Personalni


asosiy  (ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan) ishchilar; —  yordamchi



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/230
Sana14.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#363067
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   230
Bog'liq
personalni boshqarish

asosiy
 (ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan) ishchilar;
— 
yordamchi 
(bevosita ishlab chiqarishda band bo‘lmagan) 
ishchilarga bo‘linadi. Korxona personali mehnat faoliyati 
muddatiga binoan 
doimiy, vaqtincha, mavsumiy xodimlarga 
ajratiladi.
Personal tarkibida xodimlarning ijtimoiy turlari mavjuddir.
1. Ijtimoiy yetuk bo‘lmagan xodim 
(«X»).
2. Nisbatan ijtimoiy yetuk xodim 
(«V»).
3. Ijtimoiy yetuk xodim 
(u «Personalni boshqarish» fanida 
«Z» 
harfi bilan belgilanadi).
«X» guruhiga 
mansub xodimlar mehnat qilishga qodir 
bo‘lmagan va mehnat qilishni xohlamaydigan shaxslar 
hisoblanadi. Odatda, ular malakasiz xodimlardan iboratdir. 
Ammo «X» guruhida bilim salohiyati yuqori, biroq mehnat 
faoliyatiga «ko‘ngilochar mashg‘ulot» sifatida qarab, korxonada 
asosan kompyuter o‘ynash, hamkasblar bilan suhbatlashish, 
turli kitoblarni mutolaa qilish bilan o‘zlarini mashg‘ul 
qilishga intiluvchan shaxslar ham uchraydi. Bu guruhning ish 
samaradorligi g‘oyat past bo‘ladi. «X» guruhi mehnat faoliya-
ti boshqaruvini o‘z qo‘liga oladigan avtoritar rahbar tashkil 
etishi mumkin. Bunday rahbar boshqaruvning ma’muriy 
usuliga tayangan holda, mehnat faoliyatini qat’iy rejalashtirish, 
muntazam nazorat o‘rnatish, ishlab chiqarish qoidalariga va 


61
mehnat intizomiga rioya etmaganlarga jazo choralarini qo‘llash 
hisobiga ko‘zlangan natijaga erisha olishi mumkin.
«Y» guruhi 
qisman mulkdorlar va qisman mehnat qilishga 
ishtiyoqi baland bo‘lganlardan tashkil topadi. Bunday guruhlarda 
yetarli bilimlarga ega bo‘lmagan, belgilangan topshiriqlarni 
bajarishga ko‘nikmasi yo‘q xodimlar ko‘pchilikni tashkil etadi. 
Mazkur guruhlarda, odatda, ta’minotda uzilishlar uchrab turadi, 
mehnatga haq to‘lash esa, bir tekischilik asosida amalga oshiriladi.
Bu guruhda rahbarlik qiluvchilardan, eng avvalo, xodimlarga 
ishlab chiqarish vazifalarini aniq belgilab berishlari, jamoa 
orasidagi haqiqiy yetakchilarni aniqlab, ularni brigada 
boshliqlari, loyiha rahbarlari, usta lavozimlariga ko‘tarilishlari 
talab etiladi. Bunday guruhlarga rahbarlik, odatda, demokratik 
asosda olib boriladi.
«Z» guruhi 
— mehnat qilishga to‘la qodir va astoydil 
intiluvchan xodimlardan tarkib topadi. Ular, odatda, yuqori 
malakaga ega, ishga qiziqishlari kuchli bo‘ladi. Bunday 
guruhlarda rahbarlar o‘z vakolatlarining bir qismini jamoaga 
berishlari, xodimlarni ishlab chiqarishga oid qarorlar qabul 
qilishga keng jalb etishga intilishlari zarur.
Korxona personali murakkab, o‘zaro bog‘liq tuzilmaga ega, 
(1.9 chizma).

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish