Boshqaruv mehnatining mazmuni —
muayyan obyektga
tatbiq etilganda boshqaruv vazifalarining tarkibi bilan
belgilanadi. Ular jumlasiga
quyidagilarni kiritish mumkin:
maqsadlar va rejalashtirishni aniqlash, ijroni tashkil etish,
ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish va rag‘batlantirish, ijroni
hisobga olish va nazorat qilish. Har bir vazifa boshqariladigan
obyektga boshqaruv ta’siri o‘tkazishning muayyan shakli va
usulini aks ettiradi, bu esa, tegishli boshqaruv uslubi va usullarini
nazarda tutadi.
Boshqaruv kadrlari
Boshqaruv jarayonida bajariladigan vazifaga qarab
boshqaruv personalining uch toifasi:
rahbarlar, mutaxassislar
va
boshqa xizmatchilar
toifalari ajratib ko‘rsatiladi.
Boshqaruv personalining ajratib ko‘rsatilgan guruhlaridan
har biriga ular mehnatining mazmuni, aqliy faoliyat xarakteri va
jamoa faoliyati natijalariga ta’sir qilishi nuqtai nazaridan o‘ziga
xos xususiyatlar taalluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |