Ключевые слова:
ООН, ЮНЕСКО, «Шелковый путь - путь общения», ЮНИСЕФ,
ЮНКТАД, ГАТТ, ЮНЕВОК, ОБСЕ, МОТ, Международная конвенция, «Песни Востока»
YUNESKO doirasida ishlab chiqilgan va qabul qilingan xalqaro hujjatlarga O’zbekistonning
qo’shilishi madaniy boyliklarimizning jahon hamjamiyati tomonidan xalqaro huquqiy himoya
qilinishiga, O’zbekistonning ilmiy potensiali, fani, madaniyati, tarixiy dasturlari, noyob arxeologik va
me’moriy majmualarini, milliy va manaviy durdonalarini targ’ib qilishga va bu sohadagi ishlarining
samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar ochib berilishi bilan birga ushbu sohaga tegishli
qonunchiligimizning yanada rivojlanishiga, shuningdek, O’zbekistonda ta’lim, fan, madaniyat,
informatika va kommunikatsiya texnologiyalarining yanada taraqqiyot sari rivojlanib, jahondagi eng
ilg’or va nufuzli davlatlar qatoridagi o’z o’rnida muhkammal qolishiga yordam beradigan
imkoniyatlarga e’tibor qaratilgan.
Sababi, O’zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning uzoq yillar davomida olib borgan
og’ir va mashaqqatli kurashining qonuniy natijasidir. Endilikda xalqimizning o’z taqdiri o’z qolida,
o’z mamlakatining mustaqilligini mustahkamlash yo’lida astoydil mehnat qilmoqda. O’zbekiston
mustaqil davlat sifatida xalqaro Konventsiyalarga va BMT, EXHT, XMT kabi jahonning nufuzli
tashkilotlarigi a’zo bo’ldi.[1] O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan kunidan boshlab
jahondagi nufuzli mamlakatlar bilan davlatlararo aloqalar o’rnatish va uni rivojlantirish yo’lini tutdi,
tashqi siyosatning asosiy yo’nalishlarini belgilab oldi va nihoyat BMT ning 15 ta ixtisoslashgan
tashkilotlaridan biri-YUNESKO ga 1993-yilning 29-oktyabrida a’zo bo’lgan davrdan boshlab, hozirgi
kungacha bo’lgan xamkorlik natijalari maqolada bayon etilgan.
Shuningdek, maqolada vatanimizning milliy istiqlol davridagi YUNESKO tashkiloti bilan
aloqalarini va uning tarixini yoritishga kengroq o’rin berilgan.
Va nihoyat, O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, dunyodagi yirik,
rivojlangan mamlakatlar bilan o’zaro manfaatli siyosiy-diplomatik, iqtisodiy, madaniy aloqalari keng
yoritilgan. Eng asosiysi O’zbekiston tarixan qisqa muddatda jahon hamjamiyatida munosib o’rin
egallashi, global masalalarda o’zining mustaqil ovoziga ega bo’lgan davlat darajasiga ko’tarilishiga
oid ma’lumotlar o’rin egallagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |