ISSUE 9. SENTABR
Undan tashqari, shartli huquq (insonlar
tomonidan o‗rnatilgan qonun) tabiiy
huquqqa muvofiq kelishi kerak.
Aristotelning fikricha, qonunlar ―to‗g‗ri‖
va ―noto‗g ‗ri‖ bolishi mumkin. Ya‘ni,
huquq g'oyasiga noto‗g‗ri keladigan qonun
―noto‗g‗ri‖ qonun bo‘ladi. Shu bilan birga,
Aristotel davlat qonunlarining tabiiy
qonunlarga mos kelishi yoki kelmasligini
kо‗rib chiqishga chaqiradi. Aristotelning
g‗oyasini yuz yil o‗tgandan so‗ng rim davlat
arbobi, faylasuf, yurist, notiq Mark Tulliy
Sitseron (e.a. 106-43 yillar) rivojlantirdi.
Xalqlar huquqini rim huquqshunoslari
insoniyat foydalanadigan huquq sifatida
tushunganlar. Uning tabiiy huquqdan
farqini, tabiiy huquq jonzotlar uchun
umumiy bo‗lgan huquq, xalqlar huquqi esa -
odamlar uchun (ularning o‗zaro
munosabatlarida) amalda bo‗lgan
huquqdir, deb tushuntiradi Ulpian.
Xususiy huquqning bir qismi bo‘lgan sivil
huquq deganda, aslida, Rim huquqi
tushunilgan. ―
Sivil huquq
, - deb izohlagan
Ulpian, - tabiiy huquq yoki xalqlar
huquqidan tamomila ajratilmaydi va barcha
narsada unga amal qilavermaydi; agar biz
umumiy huquqqa nimadir qo‗shsak yoki
undan nimanidir chiqarib tashlasak, biz
о‗z huquqimizni, ya ‘ni sivil huquqini
yaratamiz. Bizning huquqimiz yozilgan
yoki yozilmagan huquqdan iboratdir ‖. Rim
huquqshunoslarining huquqni tushunishiga
muvofiq, tabiiy huquq adolat talabini
ifodalaydi va huquq umuman adolatlidir,
degan asos g‗oyani ifodalaydi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, qadimgi
dunyoda inson huquqlariga oid g‗oyalar
va tushunchalar shakllana borgan va u
buyuk mutafakkirlar tomonidan ilgari
surilgan bo‗lsa-da, ammo bu g‗oya va
tushunchalar o‗sha davrdagi turmush tarzi,
atrofdagi mavjud shart-sharoitlardan kelib
chiqqan holda ishlab chiqilgan va ular o‗sha
davrda asosan g‗oyaligicha qolib ketgan.
Ammo ularning g‗oyalari o‗rta asrlarda va
keyinchalik ham inson huquqlariga oid
ilg‗or g‗oyalar, qarashlar, huquqiy
asoslarning yaratilishi va ularning bugungi
kunga kelib normativ jihatdan sobitlashuvi
(qaror topishi) va amaliy tatbiq etilishi
uchun o‗ziga xos tamal toshi sifatida xizmat
qildi.
Foydalangan adabiyotlar.
1.
Inson huqulari darslik ikkinchi nashr
Tshkent ―Adolat‖ 2013
2.
Saidov A X . Inson huquqlari bo'yicha
xalqaro huquq. Darslik. - Т.:
Konsauditinform-Nashr, 2006. - B. 24
3.
Mbaye K. Human Rights and Rights o
f Peoples //International Law:
Achievements and prospects. Yed.
4.
By M Bedjaoui. Paris, UNESCO,
1992. - R. 1043
5.
Szabo I. Historial Foundations o f
Human Rights //The International
Dimensions o f Human Rights. Paris,
6.
UNESCO, 1982.- P . 12
7.
Tenekides G. L‘action des Nations
Unies centre la discrimination raciale
// R.C.A.D.I., 1984.
8.
V o l.1 6 8 .- P . 303
- 15 -
Volume 1 Issue 05, May 2021
ISSN 218
Do'stlaringiz bilan baham: |