Nazorat va muhokama uchun savollar 1.
Korxona va tashkilot deb nimaga aytiladi? 2. O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risi»dagi qonuni qachon qabul qilingan? 3. Korxona va tashkilotlarga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? 4. Korxona va tashkilotlarning umumiy belgilari nimalardan iborat? 5. Korxona va tashkilotlarda tashkiliy maqsadlarning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni tushuntirib bering. 6. Tashkiliy tuzilish nima? 7. Tashkiliy madaniyat deganda nimani tushunasiz? 8. Tashkiliy resurslar tarkibiga nimalar kiradi? 9. Inson resurslarini boshqarish qanday xususiyatlarga ega? 10. Bajariladigan vazifalar bo‘yicha xodimlar necha toifaga bo‘linadi? 11. Qobiliyat deyilganda nima tushuniladi? 12. Xodimning kasbga doir vazifalarini bajarish qobiliyati nimalar bilan belgilanadi?