O'zbekiston fan, madaniyat, maorif sohasi bo'yicha bmt ning tashkiloti bilan hamkorligi (yunesko)



Download 45 Kb.
Sana31.05.2022
Hajmi45 Kb.
#623970
Bog'liq
Kurs ishi material 2


O'zbekiston fan, madaniyat, maorif sohasi bo'yicha bmt ning tashkiloti bilan hamkorligi (yunesko)
R e j a:

  1. YUNESKO ning tashkil topishi, tuzulishi, maqsad va vazifalari.

  2. YUNESKO ning dastarlari. YUNESKO ning byudjeti, rahbar organlari va qarorgohi.

  3. O'zbekistonning YUNESKO bilan hamkorligi.

1. YUNESKO ning tashkil topishi, tuzulishi, maqsad va vazifalari
YUNESKO 1946 yilda tashkil topgan bo'lib, uning maqsadi insoniyatning aql zakovati va ahloqiy birligiga asoslangan barqaror tinchlikni barpo qilishdir. Uning faoliyat doirasi maorif, tabiiy, ijtimoiy va insonparvarlik fanlarini, madaniyat va kommunikasiya sohalarini qamrab olgan.
YUNESKO dasturlari dunyo madaniyatiga ko'maklashishi, barqaror taraqqiyot va insoniyat taraqqiyoti uchun yo'naltirilgan. Ular barcha insonlar uchun maorif yutuqlarini to'playdi; ekologik tadqiqotlar uchun xalqaro ilmiy dasturlar tuzishga kumaklashadi; milliy madaniyatni ruyobga chiqishini qo'llab quvvatlaydi; dunyoviy meros hisoblangan boyliklarni saqlash va kengaytirishga axborotlar oqimi va matbuot erkinligiga yordam beradi, shuningdek, rivojlanayotgan davlatlarning kommunikasiya imkoniyatlarini oshirishga ko'maklashadi.
YUNESKO milliy komessiyalar, assosiasiyalar, markaz va klublar kumagidan foydalanadilar. U395 dan ortiq noxukumat tashkilotlari va jamg'armalar, shuningdek xalqaro hamda xududiy birlashmalar bilan hamkorlik qiladi.
YUNESKOning rahbar organi barcha a'zo davlatlarni jamlagan Bosh Konferensiyalar hisoblanadi, u ikki yilda bir marta chaqiriladi. Konferensiyada qabul qilingan dasturlar bajarilishini Bosh Konferensiyada saylangan 58 a'zodan iborat Ijroya kengash kuzatib boradi.


Bosh direktor : Federiko Mayor. Saragosa(Ispaniya)
Bosh qarorgox : Parij.


2.YUNESKO ning dastarlari. YUNESKO ning byudjeti, rahbar organlari va qarorgohi

  1. O'zbekistonning YUNESKO bilan hamkorligi.

O'zbekiston jahon hamjamiyati bilan integrasiyalashuvida BMT doirasidagi ixtisoslashgan tashkilot bilan hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Jumladan, uning BMT homiyligida ta'lim, fan va madaniyat bilan shug'ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO bilan aloqalari tobaro mustaxkamlanib bormoqda. 183 davlat a'zo bo'lgan YUNESKO ning bosh maqsadi – barcha xalqlar kelajagining umumiyligi asoslarini ishlab chiqarish va rivojlantirish, hozirgi zamon muammolarini yanada chuqurroq o'rganishga ko'maklashishdan iborat. YUNESKO har yili o'z faoliyati doirasida jahonda 150-200 yirik tadbir o'tkazadi. YUNESKO har bir davlatdagi ilg'or tajribalarni o'rganuvchi va boshqalarga tarqatuvchi “g'oyalar laboratoriyasi” rolini bajarmoqda.


1993 yil 29 oktabrda YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida O'zbekistonni YUNESKO ga a'zolikka qabul qilish marosimi bo'ldi. O'sha kuni Ulug'bek tavalludining 600 milligini nishonlash YUNESKO dasturiga kirildi. 1994 yil oktabrda Parijda Ulug'bek haftaligi tantana bilan o'tdi. Xiva va Buxoro YUNESKO ning jahon madaniy qadriyatlar ro'yxatiga kiritildi. Bu ro'yxatda 411 ta ob'yekt bor. Samarqand, Buxoro, Xivaning me'moriy majmualarini qayta tiklash ishlariga YUNESKO eksperti qayta tiklovchi me'mor jovonni Bokkardi O'zbekistonda ishlab yordamlashmoqda.
1994 yil dekabrda respublikamizda YUNESKO ishlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo'lib, tarkibiga ta'lim, fan, madaniyat va axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a'zo bo'ldi.
YUNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o'rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda.
“Ipak yo'li – muloqot yo'li” deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi. Olti jildlik Markaziy Osiyo ma'rifati tarixi tayyorlanmoqda va nashr etilmoqda. 1992 yil va 1994 yillarda uning ikki jildi nashr etildi. Mintaqa mamlakatlari mutaxassislari unda qatnashmoqda. YUNESKO bosh direktorii Federiko Mayorning O'zbekistondagi rasmiy tashrifi chog'ida institut tantanali ravishda ochildi.
YUNESKO bobomiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996 yil oktabrda Parijda Amir Temurga bag'ishlangan xalqaro haftalik anjuman bo'lib o'tdi.
1997 yilda jahon madaniyatining durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman va ko'rgazmalar o'tkazildi. Bu O'zbekiston Bilan BMT ning nufuzli xalqaro tashkiloti YUNESKO o'rtasidagi hamkorlikning Yana bir yorqin irodasi bo'ldi.


ADABIYOTLAR RO'YXATI.

    1. Karimov I. A O'zbekiston buyuk kelajak sari. T. O'zbekiston.1997 y.

    2. Karimov.I.A O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. T.O'Uzbekiston.1992 y.

    3. O'zbekistonning yangi tarixi. Uch jildlik. T. Sharq. 2000 y.

    4. Saidov .A Xalqaro huquq. (o'quv qo'llanma) T. 2001 y.

    5. Birlashgan Millatlar Tashkiloti. Asosiy omillar. (ruschadan tarjima). T. 2000 y.

    6. Karimov A. “Amir Temur – faxrimiz g'ururimiz”. T. O'zbekiston. 1998 y.

    7. www.ziyonet.uz

Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish