ISSUE 9. SENTABR
safarda insonga mashaqqatlar tikani
sanchilishini, lekin har bir qadamdan so‗ng
maqsad guli ochilishini juda chiroyli
tashbehlar bilan tasvirlaydi. Darhaqiqat ,
safarga chiqish, yo‗l yurish, sayohat qilish
orqali inson ko‗p narsalarga erishadi.
Avvalo, safardan ko‗zlangan maqsadiga - u
turlicha bo‗lishi mumkin – xizmat safari,
sayohat-tomosha safari, Haj safari, kimnidir
izlab yoki qadrdonlar bilan diydorlashish
uchun safar, xorijda ta‘lim olish yoki ishlash
uchun safar qilish va h. Bu ro‗yxatni uzoq
davom ettirish mumkin. Zero, insonlar ko‗p,
maqsadlar turfa. Ikkinchidan, zarur bilimga
- safar insonning ilmiy, ma‘naviy
dunyosini boyitadi. Safar davomida kishilar
tajriba orttiradilar, o‗zlari uchun yangi-yangi
bilimlarni kashf qiladilar: no‘malumlari
ma‘lum bo‗ladi, mavhumlari aniqlashadi.
Uchinchidan, safar insonni toblaydi, sabr-
toqatga o‗rgatadi, irodasini mustahkam
qiladi. Mashaqqatlarni yengish asnosida
inson ruhiy-ma‘na‘viy kamolotga erishib
boradi.
Adabiyot – insonshunoslik ekan, uning
bosh tasvir obyekti inson va uning hayoti,
kechmishi ekan, u bilan bog‘liq boshqa
omillar qatori safar motivi ham badiiy
adabiyotda eng ko‗p murojaat qilinadigan
mavzulardan biridir. Xalqimizning
bebaho durdonalaridan hisoblangan o‗zbek
folklori namunalari, xususan, ertak janrida
ham safar maqsadidan kelib chiqqan holda
turli ko‗rinishlarda namoyon bo‗ladi.
Masalan, qahramonlari hayvonlar bo‗lgan
―Susambil‖ ertagida eshak, ho‗kiz, xo‗roz,
arilar, kalamushlar o‗zlari uchun ―ideal
makon‖ hisoblangan - ―o‗tning bo‗lig‗i,
suvning tinig‗i‖ Susambilga hayotlarini
asrab qolish, azob-uqubatlarga barham
berish, bundan buyog‗iga farovon hayot
kechirish uchun yolga otlanadilar[4:45]. Bu
yerda safarga chiqish, mavjud turmushdan
voz kechib, yangi hayot sari otlanish juda
muhim vazifa bajaradiki, hayvonlar
vositasida mashaqqatlardan ezilgan xalqning
o‗z ideallari tomon intilishi, safar chog‘i
tanishgan hamrohlarning keyinchalik butun
bir jamoaga aylanishi tasvirlangan, desak
mubolag‗a bo‗lmaydi. Ushbu o‗rinda
hammaslaklik (Susambilni izlab topish
istagi), iqtisodiy tanglik (jonivorlarlarning
deyarli barchasi och edi), insonlardan
xizmati evaziga jabr ko‗rish (ho‗kiz, eshak,
xo‗roz) turli hayvonlarni birlashtirgan
bo‗lsa, ―Egri va To‗g‗ri‖ ertagida, aksincha,
bir yo‗ldagi ikki insonning tabiatlari,
xarakter xususiyatiga ko‗ra safardosh bo‗la
olmagani aks etadi. Xalqimizda ―insonni
sinamoqchi bo‗lsang birga safarga chiq‖
maqoli bejiz yuzaga kelmagan. Ismi jismiga
monand To‗g‗rivoy yo‗ldosh topilganidan
xursand bo‗lib, ishonuvchanligi oqibatida
bor-budini Egrivoyga boy beradi. Yo‗l
mashaqqatlariga duch kelgan bo‗lsa-da,
oqko‗ngilligi tufayli safar so‗ngida go‗zal
baxtga erishadi[4:337]. Bunday syujet
yozma adabiyotda ham ko‗plab uchraydi.
Masalan, Alisher Navoiyning ―Xamsa‖ asari
(―Hayrat ul-abror‖, ―Sab‘ai sayyor‖) dan
o‗rin olgan ―Muqbil va mudbir‖ nomli ikki
hikoyat ham ayni mazmunga ega. Ushbu
- 168 -
Volume 1 Issue 05, May 2021
ISSN 218
Do'stlaringiz bilan baham: |