik.  Mustaqillik  yillarida  shaharsozlik  va  arxitektura  qurilishi  misli  ko’rilmagan 
darajada  avj oldi. O‘zbekiston  poytaxti  – Toshkent  shahrining qiyofasi  tubdan  o’zgardi,  yuzlab 
zamonaviy,  ko’rkam,  osmon  o’par  binolar  bunyod  etildi.  Oliy  Majlis,  Prezident  qarorgohi  – 
Oqsaroy, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyi, Simpoziumlar 
saroyi va Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonani o’z ichiga olgan Ma‘rifat markazi binosi, 


164 
Toshkent shahar hokimligi, Turkiston saroyi, Respublika birja markazi, Biznes markaz, Markaziy 
bank, Milliy bank, Banklararo moliyaviy xizmatlar markazi, Xalqaro savdo-ko’rgazma xizmatlar 
majmuasi,  O‘zbekiston  davlat  konservatoriyasi,  Interkontinental  va  Toshkent-Sheraton 
mehmonxonalari shular jumlasidandir.
 
Toshkent  shahri  ko’rkiga  ko’rk  qo’shib  turgan  Oloy,  Chorsu,  Otchopar,  Yunusobod, 
Mirobod, Parkent, Qo’yliq va boshqa bozor binolari, zamonaviy ko‘p qavatli uylar barpo etildi. 
Zamonaviy  jismoniy  tarbiya  va  sport,  sog’liqni  saqlash  muassasalari,  mustahkam  ko’priklar 
qurildi, transport yo’llari tubdan ta‘mirlandi va obodonlashtirildi.
 
Respublikamizning barcha viloyatlari markazlarida ham yirik zamonaviy ma‘muriy binolar, 
sport inshootlari, bog’lar, saylgohlar, savdo inshootlari bunyod etildi, obodonlashtirildi.
 
 
 



Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish