Xodimlarga bo‘lgan ehtiyoj va uni qondirish
manbalarini aniqlash
Xodimlarga bo‘lgan ehtiyoj va uni qondirish manbalarini
aniqlash masalasi korxona tizimi, mahsulot nomenklaturasi va
sifati texnologiyasi, ishlab chiqarish, mehnat va boshqarishni
tashkil qilishda kutilayotgan o‘zgarishlar, shuningdek, ichki
va tashqi mehnat bozorlarining holatidan kelib chiqib, perso-
nal ning adekvatligini tahlil qilish va uning dinamikasini
istiqbollash natijalari asosida hal qilinadi. Ayniqsa, ba’zi
ishlab chiqarishlar aholi uchun zarur bo‘lgan mahsulot ishlab
chiqarish va korxonalarni xususiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan
personaldagi o‘zgarishlarning istiqbollari ancha dolzarbdir.
Xodimlarning talab qilinayotgan sonini aniqlashda kerak bo‘lgan
yo‘naltiruvchi kuchlar mo‘ljal bo‘lib, mahsulot va bajarilayotgan
funksiyaning sermehnatligi bilan hisoblanadi. Buning uchun
shunga mos normativ-me’yoriy materiallar, shuningdek,
rivojlangan mamlakatlar ilg‘or tajribasining ma’lumotlaridan
keng foydalaniladi.
Bozor sharoitlarida personalni shakllantirishda ikki
muhim sifat –
barqarorlik
va
safarbarlikka
asoslangan yangi
yondashuvni qo‘llash mumkin bo‘ladi. Masalan, korxona
doimiy shtatni yetakchi mutaxassislar bilan chegaralab, qolgan
xodimlarni kerak bo‘lishiga qarab tashqi bozordan jalb qilganda
shunday qaror qabul qilinishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan
davriy holda personalni almashtirib turuvchi xorijiy mamlakat
korxonalari tajribasi mavjud bo‘lib, undan O‘zbekiston sharoitida
ham foydalanish mumkin. Shu bilan prinsipial yangi, egiluvchan
kasblar va lavozimlarni shakllantirish tizimiga xodimlarni
tanlash, joy-joyiga qo‘yish va ishlatish asosida korxonaning
aniq vazifalari va undagi mavjud inson resursini anglagan holda
o‘tish uchun sharoitlar yaratiladi.
Korxona xodimlarini yollash va bo‘shatish, ularning
imkoniyatlari va faoliyat natijalarini baholash, ularning sifat
darajasini oshirish kabi vazifalar xodimlarning shaxsiy tarkibini
shakllantirishga kiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida xodimlarni yollash va
bo‘shatishning tabiiy shakli xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi
bitimni ifodalovchi mehnat shartnomalarini (kontraktlarni) tuzish
va to‘xtatishdir.
Kelishuv quyida
gilarni:
ish beruvchi tomonidan
belgilanadigan va xodim tomonidan bajarishga qabul qilinadigan
ishlar, funksiyalar, topshiriqlar (majburiyatlar)ning tarkibi va
mazmuni; kontraktni bajarish shartlari va rejimlari; xodimni
sug‘urta qilish va ijtimoiy ta’minlash; mehnatga haq to‘lash va
boshqa to‘lovlarni nazarda tutadi. Ish beruvchining ehtiyojlari va
xodimning manfaatlarini hisobga olib shartnomada xodimning
ish kuni yoki haftasining reglamentlangan davomiyligi bo‘yicha
emas, balki uning uchun individual (shaxsan) belgilangan ish
rejimi va bo‘sh vaqtiga mos holda bandligi ko‘zda tutilishi
mumkin. Kontraktda mehnat funksiyalari (lavozimlari)ning
murakkabligini reyting usulida xodim o‘zini-o‘zi baholashi
maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |