* GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI *
* Gumanitar -ijtimoiyfanlar seriyasi, 2020.
№ 4 *
47
O’zbekistonning BMT homiyligidagi ta’lim, fan va madaniyat bilan shug’ullanuvchi
xalqaro
tashkilot –
YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993-yil 29-oktabrda
YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida O’zbekistonni YUNESKO ga a’zolikka qabul qilinishi
olamshumul voqea hisoblanadi.
1994-yil dekabrda respublikamizda YUNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston
Respublikasi
milliy komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo’lib, tarkibiga ta’lim, fan, madaniyat va axborot
sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a’zo bo’ldi. YUNESKO Markaziy
Osiyo taraqqiyotini
o’rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bergan holda "Ipak yo’li - muloqot yo’li" deb
nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi.
1995-yil iyul oyida YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari
xalqaro instituti tashkil etildi. YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayorning O’zbekistondagi
rasmiy tashrifi chog’ida 1995-yil iyul oyida mazkur institut ochildi.
Shu tariqa, O’zbekistonning
YUNESKO bilan xamkorligiga keng imkoniyatlar yaratildi,
natijada YUNESKO bilan fan,
madaniyat, maorif sohalarida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, YUNESKO bobomiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda
nishonlashga qaror qildi va 1996-yil oktabrda Parijda Amir Temurga bag’ishlangan
bir haftalik
xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri YUNESKOning
madaniy qadriyatlar ro’yxatiga kiritildi.
1997
yilda jahon madaniyatning
durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva
shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari
Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman va
ko’rgazmalar o’tkazildi. Bu O’zbekiston bilan BMTning nufuzli
xalqaro tashkiloti YUNESKO
o’rtasidagi hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi bo’ldi. BMTning ixtisoslashgan muassasalari tizimi
mavjud bo’lib O’zbekiston ularning deyarli barchasining faoliyatida ishtirok etmoqda. Shu jumladan,
ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha BMTning Ixtisoslashgan tashkiloti bo’lmish YUNESKO
ning faoliyatida ishtirok etish O’zbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O’zbekiston bilan YUNESKO hamkorligi masalasi o’rganilganda, ushbu hamkorlikning
barcha
qirralari kabi, uning xalqaro huquqiy jihatlari va tarixiy ildizlarini o’rganish ham bugungi
kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: