Перспективы вхождения узбекистана в



Download 7,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/195
Sana24.02.2022
Hajmi7,87 Mb.
#253520
TuriСборник
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   195
Bog'liq
халқаро анжуман 2020 БухДУ (2)

References: 
1. Honey M. Ecotourism and Sustainable Development: Who Owns Paradise? Island Press, 
Washington, D.C., USA, 1999. 
2. Kekushev V.P. Fundamentals of Management and other eco-tourism: Textbook. - M.: 
MNEPU 2001. 
3. Klancnik R. International Tourism up by 5,5% to 808 million Arrivals in 2005// News 
Releases, WTO Press and Communications Department. - Madrid. - 24 January 2006. 
4. Yegorenkov LI Environmental tourism and service. Textbook. M.: Finance and Statistics, 
2003. 
5. 
http://www.ecotourism.org

O`ZBEKISTONDA ERKIN TURISTIK ZONALARNI RIVOJLANTIRISHDA MICE 
TURIZM VA BOSHQA TURISTIK YO`NALISHLARDAN FOYDALANISHNING O`ZIGA 
XOS SHAKLLARI
Asadova Aziza Olimjonovna
“Ipak yo`li” TXU Ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi, magistr 
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada erkin turistik zonalar va MICE turizmning tavsifi batafsil 
yoritilgan bo`lib, O`zbekistonda erkin turistik zonalarda MICE turizmni rivojlantirish bo`yicha 
mavjud shart-sharoitlar, MICE turizmni rivojlantirishning istiqbollari va turizm infratuzilmasini 
shakllanishidagi ahamiyati haqida yoritilgan bo`lib, turistik hududlarda biznes turizmni rivojlantirish 
bo`yicha takliflar keltirilgan.
Kalit so`zlar: Erkin turistik zonalar, MICE turizm, “Chorvoq” ETZ, investitsiya, biznes stil.
Bugungi kunga kelib turizm iqtisodiyotning bir bo`lagi sifatida o`zini yaqqol namoyon etdi va 
2019-yilda turistik xizmatlar eksporti ko‘rsatkichi 1,3 milliard dollarni tashkil qildi, bu ko`rsatkich 
2018-yilga nisbatan (1 milliard dollar) 26,1 foizga o‘sganligini ko`rsatmoqda.
Butunjahon turizm tashkilotining ma`lumotlariga qaraganda, 2019-yilda dunyoda turizm 
maqsadida xalqaro darajada 1,5 mlrddan ortiq sayohatlar amalga oshirilgan. Bugungi globallashuv 
davrida shaharlarni ma`lum bir doirada ixtisoslashtirib rivojlantirish, soha va tarmoqlar rivojlanishini 
jadallashtirmoqda. Shu o`rinda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish, bir faoliyat doirasidagi 
tadbirkorlar majmuini yaratish, raqobatbardoshlikni oshirish, xizmat ko`rsatish va servis, mahsulotlar 
sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, turizm salohiyatiga ega hududlarda erkin turistik 
zonalarni tashkil qilish, turistlarga va ekskursantlarga yengilliklar yaratishga xizmat qiladi. Buning 
yana bir o`ziga xosligi shundaki, mamlakatimizda xizmat ko`rsatish borasida raqobatbardoshlik va 
sifatni o`sishiga xizmat qiladi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyul “Turizm to`g`risidagi” Qonunining 
4-bobi 17-moddasida turistik zonalarga quyidagicha ta`rif berilgan: “Muayyan chegaralarga ega 
bo`lgan, bir yoki bir necha turistik resurslar (tabiiy, tarixiy. Ijtimoiy-madaniy, davolash, 
sog`lomlashtirish obyektlari, shuningdek, turistlar va ekskursantlarning ehtiyojlarini qanoatlantira 
oladiga boshqa obyektlar) joylashgan, kirish turizmini va ichki turizmni, turistik industriyani 
rivojlantirish, turistik resurslarni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida 
tashkil etilgan hudud turistik zonadir”. Bundan tashqari erkin turistik zonalar erkin iqtisodiy zonalarga 
tenglashtiriladi ya`ni yirik hududlarda aynan tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi subyektlar 
bir yirik hududda jamlanadi.


121 
Bugungi kunda MICE turizm rivojlangan mamlakatlarda turizmning asosiy rivojlanayotgan 
yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Ma`lumotlarga qaraganda, 2019 yilda Rossiya turizmining 45 
foizini biznes turizmi tashkil etgan. Shu o`rinda aytish lozimki, bu tadbirkorlarning ko`plab chet ellik 
hamkorlar bilan ishlashi, mamlakatdan chiqish va ko`plab hamkorlarning kirib kelishi hisobiga ro`y 
beradi.
2019-yilda O‘zbekistonga 6 748 500 nafar sayyoh tashrif buyurgan bo`lib, 2018-yilda esa bu 
ko‘rsatkich 5 346 200 kishini tashkil qilgan. Eng ko‘p sayyohlar Markaziy Osiyo mintaqasidan tashrif 
buyurgan, ularning soni 5 764 500 kishiga yetgan. MDH mamlakatlaridan kelganlar soni 495 600 
kishini tashkil qilgan. Uzoq xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlar soni esa 488 400 
ming kishini qayd etgan. Sayyohlarning aksariyati Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, 
Turkmaniston, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Afg‘oniston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston 
kabi davlatlardan tashrif buyurgan bo`lib, turli maqsadlarda tashrif buyurishgan. O`zbekistonda biznes 
maqsadida tashrif buyuruvchilar ko`rsatkichi juda ham past va boshqa turizm maqsadlari bilan 
birgalikda hali endi 2,7 foizni tashkil etmoqda. Shunday ekan, mamlakatimizda bu borada qilinadigan 
ishlar juda ko`p bo`lib, keng ommaga MICE turizm to`g`risida axborotlarni tinmay berib borish, 
turizm rivojlangan hududlarda MICE turizm ko`rsatkichlarini alohida sarhisobini olish maqsadga 
muvofiq bo`ladi.
MICE turizm erkin turistik hududlarda rivojlanishi barqaror bo`lgan turizm turlaridan biri 
sanaladi. Bu turizm O`zbekistonda hali yaxshi rivojlanmagan bo`lib, turizmning yangi maqsadli turi 
hisoblanadi. Ammo mamlakatimizda MICE turizmni rivojlantirish fundamentlari avvaldan yaratilgan 
bo`lib, qonun doirasida biznes-hamkorlikni yo`lga qo`yish, uchrashuvlar, konferensiyalar tashkil etish 
borasida hech qanday to`siqlar mavjud emas. Ammo bu borada kamchiliklar ko`p bo`lib, ularni 
bartaraf etish yo`llarini izlab topib, tadqiqotlar o`tkazish har bir turistik subyektning asosiy 
vazifalaridan biri hisoblanadi. Erkin turistik zonalar hajmi jihatdan yirik komplekslar majmuini o`z 
ichiga olishini inobatga olganda, u yerda MICE turizmni rivojlantirish ko`proq samara berishini 
anglab olish qiyin emas.
MICE so`zi ingliz tilidagi Meeting, Incentives, Conferences, Events kabi so`zlar majmuasidan 
tashkil topgan bo`lib, MICE turizm uchrashuvlar, konferensiyalar, turli tadbirlarni tashkil etish va 
o`tkazish bilan bo`g`liq bo`lgan ish safarlarini o`z ichiga oladi. MICE turizmining rivojlanishi 
mamlakatlararo, hukumatlararo va tashkilotlararo munosabatlarni yaxshilash, biznes va hamkorlik 
bo`yicha shartnomalarni imzolash, o`zaro manfaatli takliflarni almashish, yangi g`oyalarni izlab 
topish, munozalari va muhokamali vaziyatlarni hal qilishda samarali yechim hisoblanadi. Bunda 
ayniqsa ish va turizmning o`zaro bog`lanishi ikki hamkor tomonlarga ham ijobiy foyda olib keladi. 
Shu maqsadda ham erkin turistik zonalarda MICE turizmning rivojlanishiga hissa qo`shuvchi 
obyektlar sonini oshirish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi subyektlarni jalb qilish muhim 
ahamiyatga ega.
MICE turizmni rivojlantirish mamlakatning biznes imidjini rivojlanishiga xizmat qiladi. Chunki 
MICE turizmda, asosan: 

ishbilarmonlar va tadbirkorlik subyektlarining bir joydan ikkinchi joyga biznes va 
hamkorlikga oid harakatlarni amalga oshirishi, 

ish bo`yicha uchrashuvlar hamda tadbirlarni tashkil etish

yangi hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish,

xodimlar malakasini oshirish va treninglarda ishtirokini ta`minlash; 

jamoaviy sayohatlarni tashkil etish; 

yaxshi natijaga erishgan ishchi xodimlarni rag`batlantirish maqsadida sayohatlarga yuborish; 

Korxona imidjini oshirish maqsadida tadbirlar tashkil etish maqsad qilinadi.
MICE turizmni rivojlanishiga xizmat qiluvchi obyektlar sifatida konferensiya zallari, ishchi 
ofislar, tadbirlar o`tkaziladigan zallar, yirik savdo markazlari, mehmonxona zallari, restoranlar va 
shunga o`xshash hamkorlik uchrashuvlarini tashkil etish mumkin bo`lgan inshootlar kiritiladi. 


122 
MICE turizm birinchi marta rivojlangan G`arb mamlakatlarida paydo bo`lgan bo`lib, bugungi 
kunda yirik kompaniya va tashkilotlar hissasiga to`g`ri keladi. Uning markazlari sifatida AQSh, 
Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstraliya, Fransiya, Ispaniya kabi mamlakatlarni misol keltirish 
mumkin. Sharqda esa Xitoyni biznes uchrashuvlar markazi deyish mumkin. MICE turizm boshqa 
turizm turlariga qaraganda ko`proq foyda keltiruvchi turizm turi hisoblanadi. Chunki bunda valyuta 
ayirboshlash jarayoni ko`proq vujudga keladi va individual sayohatlarga qaraganda, yuqori narxlar 
ko`proq rol o`ynaydi. Bundan tashqari biznes turizmning asosiy vazifasi yuqori sifatli xizmat 
ko`rsatish turlaridan foydalangan holda bo`lajak kompaniya hamkorlariga yaxshi taassurotlar 
qoldirishga xizmat qiladi. Shunday ekan, bunday vaziyatda iqtisodiy tejash yaxshi samara bermaydi. 
Shu bilan birga yuqori sifatli va yuqori narxdagi xizmatlardan foydalanish asosan tashkilotning 
iqtisodiy darajasiga ham bog`liq bo`ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqgan holda aytish lozimki, nafaqat Erkin turistik zonalarda MICE 
turizmni rivojlantirish, balki butun mamlakat hududida tadbirkorlar faoliyatini rivojlantirish va ularga 
berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, turistik zonalarni rivojlantirish, ichki va tashqi 
turizmni rivojlantirish, turizmning YaIM dagi ulushini oshirish, aholining turizm va biznes 
madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, erkin turistik zonalarda biznes turizmni rivojlantirish borasida 
quyidagi takliflarni kiritish mumkin: 
1. Barcha hududlarda biznesga oid tadbirlar o`tkazish obyektlar sonini oshirish; 
2. Turistik hududlarda ko`ngilochar, dam olish obyektlarini ko`paytirish; 
3. Restoran va jamoaviy joylarda chekuvchi va chekmaydiganlar uchun alohida standartlarni 
joriy etish; 
4. Xalqaro standartlarga javob beruvchi xizmat ko`rsatish obyektlari sonini oshirish; 
5. Barcha hududlarda zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish; 
6. Ish bo`yicha mamlakat hududida safarda bo`ladiganlar uchun alohida yo`l chiptalarini joriy 
etish; 
7. Erkin turistik hududlarda biznes bilan shug`ullanuvchilar va ularning hamkorlari uchun ham 
barcha shart-sharoitlarni yaratish (dam olish xonasi, dush) 
8. Erkin turistik hududlarda xavfsizlik chora-tadbirlarini kuchaytirish; 
9. Tadbirkorlar uchun sog`lom raqobat sharoitini yaratib berish; 
10. Erkin turistik zonalarda mashinalarni ijaraga berish tizimi yo`lga qo`yish;
11. Erkin turistik zonalarda korrupsiyaga qarshi kurash tizimini takomillashtirish va unga qarshi 
choralarni ko`rish.

Download 7,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish