- 13 -
Volume 1 Issue 05, May 2021
ISSN 218
ISSUE 9. SENTABR
birinchisi
, urug‘, jamoa, davlatdan ajralib
chiqayotgan alohida shaxs sifatidagi,
huquqning mustaqil subyekti sifatidagi
inson g‗oyasining shakllanishi.
ikkinchisi
, qadimgi davrlarda va o‗rta
asrlarda o‗z
huquqiy tizimining
rivojlanishi, qonunlarning mujassamlashuvi
va yuridik institutlarning qaror topishi.
uchinchisi
, huquqlar va qonunlarni
universallik g‘oyasi, ularni barcha
odamlarga nisbatan beistisno qo‗llanish
g‗oyasining ishlab chiqilishi
1
.
Senegallik huquqshunos K.Mayening
fikricha, ―Qadimgi davrlardagi inson
huquqlari tizimi izlarini izlab topishga zo‗r
berayotganda shuni yodda tutish kerakki,
ular nari borsa izlar, xolos,
bundan ortiq
emas‖
2
. Vengriyalik akademik I.Sabo bu
borada yanada keskinroq fikr aytadi: ―Inson
huquqlari kelib chiqishini, inson
huquqlari mavjud bo‗lishini ta‘minlovchi
asosiy shartlar, xususan, erkinlik va
tenglik g‗oyalaridan yiroq ijtimoiy
tuzumlarga olib
borib taqashga urinish xato
bo‗ladi
3
Inson huquqlari to‗g‗risidagi qoidalarning
qaror topishi hamda asta-sekin
universallashib borishi jarayonida ularning
ajralmas, tug‗ma xususiyatlari
1
Saidov A X . Inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquq. Darslik. - Т.:
Konsauditinform-Nashr, 2006. - B. 24
2
Mbaye K. Human Rights and Rights o f Peoples //International Law:
Achievements and prospects. Yed.
By M Bedjaoui. Paris, UNESCO, 1992. - R. 1043
3
Szabo I. Historial Foundations o f Human Rights //The International
Dimensions o f Human Rights. Paris,
UNESCO, 1982.- P . 12
to‗g‗risidagi tasavvurlari alohida rol
o‗ynadi. Ma‘lumki, bu g‗oyalarning
yuzaga
kelishi qadimgi davrlarga, aniqroq
qilib aytganda, Qadimgi Yunoniston
huquqshunosligidagi tabiiy (ya‘ni, tug‗ma)
inson huquqlari g‗oyasiga borib taqaladi
4
.
Aristotelning fikricha inson - ―siyosiy
mavjudot‖ hisoblanadi va u jamiyatdagina
o‗zining to‗liq taraqqiyotiga erishadi.
Siyosiy adolat, Aristotelning fikriga ko‗ra,
faqat erkin hamda teng odamlar o‗rtasida
bo‗lishi mumkin va o ‗zida, hokimiyatning
siyosiy hamda huquqiy shakllari bo‘lmagan
despotizmdan
farqli ravishda, hukm
yuritishning siyosiy shakli tamoyilini
ifodalaydi. Shundan kelib chiqqan holda,
Aristotel uchun polis tashkilotini
bilmaydigan varvarlar va qullar - to‗liq
huquqqa ega bo‘lgan insonlar hisoblanadi.
Aristotel, shuningdek, tabiiy huquq va
shartli huquq (ya‘ni,
insonlar tomonidan
o‗rnatiladigan huquqini farqlaydi.
Uningcha, tabiiy huquq tabiatidan kelib
chiqib, insonlar tomonidan o‗rnatilmasa
ham mavjud bo‘ladigan huquq
hisoblanadi. Tabiiy huquq ham, shartli
huquq ham teng ravishda ―siyosiy
huquq‖, ya‘ni kishilik jamiyati botgan -
polis normasi hisoblanadi. Ular o‗rtasidagi
farq
shundan iboratki, tabiiy huquq
hamma joyda bir xil hisoblanib, joy va
vaqtning sharoitiga yoki insonlar
tomonidan e‘tirof etilishiga bog`iq emas.
4
Tenekides G. L’action des Nations Unies centre la discrimination raciale //
R.C.A.D.I., 1984.
V o l.1 6 8 .- P . 303