Politexnika instituti


  2. O’zbekiston Respublikasi tarkibida mustaqil Qoraqalpog’iston davlatining



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

192 
2. O’zbekiston Respublikasi tarkibida mustaqil Qoraqalpog’iston davlatining 
barpo etilishi.
 
Qoraqalpog’iston jamoatchiligining O’zbekiston tarkibida davlat mustaqilligi va respublika 
maqomining  huquqiy  asosga  ega  bo’lishga  intilishi  O’zbekistonning  Birinchi  Prezidenti  Islom 
Karimov tomonidan qo’llab-quvvatlandi.
 
1990 yil 14 dekabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining IV sessiyasida
 
«O’zbekiston  Respublikasi  tarkibida  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Davlat  suvereniteti 
to’g’risida Deklaratsiya» qabul qilindi. Mazkur Deklaratsiya 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan 
«O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonunda o’zining huquqiy 
asosini topdi. Unda Qoraqalpog’istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e‘tirof etildi.
 
1991  yil  11  noyabrda  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Oliy  Soveti  tomonidan 
Qoraqalpog’iston  Respublikasining  Prezidenti  lovozimi  joriy  qilinadi.  Ushbu  lavozimni 
Davlatboy Shamshetov egalladi. Ammo bu lavozim 1992 yil 20 iyunda tugatildi va uning o’rnida 
Qoraqalpog’iston Jo’qorg’i Kengesi Raisi lavozimi joriy qilindi.
 
1992 yil 9 yanvarda Qoraqalpog’iston Respublikasi qayta tashkil etildi.
 
Har  ikki  respublika  o’rtasidagi  siyosiy,  huquqiy,  iqtisodiy  va  madaniy  munosabatlar 
O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida  (XVII  bob,  70-75-moddalar)  o’z  aksini  topdi. 
Natijada  ikki  tomonlama  hurmat  asosida  qoraqalpoq  xalqining  o’z  taqdirini  o’zi  belgilash, 
mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat‘iy 
ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega 
bo’ldi.
 
Bundan  tashqari  O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida  belgilanganidek, 
Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tomonidan himoya qilinadi (70-modda).
 
Konstitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarosi ayni paytda 
O’zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga O’zbekiston xalqlarining 
barcha  huquqlaridan  foydalanish  imkonini  beradi.  Ularning  haq-huquqlari  va  erkinliklarini 
kafolatlaydi.  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  taraqqiyoti  uchun  qator  huquqiy  imkoniyatlar 
yaratildi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzurida  Qoraqalpog’iston  Respublikasining  huquqiy  vakilligi  mavjud.  O’zbekiston 
Konstitutsiyasining  86-moddasida  mustahkamlab  qo’yilganidek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisi Senati Raisining o‘rinbosarlaridan biri Qoraqalpog’iston Respublikasining vakili bo‘ladi.
 
O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  98-moddasiga  binoan  Qoraqalpog’iston 
Respublikasi hukumati rahbari lavozimi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tarkibiga kiradi. 107-moddaga binoan esa O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy 
sudi,  Oliy  xo’jalik  sudi  tarkibiga  Qoraqalpog’iston  Respublikasining  xuddi  shunday  sud 
organlarining rahbarlari kiradi. Sud hujjatlari o’zbek tili bilan birga qoraqalpoq tilida ham olib 
boriladi (115-modda).
 
Konstitutsiyaning 71-moddasida belgilab qo’yilganidek, Qoraqalpog’iston Respublikasi o’z 
Konstitutsiyasiga  ega  bo’lmog’i  kerak.  Ana  shu  huquqiy  asosga  ko’ra  Qoraqalpog’iston 
Respublikasi  Oliy  Kengashi  o’zining  XII  sessiyasida  1993  yil  9  aprelda  Qoraqalpog’iston 
Respublikasi  Konstitutsiyasini  qabul  qildi.  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Konstitutsiyasi 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hech qanday mone‘lik qilmaydi, aksincha, uni bosh 
huquqiy asos sifatida biladi va Qoraqalpog’iston hududida to’la amal qilishini ta‘minlaydi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Qonunlari  Qoraqalpog’istonning  butun  hududida  majburiy 
ekanligi e‘tirof etilgan. Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o’z taraqqiyoti tarixida birinchi marta ana 
shunday  insonparvar,  adolatli,  demokratik  imtiyozlarga  ega  bo’ldi.  Ayni  paytda  u  suveren 
respublikaning  barcha  davlat  ramzlariga  ega.  Jumladan,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Oliy 
Kengashining  1992  yil  14  dekabrda  bo’lib  o’tgan  XI  sessiyasida  Qoraqalpog’iston  Davlat 
bayrog’i, 1993 yil 9 aprelda bo’lib o’tgan XII sessiyasida Davlat tamg’asi, 1993 yil 4 dekabrda 
bo’lib o’tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga  asosan  1994  yil  25  dekabrda  Oliy 
Kengashning  75  deputatdan  iborat  yangi  tarkibi  muqobillik  asosida  saylandi.  Respublika 


193 
parlamenti  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesi  deb  ataldi.  Jo’qorg’i  Kengesning 
1995 yil 11 yanvarda Nukus shahrida bo’lib o’tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jo’qorg’i 
Kenges  Raisi,  uning  o’rinbosarlari,  mandat  komissiyasi,  8  ta  qo’mita  raislari  va  uning  a‘zolari 
saylandi. Ayni paytda deputatlar qo’mitalar raislari rahbarligida respublika qonunchilik tizimini 
yaratishda faol ishtirok etmoqdalar.
 
Xususan,  demokratik  jamiyat  qurish,  erkin  bozor  munosabatlarini  shakllantirishga 
mo’ljallangan  muhim  qonun  va  qarorlar  qabul  qilindi.  Jo’qorg’i  Kenges  Raisi  qoshida  doimiy 
harakatdagi  Kengash  tashkil  qilingan  bo’lib,  uning  tarkibiga  Jo’qorg’i  Kenges  Raisi,  rais 
o’rinbosarlari, Vazirlar Kengashi raisi, mandat komissiyasi va qo’mitalar raislari kiradi.
 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi  ijroiya  hokimiyat  organi  Vazirlar  Kengashi  hisoblanadi. 
Uning tarkibiga rais, ikkita birinchi o’rinbosar va 4 ta tarmoq o’rinbosarlari kiradi. Shuningdek, 
ijroiya  hokimiyat  tarkibiga  vazirliklar  va  qator  tarmoq  qo’mitalari  rahbarlari  ham  kiradi. 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi  Toshkent  shahrida  O’zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi qoshida o’zining ish olib boruvchi doimiy vakiliga ega.
 
Qoraqalpog’iston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan qator jamoat tashkilotlari bu yerda 
demokratik  jarayonlarning  tobora  qaror  topayotganidan  dalolat  beradi.  Ayni  paytda  respublika 
hududida  hukumatga  qarashli  bo’lmagan  qator  tashkilotlar,  jumladan,  «Orol  va  Amudaryoni 
himoya qilish uyushmasi», «EKOSAN», «Aral-808», «Sog’lom avlod  uchun» singari bir qator 
xalqaro tashkilotlarning bo’limlari ish olib bormoqda.
 
Ayni  vaqtda  shuni  ta‘kidlash  joizki,  istiqlol  yillarida  Qoraqalpog’istonda  qonunchilik, 
ijroiya  va  sud  hokimiyatining  zamonaviy  tizimini  vujudga  keltirishda  dastlabki  qadamlar 
qo’yilgan bo’lsada, hali bu borada qator muammolar saqlanib qolmoqda.
 
1997  yil  17  iyul  kuni  Nukusda  bo’lgan  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i 
Kengesining navbatdan tashqari sessiyasi qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati faoliyatlarida 
davom  etib  kelayotgan  kamchiliklarni  chuqur  tahlil  qildi.  Xususan,  qabul  qilingan  Qonun  va 
qarorlarni hayotga to’la tadbiq qilishda, ijroiya intizomini qaror toptirishda hali jiddiy kamchiliklar 
borligi qayd qilindi.
 
Sessiyada Qoraqalpog’iston boshqaruv tizimida bir qator kamchiliklar mavjudligi ro’yrost 
ko’rsatib  o’tildi.  Jumladan,  Jo’qorg’i  Kenges  va  Vazirlar  Kengashi  faoliyatlaridagi  bir-birini 
takrorlash hollari tanqid qilindi. Amaliy faoliyatga xalaqit berayotgan rasmiyatchilik, hujjatbozlik, 
bo’lar-bo’lmas ma‘lumotlar to’plash kabi nuqsonlar tilga olindi. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga 
qo’yishdagi rasmiyatchilik va to’rachilik illatlariga barham berish alohida ta‘kidlandi. Jo’qorg’i 
Kenges amalda tarixga aylanib qolgan va o’tmish sarqiti hisoblangan - sho’rolar davridagi «Oliy 
Sovet Prezidiumi» rolini bajarayotgani, Jo’qorg’i Kenges qo’mitalari faoliyati o’z maqomiga va 
o’z  oldiga  qo’ygan  vazifalarga  mos  kelmayotgani,  ishlab  chiqarishga  doir  muammolar  bilan 
o’ralashib  qolayotgani  ko’rsatib  o’tildi.  Uchala  hokimiyat  organi  –  Jo’qorg’i  Kenges,  Ijro 
hokimiyati  -  Vazirlar  Kengashi  va  sud  hokimiyati  o’z  maqomi  doirasida  ish  olib  bormog’i 
lozimligi ta‘kidlandi. Ana shunda haqiqiy demokratik jamiyat shakllanadi.
 
 
 



Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish