ayrim ish qog‗ozlarini (ariza, tarjimai hol,
e‘lon, tushuntirish xatini) yozish;
10-sinfda
o‗rganilgan ish qog‗ozlarini
to‗g‗ri yoza olish;
90-100 so‗zdan iborat
matn asosida diktant, 2-2,5 bet hajmida
ijodiy matn (kichik insho) yozish;
11-sinfda
o‗rganilgan ish qog‗ozlarini
to‗g‗ri yoza olish;
100-110 so‗zdan iborat
matn asosida diktant yoza olish, 2,5 -3 bet
hajmida ijodiy matn (insho) yozish talablari
belgilanganini ko‗rsatdi [6].
DTS talablarida 9-va 10-sinflarda diktant
yozish talablarida o‗sish ko‗rsatkichlari bir
xil belgilangani e‘tiborga olinmaganida,
yozishga doir ko‗nikmalarni
shakllantirishga ancha e‘tibor qaratilganini
ko‗rish mumkin. Ushbu sinflar darsliklarida
ham yozish amali bo‗yicha mashq va
topshiriqlar etarli miqdorda berilgan.
Jumladan, amaldagi 5-11-sinflar
darsliklarida:
-
so‗zlarni ko‗chirib yozing;
-
gaplarni ko‗chiring;
-
nuqtalar o‗rnini to‗ldiring;
-
gaplarni davom ettiring;
-
nuqtalar o‗rniga berilgan (so‗zlar,
qo‗shimchalardan) mosini qo‗yib
yozing;
- 10 -
Volume 1 Issue 05, May 2021
ISSN 218
ISSUE 9. SENTABR
-
berilgan so‗zlarni o‗zaro bog‗lab
gap tuzing;
-
savollarga javob yozing;
-
javoblarga mos savollar yozing;
-
matndagi aosiy fikrni aniqlang va
ko‗chirib yozing;
-
matnni to‗ldiring yoki davom
ettiring;
-
matnga sarlavha qo‗ying yoki
sarlavha aosida matn tuzing;
-
berilgan so‗z va so‗z
birikmalaridan foydalanib,
gaplarni to‗ldiring kabi topshiriqlar
berilgan [7].
Ko‗rinadiki, ushbu topshiriqlarda aynan
husnixat talablari asosida yozish talabi
qo‗yilmagan. Amaldagi darsliklarda
quyidagi kabi topshiriqlar berilgan:
1.
Kirill yozuvidagi ushbu matnni
lotin yozuviga o`girib yozing. Har
ikki alifboda bir xil yoziladigan,
qisman farq qiladigan va to`liq
farq qiladigan harflarni 3 ustunga
ajratib yozib chiqing.
2.
Matndagi spetsifik nutq tovushlari
mavjud bo`lgan so`zlarni
ko`chiring va ular ishtirokida
namunadagidek so`z birikmalari
tuzing.
Namuna:
qadimgi - qadimgi xalqlar, …
3.
Savollarga javob bering,
javoblaringizda spetsifik nutq
tovushlarini to`g`ri talaffuz
qilishga harakat qiling.
4.
Berilgan maqollar va
topshiriqlardagi tovush o`zgarishli
so`zlarni aniqlab, qanday tovush
o`zgarishi yuz berganini
tushuntiring
.
Savodli yozish ko‗nikma-malakalarini
shakllantirishda diktant, bayon, insholarning
o‗rni katta bo‗lib, ular nazorat turlari
hisoblanadi. DTS talabiga ko‗ra ular sinfdan
sinfga hajm jihatidan kattalashib borishi
ko‗zda tutilgan. Ayniqsa, diktant va bayon
yozish muayyan vaqtda o‗qituvchi
nazoratida yoziladi va asosan chorak
yakunida nazorat ishi sifatida o‗tkaziladi.
Biroq ularni tekshirishda asosan imloviy,
uslub va tinish belgilarga bog‗liq xatolar
hisobga olinadi. Keyingi yillarda husnixat
talablari, yozuv tizimlari, harflarning bosma
va yozma shakllari, harflarning bosh va
kichik shakllarini aralash yozilishi nazoratga
olinmayotgani, ushbu yozma ishlardan
so‗ng maxsus xatolar ustida ishlash
darslarining tashkil etilmayotgani
savodxonlik darajasining keskin pasayib
ketishiga olib keldi.
Aslida har bir darsda gapirish ham, nutqni
eshitib tushunish ham, yozuv ham
integratsiyalashib qo‗llanishi darkor. Chet
tillarni o‗qitishda ham nutq faoliyati
turlarini integratsiyalab qo‗llash, til
ko‗nikmalarining to‗rt amali: tinglab
tushunish, gapirish, o‗qish va so‗zlash
amallarini birdek rivojlantirib borish
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Bunda har bir faoliyat turi bo‗yicha
erishiladigan natijalar darajasi shu darajani
ta‘minlash uchun sarflanadigan optimal vaqt
hisobi asosida amalga oshirilmog‗i kerak.
- 11 -
Volume 1 Issue 05, May 2021
ISSN 218
Do'stlaringiz bilan baham: |